• KIRISH “Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar
  • Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




    O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
     
    N.M. JO‗RAYEV 
    TELEKOMMUNIKATSIYA 
    TARMOQLARIGA
    TEXNIK XIZMAT
    KO‘RSATISH 
    (Darslik) 
     
    53 5 0 1 0 0 - ― Te le k o mm u nik a t s iy a t e x no lo g iy a la r i‖
    TOSHKENT - 2020 




    KIRISH 
    “Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning 
    sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar 
    yaratish axborot texnologiyalari bilan bog„liq. 
    Shunung uchun bu sohaga yanada keng 
    imkoniyat, 
    zarur 
    infratuzulma 
    yaratish, 
    mutahasislarni har tomonlama rag„batlantirish, 
    qobilyatli yoshlarni tarbiyalash kerak.” 
    Sh. Mirziyoyev. 
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
    ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar 
    strategiyasi to‗g‗risida‖ PF-4947-sonli Farmoni tasdiqlandi. Harakatlar 
    strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini 
    tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
    rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni 
    modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan 
    iboratdir. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‗tgan taraqqiyot yo‗lining 
    chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon‘yunkturasi keskin o‗zgarib, 
    globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni 
    yanada barqaror va jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo 
    yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‗yobga 
    chiqarishni taqazo etmoqda [1].
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlanishida 
    tolali optik aloqa tizimlari, keng polosali tarmoqlar va 
    multimediali aloqa 
    tarmoqlari
    muhim o‗rin tutadi, ayniqsa shahar bilan qishloq o‗rtasidagi 
    tafovutni kamaytirish, ya‘ni, qishloq aholisiga ham shaharlardagidan 
    qolishmaydigan darajada zamon talabiga mos telekommunikatsiya va 
    internet hizmatlarini ko‗rsatishda optik kabellar hamda keng polosali 
    tarmoqlardan 
    foydalanish 
    zaruriyati 
    sezilmoqda. 
    Shuning 
    uchun 
    Respublikamizda ushbu soha rivojiga jiddiy e‘tibor qaratilib, qator 
    xukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 
    «O‗zbekiston 
    Respublikasining 
    Milliy 
    axborot-
    kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 
    2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori bilan ―Respublika milliy 
    axborot-kommunikatsiya 
    tizimlarini 
    2013-2020 
    yilllar 
    mobaynida 
    rivojlantirish kompleks dasturi‖ tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan 
    O‗zbekiston 
    Respublikasida 
    2013-2020 
    yillar 
    mobaynida 



    telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini 
    rivojlantirish dasturi hamda «Elektron hukumat» axborot tizimi 
    komplekslari va ma‘lumotlar bazasini yaratish bo‗yicha tadbirlar va 
    loyihalar ro‗yxati tasdiqlangan. Bundan tashqari, ushbu qaror bilan 
    O‗zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 
    2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga 
    oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi. 
    O‗zbekiston 
    Respublikasida 
    2013-2020 
    yillar 
    mobaynida 
    telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini 
    rivojlantirish dasturida keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish, optik 
    tolali aloqa liniyalarini qurish, BRAS qurilmalarini o‗rnatib, keng polosali 
    tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, «UZMOBILE» mobil tarmog‗ini 
    hududlarda rivojlantirish – 1-bosqich yuqori tezlikdagi internet 
    xizmatlarini ko‗rsatish (EVDO texnologiyasi), «UZMOBILE» mobil 
    tarmog‗ini hududlarda rivojlantirish – 2-bosqich yuqori tezlikdagi internet 
    xizmatlarini ko‗rsatish (LTE texnologiyasi), 3G, 4G, LTE va boshqa mobil 
    aloqa operatorlarini hisobga olgan holda mobil aloqa tarmoqlarini 
    rivojlantirish, NGN texnologiyasi bo‗yicha kommunikatsiya qurilmalarini 
    kengaytirish, kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash, paketli 
    kommutatsiya 
    xalqaro 
    markazlarini 
    kengaytirish, 
    O‗zbekiston 
    Respublikasi magistral tarmoqlarining o‗tkazuvchanlik qobiliyatini 
    kengaytirish, ma‘lumotlarni uzatish multiservis tarmoqlarini qurish, 
    magistral optik tolali aloqa liniyalarini qurish, korporativ sektorga 
    multimediali xizmatlarni ko‗rsatuvchi studiyalarni yaratish, axborot-
    ma‘lumot xizmatlari markazlarini yaratish (call-center), ma‘lumotlarni 
    saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish «Data-sentr» (quyidagi 
    shaharlarda: Toshkent, Qo‗qon, Buxoro), tez-tez foydalaniladigan 
    ma‘lumotlarni saqlash markazlarini yaratish (keshlash markazlari), davlat 
    va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari korporativ va lokal-
    hisoblash tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish kabi vazifalar 
    rejalashtirilgan.
    Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya 
    tarmoqlarida juda katta o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. So‗nggi yillar 
    mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi 
    natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasi yuqori natijalarga erishilmoqda. 
    Telekommunikatsiya 
    tarmoqlarini 
    modernizatsiyalash, 
    zamonaviy 
    texnologiyalarni qo‗llash, yangi raqamli texnika vositalarini o‗rnatish, 
    ularni optimallashtirish ishlari natijasida, jahon axborot integratsiyalashuvi 
    jarayoniga O‗zbekistonning jadal suratda qo‗shilishi ko‗zga tashlanmoqda. 



    Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanishi uch omilga asosan 
    aniqlanadi: trafikni o‗sishi, jamiyatni yangi xizmatlarga bo‗lgan talabini 
    oshishi va texnologiyalar sohasida yutuqlarga erishish. Bu omillar 
    mustaqil hisoblanmaydi, biroq ularning har biri elektr aloqani rivojlanish 
    g‗oyasini aniqlaydi. Qurilmalarni yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat 
    va texnologik yutuqlar qurilmalarning narxini tushishiga olib keldi, bu esa 
    o‗z navbatida trafikni o‗sishi va yangi xizmatlarni ishlab chiqarishni 
    rag‗batlantiradi. 
    XX 
    – 
    asrning 
    90-yillari 
    boshidan 
    telekommunikatsiya 
    raqamlashtirish yo‗nalishi bo‗yicha rivojlandi. Bu nafaqat axborotlarni 
    uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor 
    usullarni ta‘minlovchi bosh yo‗nalishlardan biri bo‗lib qoldi. Raqamli 
    telekommunikatsiya tarmoqlarini jadallik bilan rivojlanishini, analog 
    uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq 
    qiladi, masalan: yuqori shovqinbardoshliligi, aloqa liniyasining uzunligiga 
    uzatish sifatining kuchsiz bog‗lanishi, aloqa kanallarining elektrik 
    parametrlarini mo‗tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‗tkazuvchanlik 
    qobiliyatini qo‗llashning samaradorligi va boshqalar.
    Bir vaqtning o‗zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy 
    telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini 
    ta‘minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati o‗zgardi. 
    Ko‗pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi 
    evolyutsiyasi, 
    axborotlarni 
    uzatish 
    tezligini 
    oshirish, 
    tarmoqni 
    intellektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta‘minlash 
    yo‗nalishi bo‗yicha ketadi deb ta‘kidlashmoqda. 
    1999 yilda ―Telekommunikatsiyalar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
    Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi 
    telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi 
    ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2107 yil 7 
    fevral kuni ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha 
    Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖ farmonida Respublika hududlarida 
    2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish, kommutatsiya markazlarini 
    IMS 
    texnologiyasi 
    asosida 
    modernizatsiya 
    qilish, 
    mobil 
    aloqa 
    operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini o‗rnatish, 66 ta yuqori quvvatli 
    va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatkichlarini o‗rnatish va 
    ishga tushirish kabi vazifalar belgilangan. 
    Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan vazifalarni bajarish uchun soha 
    mutaxassislari hamda ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ yo‗nalishi 



    bo‗yicha tahsil olayotgan talabalar optik aloqa asoslari, tolali optik aloqa 
    tizimlari, keng polosali tarmoqlar va 
    multimediali aloqa tarmoqlari
    tushunchalarini mukammal bilishlari talab etiladi. Nazariy, amaliy bilim 
    va ko‗nikmalarga ega bo‗lish uchun zamonaviy o‗quv alabiyotlarning 
    o‗rni muxim axamiyatga ega. ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ 
    yo‗nalishiga o`qitiladigan Telekommunikatsiya tarmoqlari, Optik aloqa 
    tizimlari,
    Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, Keng polosali 
    tarmoqlar kabi fanidan hozirgi kunda davlat tilidagi o‗quv adabiyotlar
    ayniqsa, lotin alifbosidagi adabiyotlar yetishmayotganligi kuzatilmoqda. 
    Ushbu 
    kamchiliklarni 
    to‗ldirish 
    maqsadida ―Telekommunikatsiya 
    tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish va loyihalash‖ nomli o‗quv 
    adabiyoti tayyorlandi. 
    Darslik kirish qismi va 4 ta asosiy boblardan iborat bo‗lib, unda 
    quyidagi mavzular bo‗yicha muxim nazariy ma‘lumotlar berilgan. Tolali 
    optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‗rsatish; Tolali optik 
    aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi , optik kanallarini zichlashtirish 
    usullari; Keng polosali abonent kirish tarmoqlarga texnik xizmat 
    ko`rsatish; Raqamli abonent kirish tarmoqlari; Simsiz keng polasali kirish 
    tarmoqlari va ularni kurish usullari; Ethernet texnoloiyasi asoslari; 
    Kanallari to‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlovchi WDM texnologiyasiga
    asoslangan keng polosali transport tarmoqlari; keng polosali tarmoqlarda 
    qo‗llaniluvchi protokollar; Multimеdiali aloqa tarmoqlariga texnik xizmat 
    ko`rsatish; Multimediali aloqa tarmog‗ida qo‗llaniladigan texnologiyalar; 
    Multimediali signalizatsiya va sinxronizatsiya tizimlari; Konvergent aloqa 
    tarmoqlari; Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini loyihalashtirish 
    kabi mavzular bayon qilingan. 
    ―Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko`rsatish‖ nomli 
    o‗quv adabiyotidan, ―Telekommunikatsiya texnologiyalari‖ yo‗nalishida 
    ta‘lim olayotgan talabalar va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va 
    Telekommunikatsiya sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan mutaxassislar
    uchun mo`ljallangan. 
    Bundan 
    tashqari 
    ―Telekommunikatsiya 
    texnologiyalari‖ 
    bakalavriatura 
    yo‗nalishida 
    o`qitiladigan, 
    ―Telekommunikatsiya 
    tarmoqlarini boshqarish asoslari‖, ―Keyingi avlod kanvergent tarmoqlari‖ 
    va ―Aloqa tizimlarini modellashtirish va simulyatsiyalash‖ kabi fanlarini 
    o‗zlashtirishda ham foydalanish mumkin.




    Download 6,74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish