|
Ishlab chiqarish amaliyoti ustasi: A.Y.Abuxo’jayev
|
bet | 2/5 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #130490 |
Bog'liq 5-m.Kabellarning turlari va xususiyatlariIshlab chiqarish amaliyoti ustasi: A.Y.Abuxo’jayev
Yo‘riqli-texnalogik xarita.
5-Mavzu: Kabellarning turlari va xususiyatlari. Kabel standartlaridan foydalanish
№
|
Ishlar nomi
|
Asbob va jihozlar
|
Bajarish tartibi
|
Eskiz (rasm)
|
1
|
O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar
|
Kompyuter va kompyuter qurilmalari
|
O’ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko’p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O’ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o’zaro bir-biriga o’ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g’ilofga olingan bo’ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir. Odatda o’ralgan juft kabel tarkibi 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo’ladi.
|
|
2
|
Koaksial kabellar
|
Kompyuter va kompyuter qurilmalari
|
Koaksial kabel elektr toki o’tkazuvchi kabel bo’lib, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo’lib metal sim to’qimaga (ekran) o’ralgan, hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo’la-di. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko’p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to’qimasi-ekran mavjudligi), to’qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko’proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o’ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni taʻmirlash va yig’ish ishlarini olib borish ancha murak-kabdir, narxi ham qimmat (uning narxi o’ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 – 3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyemlar o’rnatish ham murakkab ishdir.
|
|
|
Shisha tolali kabellar
|
Kompyuter va kompyuter qurilmalari
|
Shisha tolali kabel – bu yuqorida ko’rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko’rinishda emas, yorig’lik ko’rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi – shaffof shisha tola bo’lib, u orqali yorug’lik juda katta masofalarga (o’nlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) so’nish bilan uzatiladi. Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy bo’lib u koaksial elektr kabel tuzilishiga o’xshash. Faqat markaziy mis sim o’rniga bu kabel turida ingichka (diametri 1 – 10 mkm atro-fida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o’rniga esa, yorug’likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan xira (shaffof bo’lmagan) shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.
|
|
|
| |