• Media-shlyuz kontrolleri (MGC)
  • N.323 geytgipperi
  • 1.2. Infokommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talablar
  • Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari




    Download 3.29 Mb.
    bet3/82
    Sana31.03.2023
    Hajmi3.29 Mb.
    #48010
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova
    аппццп, 1-dars, 5-mavzu, 3-topshiriq, ATT 5, AI 6, 1669801802, Отчет по практике, Buyrak, Узбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги, Umarov Ikromjon Baxromjon o\'g\'l , 6-maruza, Karimova Loyiha ishi qo\'shma gap, AAAAAAA —
    Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.
    Media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va mediashlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi.
    N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.
    N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir.
    RADIUS serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi.
    1.2. Infokommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talablar
    Hozirgi kunda infokommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi, xizmatlarga ulanish, asosan odatdagi aloqa tarmoqlari orqali o‘tuvchi kompyuter tarmoqlari ramkasida amalga oshadi. Xuddi shu vaqtda bir qator hollarda Internet xizmatlari, ularni transport infrotuzilmasida cheklangan imkoniyatlarini hisobga olgan holda, axborot jamiyatining xizmatlariga bo‘lgan zamonaviy talablariga javob bermaydi. SHunga bog‘liq holda infokommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, aloqa tarmoqlarining fuksionalligini bir vaqtda kengaytirish bilan birgalikda axborot resurslarini samarali boshqarish masalarini samarali hal etishni talab qiladi. O‘z navbatida bu Internetning va aloqa tarmoqlarining integratsiyalash jarayonini jadallashtiradi.
    Odatdagi aloqa tarmoqlari xizmatlaridan infokommunikatsiya xizmatlarining farq qiluvchi asosiy texnologik xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
    - infokommunikatsiya xizmatlari tarmoqni boshqarish modelining eng yuqorisida joylashadi;
    - ko‘pgina infokommunikatsiya xizmatlari mijoz va server qismlarni mavjudligini taxmin qilishadi: mijoz qismi foydalanuvchi qurilmalarida qo‘llaniladi, server qismi esa xizmat tugani deb ataladigan maxsus ajratilgan aloqa tugunida qo‘llaniladi;
    - infokommunikatsiya xizmatlari, yuqori uzatish tezligi, kiruvchi va chiquvchi axborot oqimlarini nosimmetrikligi bilan xarakterlanuvchi multimediali axborotlarni uzatishni taxmin qiladi;
    - infokommunikatsiya xizmatlarini etkazish uchun, ulanishning murakkab ko‘p nuqtali konfiguratsiyasi zarur;
    - abonentlarga xizmat qiluvchi infokommunikatsiya xizmatlari, xizmat chegarasida qo‘shimcha manzillardan foydalanishi mumkin.
    Infokommunikatsiya xizmatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    1. Xizmat mobilligi;
    2. YAngi xizmatlarni tez va moslashgan holda uzatish;
    3. Kafolatlangan sifatli xizmat.
    Infokommunikatsiya xizmatlarining talablariga konvergensiya jarayoni katta ta’sir qiladi. Konvergensiya holatida barcha xizmatlar ulanish usulidan qat’iy nazar foydalanuvchi uchun ochiq hisoblanadi.
    Infokommunikatsiya xizmatlarining yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusidagi aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    1. Multiservislik ya’ni transport texnologiyalari etkazadigan 
    xizmatlarga texnologiyalarning bog‘liq emasligi;
    2. Keng polasalik ya’ni mijozlarning talabidan kelib chiqqan holda moslashuvchan va dinamik o‘zgaruvchan keng polasali axborotlarni uzatish tezligi;
    3. Multimedialik ya’ni tarmoqning ko‘p koponentli axborotlarini uzatish qobiliyati (ovoz, video ma’lumotlari, audio). Bunda real vaqtda shu komponentlar uchun lozim bo‘lgan sinxronizatsiya murakkab konfiguratsiyali ulanishni qo‘llash amalga oshadi;
    4. Intelektuallik ya’ni xizmatlarni, chaqiriqlarni va foydalanuvchi yoki xizmatlarni yaratuvchilar tomonidan boshqarish imkoniyatlari;
    5. Invariantlik ya’ni xizmatlarga ulanish qo‘llaniladigan texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshadi;
    6. Ko‘p operatorlik ya’ni xizmatlarni etkazish jarayonida kshp operatorlarning qatnashishi va faoliyat sohasiga mos holda ularning javobgarligini ajratish.
    Bundan tashqari kelajakdagi aloqa tarmoqlarini talablarini shakllantirish uchun xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning faoliyat xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda tarmoq xizmatlarini ishlab chiqaruvchilariga bo‘lgan asosiy talablarga quyidagilar kiradi:
    - “Multioperator” muhitida qurilmalar ishini ta’minlash imkoni ya’ni tarmoqqa ulanish uchun bir necha aloqa operatorlariga darxol ulanish, shu jumladan ulanuvchi satxga ham;
    - hamkorlikda xizmatlarni etkazish uchun, xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar tugunlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash.
    Kanallar kommutatsiyasiga va paketlar kommutatsiyaga ega bo‘lgan, mavjud umumiy foydalanuvchilar tarmog‘i hozirgi paytda yuqorida takidlab o‘tilgan talablarga javob bermaydi. Odatdagi tarmoqlarning chegaralangan imkoniyatlari, yangi infokommunikatsiya xizmatlarini takomillashtirish yo‘lida saqlanadigan faktorlardan biridir. Boshqa tomondan etkaziladigan xizmatlarning hajmini oshishi, mavjud aloqa tarmoqlarining bazaviy xizmatlarini chaqiruvchi sifatli xizmat ko‘rsatkichlariga yomon ta’sir qilishi mumkin. Bularning barchasi keyingi avlod aloqa tarmoqlarini yaratish yo‘nalishida, odatdagi aloqa tarmoqlarini rivojlantirish rejalarida infokommunikatsiya xizmatlarini mavjudligini hisobga olishga majbur qiladi.

    Download 3.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




    Download 3.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari

    Download 3.29 Mb.