• 1.4. Keyingi avlod tarmoqlariga o‘tish sabablari
  • Konvergensiya holatga o‘tish sabablari




    Download 3.29 Mb.
    bet4/82
    Sana31.03.2023
    Hajmi3.29 Mb.
    #48010
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova
    аппццп, 1-dars, 5-mavzu, 3-topshiriq, ATT 5, AI 6, 1669801802, Отчет по практике, Buyrak, Узбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги, Umarov Ikromjon Baxromjon o\'g\'l , 6-maruza, Karimova Loyiha ishi qo\'shma gap, AAAAAAA —
    1.3. Konvergensiya holatga o‘tish sabablari
    Konvergensiya holatiga o‘tishga quyidagilar asosiy sabab bo‘lishi mumkin:
    - oxirgi 30 yilda jahon telekommunikatsiya sektori uchun xarakterli bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar;
    - telekommunikatsiya va texnologik trendlarda moslashtirish
    - prinsiplarini o‘zgartirish;
    - elektr aloqaning liberallashuvi;
    - jahon iqtisodining globallashuvi;
    - raqobatbardoshlik muhitining yuzaga kelishi;
    - dasturiy ta’minot masalalari;
    - yangi xizmatlarning yuzaga kelishi va xakozolar.
    Bunday xolatlarni bartaraf qilish uchun konvergensiya holatiga o‘tish talab qilinadi. Tarmoqda konvergensiya jarayoni, tarmoq operatorlarining talablariga mos xolda amalga oshadi. Bu asosan foydalanish xarajatlarini kamaytirish ishlab chiqarishni kuchaytirish, mijozlarning xizmat turlariga va uning sifatiga bo‘lgan talablarini yaxshilash bilan bog‘liq. Bunga quyidagilar kiradi:
    Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasining xarajatlarini kamaytirish, u quyidagi omillar bilan bog‘liq:
    - yangi tizimda umumiy yagona infratuzilmani yaratish;
    - tarmoq ortiqchaligini kamaytirish;
    - magistral tarmoq to‘lovlarini kamaytirish;
    - tarmoqning standart komponent va serverlarini qo‘llashga asoslangan mustaxkam moslashuvchanlik.
    Ishlab chiqarishni kuchaytirish quyidagilar bilan aniqlanadi:
    - xizmatlar konvergensiyasi, tizimlar integratsiyasi va ularni qo‘llashning soddaligi;
    - yangi intelektual asboblar bazasi asosida aloqa tizimlarining samaradorligini oshirish.
    Mijozlar bilan ishlashni takomillashtirish quyidagilar bilan bog‘liq:
    - yangi multimedia xizmatlari va ilovalar;
    - kompyuterlarni tizimli rivojlantirish;
    - Web – texnologiyalar bazasini integratsiyalash.
    1.4. Keyingi avlod tarmoqlariga o‘tish sabablari
    Hozirgi kunda aloqa tarmoqlari va xizmatlarini konvergensiya qilish zarurligi to‘g‘risidagi masalalari berilmaydi, ayniqsa, oxirgi yillarda tele-kommunikatsiyalar dunyosida operator katta daromadni ma’lumotlarni uzatish trafigini sezilarli darajada asosiy bo‘lgan nutqli trafikni translyasiya qi-lishdan oladigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash operatorlarga oldindan nutqli trafikni uzatish uchun mo‘ljallangan kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish tarmoqlarga (Time Division Multiplexing - TDM) nisbatan ancha arzonga tushadi. Bashorotlarga asosan keyinchalik kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan (TDM) multurleksorlash metodi bilan uzatiladigan yuklamalar sonining kamayishi kuzatiladi, bunda paketli texnologiya yordamida uzatiladigan nutqli trafik hajmi kabi nutq uzatish (Voice over IP, Voice over ATM, Voice over Frame relay va boshqalar) oshadi. Unga keyingi avlod (3G) mobil ob’ektlari bilan aloqaning mobil tarmoqlarida nutq paketli ko‘rinishda uzatiladi. 1.1 - rasmda bunday bashorotlardan biri ko‘rsatilgan. Diagrammaga asosan ma’lumotlar trafigi yiliga 100 foizgacha, bu vaqtda nutqli trafik 5 foizga oshadi. Bunda ancha ahamiyatli fakt klassik telefon tarmoqlari rivojlanishi uchun xarajatlar ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga nisbatan ko‘p bo‘lishi hisoblanadi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan faktlar operatorlar amaldagi tarmoqlarni qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishni boshlashiga olib kelishi mumkin. Operatorlar TDM tarmog‘i ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanil-ganda amaldagi vaziyatdan farq qiladigan telefon chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish uchun bo‘lgani kabi ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idan foydalanadi.

    1.1-rasm. Trafikning har xil turlarining oshish tendensiyalari
    Masala asosan, ikkita zarur bo‘lgan yaqinlashuv – ma’lumotlarni uzatish hajmining keyinchalik oshishini qo‘llab-quvvatlash va an’anaviy xizmatlar-dan tushadigan foydasini kafolatlash to‘g‘risida so‘z boradi. Ushbu masala asosan konvergensiya yagona tarmoqda turli xizmatlarni birlashtirish vazifasini asao‘z oldiga qo‘yadi. Next Generation Network – NGN nomini olgan konvergent tarmoqlari bitta xizmat - aloqa xizmati uchun qulay bo‘la oladi. Ushbu tarmoq operatorlarining boshqaruvchi uskunasi uni qaysi abonent qurilmasi (IP-telefoniya terminali, mobil telefon, Internet tarmog‘ining ishchi stansiyasi) bilan o‘zaro ishlashini belgilab beradi va shunga muvofiq aniq xizmatlarni hamda ular uchun talab etiladigan resurslarni taqdim etadi. Foydalanuvchi NGN tarmoqni «qora quti» 1 kabi ko‘rib chiqiladi, unga qan-day protokollar oqimidan foydalanilishi, qanday transport muhiti taqdim etilishining farqi yo‘qdir. Uning uchun oxirgi qurilmaning tegishli imkoniyatlari bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish fakti ahamiyatli bo‘lib kelmoqda.
    Bunday masalani hal etish uchun standart protokollaridan foydalani-ladi. SoftSwitch bog‘lanishlari bilan boshqaruv qurilmalari H.248/MEGACO protokollari yordamida shlyuzlar bilan aloqada bo‘lish va ko‘rsatiladigan xizmatlarni boshqarish holatida bo‘ladi. Turli SoftSwitch o‘rtasidagi kommutatsiya SIP, Q.1901/BICC protokollarini qo‘llashda amaga oshiriladi, bir nechta serverlar funksiyalaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladigan xizmatlarni ko‘rsatish ilovalar (API) ochiq standart dasturiy interfeyslarni qo‘llash uchun asoslanadi.
    Shunday qilib, nutq uzatish texnologiyasining rivojlanishidagi keyin-gi qadam paketli texnologiyaga o‘tadi. Nutq paket ko‘rinishda uzatiladi, u real vaqt xizmatlari uchun sifatning barcha talab etiladigan parametrlarini saqlagan holda yuklamaning turli xillarini optimal va ixtiyoriy siljishini ta’minlaydi. Real vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar (yoki soddaroq aytganda – real vaqtdagi xizmatlar, jumladan telefoniya) sifat parametrlariga juda sezgirdir, ulardan biri kechikish va uning variatsiyasi (jitter) hisoblanadi. Katta kechikish to‘g‘risida so‘z borganda, aks-sadoni (echo cancellation) bartaraf etish zarurligi yuzaga keladi. Nutqni paketli tarmoq orqali uzatishda yuzaga keladigan yuqorida keltirilgan kamchiliklar bilan kurashish uskuna narxida va uning murakkabligida hisoblanadi. Paketli texnologiyaga asoslangan konvergensiya bir qator afzalliklarga ega. Masalan, resurslarni dinamik taqsimlash resurslarning nutqini uzutish uchun oldindan ajratilgan «turib qolish» vaziyatdan (ajratilgan doimiy o‘tkazish polasasi samarasiz foydalaniladi) yoki ma’lumotlarni uzatish uchun taqdim etilgan resurs ma’lumotlar trafigining cho‘qqili oshgan vaziyatda halos qiladi.

    Download 3.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




    Download 3.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konvergensiya holatga o‘tish sabablari

    Download 3.29 Mb.