• Foydalanish muddatining uzoqligi.
  • Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi.
  • Iqtisodiy jihatdan samaradorligi




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
    Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab 
    chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO
    2
    tashkil etadi. Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob 
    rangli metal sarflanmaydi. Mis va qo‗rg‗oshinning dunyoviy zahiralari 


    12 
    chegaralangan xozirgi vaqtda noyob bo‗lmagan maxsulotga o‗tish kabelli 
    aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. 
    Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi. 
    Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslyasiyasiz 
    uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali TOA liniyalarida optik 
    kabellarning qo‗llanilishi retranslyatorlar sonini qisqarishiga olib keladi. 
    Buning natijasida ham sarf harajatlar kamayadi.
    Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt o‗tgan sari eskiradi, 
    ya‘ni yotkazilgan kabellarda so‗nish asta sekin oshib boradi. Biroq, optik 
    tola 
    ishlab 
    chiqarishning 
    zamonaviy 
    texnologiyalarining 
    mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtiradi va foydalanish muddatini 
    uzaytiradi. Tolali optik kabellardan foydalanish muddati taxminan 25 yilni 
    tashkil etadi.
    Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi. Ba‘zi xollarda tarmoq 
    tugunlarining masofaviy elektr ta‘minoti talab etiladi. Buni optik tola 
    orqali amalga oshirib bo‗lmaydi. Bu xolda optik tola bilan birgalikda mis 
    o‗tkazish elementi bilan jihozlangan aralash kabellardan foydalanish 
    mumkin. Bunday kabellar ko‗pgina mamlakatlarda keng qo‗llaniladi [1]. 
    Xozirgi kunda turli vazifali va tuzilishli optik tola va kabellar ishlab 
    chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan, magistral 
    aloqa uchun toladan faqatgina asosiy to‗lqin tarqaladigan bir moddali 
    kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa 
    liniyalarida signal uzatishda tolaning so‗nish va dispersiya parametrlariga 
    ham yuqori talablar qo‗yiladi. Bundan tashqari optik nurlanish 
    qutblanishini saqlanishini ta‘minlovchi tolalar ham ishlab chiqarilmoqda.
    Magistral aloqada qo‗llaniladigan bunday kabellarni ishlab chiqish 
    murakkab va qimmat. Bunday kabellar qo‗llanilganda lazer nurlanish 
    manbalaridan foydalaniladi. Lazer manbalariga ham nurlanish spektrining 
    tozaligiga, nurlanish xarakteristikalarining barqarorligiga yuqori talablar
    qo‗yiladi. 
    Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‗lgan va aloqa masofasi chegaralangan 
    (tahminan 10 km gacha) tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar 
    bilan oson moslashadigan ko‗p modali kabellardan foydalangan ma‘qul. 
    Bunda nurlanish manbai sifatida ko‗p modalarni nurlantiruvchi oddiy 
    turdagi yarim o‗tkazgich yorug‗lik diodlarini ishlatish mumkin.


    13 
    YAngi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng 
    bo‗lmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi 
    to‗liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. 
    Bunday texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s o‗tkazish oraliqli tizimlarni 
    yaratishda foydalaniladi. 
    TOA ko‗plab bir qancha afzalliklarga ega bo‗lishiga qaramay 
    kamchiliklarga ham ega. Bu TOA qurilmalarining qimmatligi va ba‘zi 
    optik 
    texnologiyalarning 
    mukammal 
    darajaga 
    etmaganligi 
    bilan 
    tushuntiriladi. Bunga bog‗liq holda quyidagi kamchiliklarni aytish 
    mumkin:
    - element bazasining qimmatligi. Optik uzatgich va qabul 
    qilgichlarning narxi qimmat. Ayniqsa lazer nurlanish manbalarining narxi 
    qimmat va xizmat qilish muddati chegaralangan. Shuningdek, passiv optik 
    qurilmalarni (multipleksor, kommutator, attenyuator va boshqalar) ishlab 
    chiqarish ham katta sarf-harajatlarga olib keladi; 
    - tolali optik aloqa liniyalarini montaj qilish va xizmat 

    Download 6,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish