|
-mavzu: Kabellarning turlari va xususiyatlari. Kabel standartlaridan foydalanish
|
bet | 3/5 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #130490 |
Bog'liq 5-m.Kabellarning turlari va xususiyatlari5-mavzu: Kabellarning turlari va xususiyatlari. Kabel standartlaridan foydalanish
Reja:
Simli axborot uzatish muxitlari.
O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar.
Koaksial kabellar.
Shisha tolali kabellar
Simli axborot uzatish muxitlari.
Axborot o„tkazish muhiti deb – kompyuterlar o’rtasida axborot almashinuvini ta‘minlovchi axborot yo’llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko’pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko’pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, yaʻni bir bit axborot uzatilgandan so’ngina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar marotaba oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo’li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo’ladigandek ko’rinadi, aslida juda ko’p sarf bo’ladi. Tarmoqdagi abonentlar o’rtasidagi masofa katta bo’lsa ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko’p bo’lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o’tkazishga qaraganda bir dona kabelni o’tkazish ancha oson. Taʻmirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qatiy nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni ta‘lab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ta‘lab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar
soniga teng bo’ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko’p bo’lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashtirishda ko’pincha axborotni ketma-ket uzatish usli tanlanadi.
|
| |