Ulanish tarmog‘ini loyihalashtirish 2.3-rasmda xalqaro elektraloqa ittifoqining Y seriyali tavsiyalarida
taklif etilgan infokommunikatsiya tizimining modeli keltirilgan. Bu model
infokommunikatsion tizimlarda kirish tarmog‗ining o‗rnini aniqlash
imkonini beradi.
398
Abonent xonasidagi qurilmaga misol sifatida oddiy telefon apparati
(xonadon sektori) hamda apparat-dasturiy vositalarning murakkab
majmuasi – ATS, lokal Ethernet tarmog‗i va boshqa qurilma (ishlab
chiqarish sektori) bo‗lishi mumkin.
2.3- rasm. ITU-T tavsiya etgan infokommunikatsiya tizimining modeli
Birinchi holda kirish tarmog‗i vazifalarini ikki simli fizik zanjirni
ifodalovchi abonent liniyasi bajarishi mumkin. Ikkinchi holda kirish
tarmog‗i tarkibiga (mavjud telekommunikatsiya tizimi uchun) quyidagilar
kirishi kerak:
- ATS uzelini mahalliy telefon tarmog‗iga ulash uchun E1raqamli
trakt (yoki bir necha shunday traktlar);
- mahalliy tarmoqni Internetga ulash uchun TCP/IP protokollar
stekini qo‗llab-quvvatlovchi raqamli trakt;
- ijaraga olinuvchi liniyalar, agar ular telefon tarmog‗i yoki
Internetdan foydalanmaydigan qurilmani ulash uchun zarur bo‗lsa.
Kirish tarmog‗ining asosiy vazifasi - operatorning imkoniyatli
mijozlarining xonasida o‗rnatilgan barcha turdagi qurilmalar bilan tegishli
tranzit tarmoqlar o‗rtasida ishonchli va yuqori sifatli aloqani ta‘minlash.
Kirish tarmog‗ining muhim xususiyatlaridan biri axborotni yetkazib berish
texnologiyasidan uzoq vaqt foydalanishdir.
Kirish tarmog‗i eng katta sig‗imli hisoblanadi, shuning uchun telefon
tizimining xech bir elementi kirish tarmog‗i kabi ―stagnatsiya‖ holatida
shunchalik uzoq bo‗lmagan.
Yuzaga kelgan vaziyat quyidagi ikki asosiy sabab bilan izohlanadi:
- yaqin vaqtgacha odatdagi (tor oraliqli) kirish tarmoqlarini ancha
tejamli holda qurish mumkin bo‗lgan texnik vositalar mavjud emas edi;
- fizik zanjirlar axborot almashuviga bo‗lgan extiyojni (TCh kanalga
qaraganda ancha quvvatli resurslarni talab qilmaguniga qadar) ta‘minlaydi
va yangi xizmatlarning ancha katta qismini qo‗llab-quvvatlaydi.
399
10.4- rasmda quyidagi belgilardan foydalaniladi:
- MGGP (Simple Gateway Control Protocol) - shlyuzni boshqarishni
oddiy protokoli bo‗lib, u konsentratorlarni boshqarish, UfTT va boshqa
tarmoqlar stansiyalari bilan o‗zaro ta‘sirlashish uchun mo‗ljallangan;
- 100 Base-T - uzatish tezligi 100 Mbit/s (802.Zi standarti) bo‗lgan
Fast Ethernet fizik sathining tasnifini belgilanishi. Mazkur texnologiyada
uzatish muhiti sifatida tolali optik kabeldan foydalaniladi;
- Softwitch - ikki turdagi UfTT va IP tarmoqlar uchun maxsus
yaratilgan dasturiy kommutator, bu tarmoqlardan har birida bu qurilma
turlicha idrok etadi: UfTTda ishlash uchun Softwitch UKS7 signalizatsiya
punkti vazifasini bajarishi va UfTTda signalizatsiyaning boshqa tizimlari
(EDSSI,
2BCK,
R2
va
boshqalar)ni
qo‗llab-quvvatlash
uchun
interfeyslarga ega bo‗lishi kerak. Paketli kommutatsiya tarmoqlarida
Softwitch, transport shlyuzlarini boshqarishning yagona qurilmasi (Media
Gateway Controller, MGC) va/yoki signalizatsiya kontrolleri (Signalling
Controller SC) H.323 dispetcheri va SIP (Signalling Initial Protocol)
serverlari dispetcherisifatida ishtirok etadi;
- SHDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Line) - to‗rtta simli
yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi bo‗lib, u bo‗ylab 2B1Q (ANSI
tavsiyalari) turidagi kodlashdan foydalanib oqimni 2, 048 Mbit/s (Ye
1
)
tezlikda uzatish ta‘minlanadi;
- LAD (Integrated Access Device) -integratsiyalangan kirish
qurilmasi;
- WMA (Wireless Multiple Acess) - simsiz ko‗p martali kirish
qurilmasi. WMA qurilmasi konsentrator tomonida E1 standart trakti
bo‗yicha yoki abonent komplektlari orqali ulanishi kerak.
- MAK qurilmasi xizmat ko‗rsatilayotgan foydalanuvchilarni bir
necha tarmoqqa ulashga imkon beradi;
Infokommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini ta‘minlash uchun
dasturiy kommutator Softwitch bilan o‗zaro ta‘sirlashish kerak bo‗lib
qolishi mumkin. Bu vazifalar media shlyuzni boshqarish uchun
mo‗ljallangan protokolni MGCP (Media Gateway Control Protocol)
qo‗llashda amalga oshirilishi mumkin.
100 Mbit/s tezlikdagi Fast Ethernet 100 Base-T fizik sathdagi
texnologiya EHMning lokal tarmoqlarida qo‗llaniladi. Base atamasi to‗g‗ri
(modulyatsiyalanmagan) uzatishni ko‗rsatadi. T belgisi o‗ralgan juftlikdan
(Twisted pair) foydalanishni ko‗rsatadi.
400
2.4- rasm. ―Protey-MKK‖ dan foydalanishni tasvirlovchi sxema