Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturaviy modeli




Download 3.29 Mb.
bet5/82
Sana31.03.2023
Hajmi3.29 Mb.
#48010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova
аппццп, 1-dars, 5-mavzu, 3-topshiriq, ATT 5, AI 6, 1669801802, Отчет по практике, Buyrak, Узбекистон республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги, Umarov Ikromjon Baxromjon o\'g\'l , 6-maruza, Karimova Loyiha ishi qo\'shma gap, AAAAAAA —
1.5. Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturaviy modeli
Keyingi avlod aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida universal tarmoqni qurish tamoyili yotadi. Bunday tarmoq har qanday axborotni: ovoz, video, audio va xokazo trafiklarni cheklanmagan spektrda infokommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Yuqoridagi talab va ehtiyojlarni nazarda tutgan holda tarmoq xizmatlari, texnologiyalari va qurilmalari konvergensiyasi NGN-yangi avlod tarmoqlarida mujassamlashgan.
NGN texnologiyasining Respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifat ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqmoqda.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya’ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ihtiyoriy turdagi ma’lumotlarni (tovush, video, rasm, tevizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma’lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta’minlash imkoniyatiga egadir, ya’ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko‘rsatish sifati yuqori ko‘rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o‘ylab qaralganda NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan Umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmog‘ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir.
NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir.
NGN tarmog‘ining yutug‘i, xizmat turlarining (juda ko‘pligi) mavjudligidir. NGN tarmog‘ida qiyin masalalar, uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir.
1.2 - rasm. NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli
NGN tarmog‘ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‘i, Internet tarmog‘i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kunda NGN tarmog‘ining to‘rt sathli arxitekturasi mavjud. U quyida  (1.2 -rasm) ko‘rsatilgan.
NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli quyidagi satxlardan iborat:
- kirish pog‘onasi;
- transport pog‘onasi;
- boshqarish pog‘onasi;
- xizmatlar pog‘onasi.
Kirish pog‘onasi, turli xil aloqa vositalarini (kompyuter, telefon apparati, faksimil apparati va boshqalar) tarmoqqa ulanishini ta’minlaydi.Unda quyidagi texnologiyalar ishlatilidi:
- simsiz aloqa texnologiyasi (Wi-Fi);
- kabelli televidenie tizimi asosidagi texnologiya (DOCSIS, DVB);
- tolali optik texnologiya (PON);
- xDSL texnologiyasi.
Transport pog‘onasifoydalanuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Bunda ayni paytda magistrallarimizda mavjud bo‘lgan PDH va SDH uzatish tizimlari muhim ahamiyatga egadir.
Halqaro Telekommunikatsiya Uyushmasi (ITU-T) transport satxi uchun qo‘yiladigan quyidagi talablarni aniqlagan:
- real vaqt davomida yo‘qotishlarsiz bog‘lanishni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
- “yacheykali”, “nuqta-ko‘p nuqta”, “ko‘p nuqta-ko‘p nuqta”, “ko‘p yacheykali” topologiyali bog‘lanishni ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash;
- ishonchlilik, masshtablashtirish, kirishuvchanlik va boshqalarni yuqori darajasini ta’minlash.
Transport satxiga quyidagi talablarqo‘yiladi:
- aloqa tugunidagi qurilmalarning yuqori ishonchliligini ta’minlash;
- trafikni boshqarishni ta’minlash;
- masshtablanuvchanlikni ta’minlash.
NGN tarmog‘ining transport satxi ikkita, kirish tarmog‘i va bazaviy tarmoqdan tashkil topgan.
Kirish tarmog‘i abonent liniyasi, kirish uzeli va uzatish tizimlari (PDH/SDH) dan iborat.
Bazaviy tarmoq kanallarni transportlashtirish va kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. Bazaviy tarmoq quyidagi 3 ta texnologiya satxlaridan iborat:
- IP, ATM, MPLS (paketlarni kommutatsiyalash);
- SDH, Ethernet…(traktlarni formatlashtirish);
- FOC, DRRL, CC…(signallarni uzatish muhiti).
NGN ning bazaviy tarmog‘i quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tranzit uzellar;
- abonentlarni multiservis tarmog‘iga ulovchi oxirgi tugun;
- axborot, chaqiruv, ulash signallarini boshqaruv;
- UFTT, MUT, EAT ga ulovchi shlyuzlar.
Boshqarish pog‘onasisignalizatsiya axborotini ishlab chiqish, chaqiriqlarni marshrutlash va ma’lumotlar oqimini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi. Bunda dasturiy kommutatorlar (SoftSwitch) sanab o‘tilgan funksiyalarni bajaradi. Tarmoqda bir nechta SoftSwitch bo‘lib, ular bir-biri bilan SIP (Session Initiation Protocol) protokollar yordamida o‘zaro munosabatda bo‘ladi va o‘rnatilgan boshqarishni birgalikda boshqarishni ta’minlaydi.

1.3 - rasm. NGN tarmog‘ining boshqaruv tizimi
Xizmatlarni boshqarish pog‘onasi, xizmatlarni boshqaruvchi mantiqiy funksiyalarni jamlaydi va quyidagilarni ta’minlovchi taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi:
- infokommunikatsion xizmatlarni taqdim qilish;
- xizmatlarni boshqarish;
- yangi xizmatlarni yaratish va joriy qilish;
- har xil turdagi xizmatlarni bog‘liqligi ta’minlash. NGN tarmog‘ining boshqaruv tizimi 1.3-rasm keltirilgan
NGN tarmog‘ining asosiy xususiyati shundaki, paketlarni marshrutlashtirish va uzatish hamda tarmoq qurilmalari (kanallar, marshrutizatorlar, kommutatorlar, shlyuzlar) fizik va mantiqiy jihatdan xizmatlar va chaqiruvlarni boshqarish qurilmasidan alohida ajratilgan bo‘ladi.Uni quyidagi rasmda (1.4-rasm) ifodalash mumkin.
NGN tarmog‘ining bu xususiyati telekommunikatsiya dunyosidagi boshqa tarmoqlarni, IP-tarmog‘ini, UFTT dan ajratib turadi. 
Barchamizga ma’lumki hozirda respublikamizda NGN tarmog‘ini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Avtomatik Telefon Stansiyalarda (ATS) HUAWEIkompaniyasining C&CO8 kommutatsiya tizimi o‘rnatilmoqda. Bu amalda UFTT dan asta-sekinlik bilan NGN tarmog‘iga o‘tishning asosiy omilidir.O‘tishning birinchi qadami yuqorida e’tirof etganimizdek, mavjud tarmoqlarni yagona tarmoqqa birlashtirishdir.
1.4-rasm. NGN tarmog‘ining mantiqiy ko‘rinishi
Yangi tarmoq MPLS (Multi Protocol Label Switching) texnologiyalarining oxirgi yutuqlari bazasi asosida quriladi.
Yangi avlodning (NGN) aloqa tarmog‘i, tarmoqni boshqarishning mustahkam imkoniyatlariga ega bo‘lgan, cheklanmagan xizmat turlarini, tarmoq muommolarini takommillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni amalga oshirish, shuningdek tarqoq kommutatsiyaga ega bo‘lgan universal transport tarmoqlarini qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Arxitekturaning asosiy elementlariKeyingi avlodning konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr aloqa tarmog‘ining arxitekturasi 1.5-rasmda ko‘rsatilgan. NGN transport tarmog‘ining tarkibiga quyidagilar: ko‘chirish va kommutatsiyalash funksiyasini bajaruvchi tranzit uzellar, multiservisli tarmoqlarga kirishni ta’minlovchi yakunlovchi (chegara) uzellar, signalizatsiya ma’lumotlarini qayta ishlash, chaqiriqlarni va ulanishlarni boshqarish funksiyalarini bajaruvchi signalizatsiya kontrollerlari, odatdagi aloqa tarmoqlariga (TfUF, MUT, SPS) ulanishni amalga oshirish imkonini beruvchi shlyuzlar kirishi mumkin.

1.5- rasm. Keyingi avlodning konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr aloqa tarmog‘ining arxitekturasi
Bazaviy tarmoqlarning resurslariga kirish, mavjud tarmoqlar orqali aloqani amalga oshirish yoki kirish tarmoqlari qurilmalarini chegara uzellari orqali ulash yordamida amalga oshadi. mavjud tarmoqlar orqali aloqani amalga oshirish holatida chegara uzeli, tarmoqlararo shlyuz funksiyasini bajaradi.
Kirish pog‘onasiga: shlyuzlar, (transport tarmoqlarining yakunlovchi uzellariga foydalanuvchining yakunlovchi (oxirgi) terminal qurilmalarini ulashni ta’minlovchi)kirish tarmog‘i, abonentlarning yakunlovchi (oxirgi) qurilmalari kiradi.
Kirish tarmoqlarini qurish texnologiyalariga: simsiz (Wi-Fi, WiMAX) texnologiyalari, kabelli televideniya (DOCSIS, DVB) tizimlari asosidagi texnologiyalar, xDSL texnologiyasi, optik tolali (passiv optik tarmoq (PON)) texnologiyalari kiradi.
Kirish pog‘onasi, tarmoqqa (xususiy abonentlarni, korxonalarni, mobil)foydalanuvchilarni ulanishini ta’minlaydi. Foydalaniladigan texnologiyalarga bog‘liq holda (xDSL, Ethernet, PON, Cable, Wi-Fi, WiMAX), DSLAMlar, Ethernet kommutatorlari, Wi-Fi kirish nuqtasi, WiMAX bazaviy stansiyasi va boshqa qurilmalar tanlanadi.
Abonentlarni yuqori sifatli multimediali xizmatlar bilan ta’minlash uchun, kirish tarmoqlari yuqori tezlikli, multiservisli, intelektual, ishonchliligi yuqori bo‘lishi lozim.
Agregatsiya pog‘onasida, kirish pog‘onasidan taqsimlovchi qurilmaga tushuvchi trafiklarni yig‘ish va etkazish amalga oshadi. Agregatsiya pog‘onasi Ethernet, IP, IP-MPLS texnologiyalari qo‘llanilgan oblastlarda yoki shahar masshtabida keng tarqalgan tarmoq marshrutizatorlaridan iborat.
Signalizatsiya kontrollyorlari, bir nechta kommutatsiyalash uzellariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan alohida qurilmalarga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin. Umumiy kontrollyorlarni qo‘llash, ularni xuddi tarmoq bo‘ylab taqsimlangan yagona kommutatsiyalash tizimi kabi qarash imkonini beradi. Bunday echim, nafaqat ulanishni o‘rnatish algoritmini soddalashtirish, balki operatorlar va xizmatlarni ta’minlovchilar uchun ancha tejamli hamdir. Chunki, katta sig‘imli qimmatbaho kommutatsiyalash tizimlarini, uncha katta bo‘lmagan, moslashuvchan va xattoki mayda xizmatlarni ta’minlovchilar uchun ham qulay bo‘lgan qurilmalarga almashlash imkonini beradi.

Download 3.29 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Download 3.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturaviy modeli

Download 3.29 Mb.