34
mustaxkamligi xuddi shunday yuzaga ega bo‗lgan po‗lat simdan yuqori.
Ammo amaliyotda ega aloqa liniyalarda qo‗llanuvchi
optik tolalarga bir
muncha miqdorda bo‗lgan ikkala hisobiga uzilishlar hosil bo‗lib turadi.
Shishadagi mikro yorilishlar va defektlar optik tolaning mustaxkamligini
bir necha o‗nlab marotaba mustaxkamligini kamaytiradi, chunki tollarning
cho‗zilishi, namgarchilik va yuqori harorat mikro yorilishlarni normal
sharoitida tezda oshib ketishga olib keladi va bir
necha yil yoki bir necha
oy ichida uzilishlar soni oshib ketishga olib keladi.
Shunday qilib, optik tolaning uzoq vaqt mobaynida mexanik asosiy
faktor bo‗lib, u o‗z navbatida ekspluatatsiya jarayonida optik tolaning
mexanik mustaxkamligini ta‘minlab beradi. Optik tolani uzoq vaqt
mobaynida ushlab turish statistik charchash parametri
n orqali aniqlanib u
o‗z navbatida o‗lchov birligi so‗z bo‗lgan parametrdir. Bu parametr
yorilishlarni o‗sish sonini tolani cho‗zilishini o‗zaro bog‗laydi. n-qiymati
qanchalik katta bo‗lsa, optik tolaning mustaxkamligi shunchalik yuqori
bo‗ladi. n-parametrining qiymati eksperiment natijasida
aniqlanadi va har
doim optik tolaning pasportida ko‗rsatilishi kerak. standart tolalar uchun n-
qiymati 20 bo‗lsa, maxsus mustaxkamlikka ega bo‗lgan tolalar uchun n=25
qadar etib boradi.
Tolaning
boshlang‗ich
inert
mustaxkamligi
optik
tolaning
ekspluatatsion mustaxkamligini baholashda ikkinchi faktor bo‗lib
hisoblanadi. Bu parametr butun uzunlikdagi tolada ko‗plab ravishdagi
defektlar o‗lchovi orqali aniqlanadi. Bunday eng bo‗sh bo‗lgan zvenoni
aniqlash uchun tola tayyorlash protsessida yuklama ostida qayta o‗raladi
(proof-test) qurilish uzunligidagi tolani qayta o‗ralishda lozim bo‗ladigan
tortish kuchi tayinlab qo‗yiladi. Qayta o‗ralishdagi tortilish kuchi GPa
o‗lchov birligiga yoki tolani uzayishi % orqali ko‗rsatiladi.
Uzunligi 100 km bo‗lgan liniyani 25
yil mobaynida buzilish
ehtimolligi 0.001 juda ham kichik qiymatdagi liniyani avariyasiz xizmat
ko‗rsatish
muddatini garantiyalash
uchun
tortib qayta
o‗rashni
ekspluatatsiyaga bo‗lgan nisbati qayta o‗rash zaxirasi deb ataladi va uning
qiymati 3-4 bo‗ladi. bunday holda optik
tolani yuklama ostida qayta
o‗ralish jarayoni tolani mustaxkamligini o‗zgarishi va o‗z navbatida
yomonlashuvini taqsimlanishi e‘tiborga olish kerak.
Ishlab chiqarish amaliyotida ko‗pchilik tolalar uchun qayta o‗ralish
holatidagi tortilish kuch qiymati 0.7 GPa bo‗lsa, suv osti kabellari uchun
35
qo‗llanuvchi tolalar uchun esa tortilish kuchi 1.4 GPa bo‗ladi. odatda bu
qiymatlar tola uchun berilgan pasportda ko‗rsatiladi.