18
1.3–rasm. TOA tizimining tuzilish sxemasi
Hozirgi kunda OA ning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish
tizimlari (RUT) dan foydalanilmoqda Chunki RUT analog uzatish
tizimlariga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi
yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog‗liq, texnik
iqtisodiy ko‗rsatkichlari yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‗yicha
bo‗lingan analog uzatish tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli,
ularning OA da qo‗llanilishi chegaralangan.
Nazorat savollari
1. Optik aloqa va uzatish tizimi deb nimaga aytiladi?
2. Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
3. Optik aloqani qo‗llanish sohalarini tushuntiring.
4. OA tizimlari elektrik tizimlardan qanday xususiyatlari bilan
farqlanadi?
5. OA tizimlarining tuzilish prinsipini tushuntiring.
6. TOA tizimlari qanday tuzilgan?
7. Optik tarmoqlarda qanday optik uzatish tizimlaridan
foydalaniladi?