402
Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri.
NGNning fizik arxitekturasi uchta sathni (platformani) o‗z ichiga
olgan bo‗lib, ular orasida standart interfeyslar qo‗llaniladi, bu esa
masshtablashtirishni,
yetkazib
beruvchilarga
bog‗liq
bo‗lmaslikni,
investitsiyalarni saqlanishini va aloqa operatori uchun foydali bo‗lgan
boshqa juda ko‗p xossalarning saqlab qolinishini ta‘minlashga imkon
beradi.
Keyingi avlod tarmog‗ining fizik arxitekturasi (8.5-rasm) o‗z ichiga
quyidagilarni qamrab oladi:
- transport platformasi;
- yangi dasturiy-apparat majmualari negizida amalga oshiriluvchi
boshqarish va signalizatsiya platformasi;
- zarur xizmatlar to‗plamini ta‘minlovchi serverlar platformasi.