38
modulyasiyalanishiga imkon beruvchi optik nurlanish manbalaridan
foydalanish juda qulay.
Nisbatan past tezlikda signallarni yaqin masofalarga uzatuvchi
tizimlarda: shahar, zona, binolar ichida va boshqa OA tizimlarda
qo‗llaniladigan nurlanish manbalarining tavsiflariga nisbatan pastroq
talablar qo‗yiladi. Bu tizimlarda pog‗onali sindirish ko‗rsatkichli optik
tolalardan foydalaniladi. O‗tkazishni chastota polosasi optik tolalarning
modalararo dispersiyasi orqali aniqlanadi. Shuning uchun yuqorida aytib
o‗tilgan OA tizimlarida kogerent manbalardan foydalanish o‗z ma‘nosini
yo‗qotadi.
OA tizimlari uchun optik nurlanish manbalarining uch sinfi ma‘lum:
yarim o‗tkazgichli, tolali va xajmli mikrooptik manbalar (mikrolazerlar).
Ularning hammasi u yoki bu darajada yuqorida ko‗rsatilgan talablarga
javob beradi, lekin faqat yarim o‗tkazgichli manbalar, ya‘ni yorug‗lik
diodlari va lazerlardan keng foydalaniladi. Yarim o‗tkazgich nurlanish
manbalarining jadal rivojlanishi birinchi navbatda yuqori samaradorlik
bilan elektr toki energiyasini bevosita optik nurlanishga aylantirishi,
yuqori tezlikda tok bilan kuch berilishidan nurlanish parametrlarini
to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗zgartirish imkoniyatini mavjudligi, og‗irlik va
o‗lchamlarini kichikligi kabi OA tizimlari uchun muhim bo‗lgan ijobiy
xususiyatlarning birikuviga bog‗liq.