• Tolaning xususiy yo‘qotishlari
  • Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177
    OT turi (kvars 
    shishasi) 
    O‘zak 
    diametri, 
    mkm 
    NA 
    Tola 
    o‘zagiga 
    maksimal 
    tushish 
    burchagi, 
    grad. 

    n
     
    Ko‗p modali OT 
    50 – 200 
    0,25 – 0,5 
    20 – 30 
    0,005 – 0,02 


    32 
    Bir modali OT 
    5 – 12 
    0,12 – 
    0,25 
    5 - 8 
    0,002 – 0,01 
    NA optik tolaning muhim xususiyati hisoblanib, yorug‗lik nuri tolaga 
    qanday kiritilishi va tarqalishini ko‗rsatadi. 
    NA qiymati katta bo‗lgan OT yorug‗likni yaxshi qabul qiladi, NA 
    kichik qiymatli optik tolalarga faqatgina tor yo‗naltirilgan yorug‗lik 
    to‗plamini kiritish mumkin. 
    YUqori o‗tkazish polosali OT kichik NA qiymatiga ega. Shu tarzda, 
    ularda modalar soni kam, dispersiya kichik va ishchi o‗tkazish polosasi 
    keng bo‗ladi. 
    NA katta qiymatga ega optik tolalarda mumkin bo‗lgan yorug‗lik 
    yo‗nalishlari, ya‘ni modalar sonining ko‗pligi natijasida modalararo 
    dispersiya yuqori bo‗ladi [2]. 
    Tolaning xususiy yo‘qotishlari 
    Xususiy yo‗qotishlarga yutilish va sochilishdan hosil bo‗ladigan 
    yo‗qotishlar kiradi. Yutilishdan hosil bo‗ladigan yo‗qotishlar ichki va 
    tashqi bo‗ladi. Ichki yutilish yo‗qotishlarini toza kremniy materiali xosil 
    qilishi mumkin. Xar bir material molekulyar tuzilishiga ko‗ra ma‘lum 
    to‗lqin uzunliklarida signallarni yutishi mumkin. Masalan, SiO
    2
    ni ultra 
    binafsha diapazonda λ<0,4 mkm to‗lqin uzunligida elektron rezonanslari 
    mavjud. Shuningdek, infraqizil diapazonda λ>7 mkm to‗lqin uzunligida 
    tebranuvchi rezonanslari mavjud. Demak bu rezonanslar ko‗rinadigan 
    chastota diapazonida yutish polosasi ko‗rinishida bo‗ladi. Ikkinchi va 
    uchinchi oynalarda yutilishning bu turi 0,03 dB/km dan ko‗p bo‗lmagan 
    yo‗qotishlarga olib keladi. Tashqi yutilish yo‗qotishlari yorug‗likni tola 
    qo‗shimchalarida yutilishidan xosil bo‗ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish 
    texnologiyalari bu yo‗qotishlar ta‘sirini juda kichik darajaga kamaytirgan. 
    Bu yo‗qotishlar temir, mis , nikel, magniy, xrom qo‗shimchalarini tolaga 
    qo‗shish natijasida xosil bo‗ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida bu 
    metallarni tarkibi bir milliard qismgacha kamaytirilgan. Shuning uchun 
    ular umumiy tashqi yutish yo‗qotishlarining juda kichik qismini tashkil 
    etadi. Bulardan farqli ravishda gidroksil ion (ON) lar qoldig‗ini 
    mavjudligi, ya‘ni ishlab chiqarish jarayonida tolada suv qoldiqlarini qolishi 
    tashqi yutish yo‗qotishlarini sezilarli darajada oshiradi. Optik tola tarkibida 
    ON ionlari birni yuz milliondan kam qismini tashkil etish kerak.


    33 
    Zamonaviy optik tolalarda mikro qo‗shimchalar miqdori juda 
    kichikligi uchun tashqi yutilish shovqinlari minimal bo‗lib, ularni xisobga 
    olmasa xam bo‗ladi. Lekin ON konsentratsiyasi birdan million qismni 
    tashkil etganda, 1390 nm to‗lqin uzunligida yo‗qotishlar 50 dB bo‗lishi 
    mumkin. 
    Nurni sochilishidan xosil bo‗ladigan yo‗qotishlar ichki yo‗qotishlar 
    xisoblanib, optik tola o‗zagining defektlari: xavo puffakchalari, yoriqlar, 
    tolani bir turda emasligi, ya‘ni qo‗shimchalar qo‗shilishidan shisha 
    zichligini tasodifiy o‗zgarishi tufayli yuzaga keladi. Bu omillar yorug‗lik 
    oqimi yo‗nalishini o‗zgartirib, og‗ishiga olib keladi, natijada sinish 
    burchagi oshib, yorug‗lik nuri qobiqdan tashqariga sochilib ketadi. Bundan 
    tashkari optik tolani bir turda emasligi, ya‘ni qo‗shimchalar mavjudligi 
    yorug‗lik oqimini ma‘lum qismini teskari tomonga aks etishiga - teskari 
    sochilishga olib keladi (3.7 - rasm) [7].
    1550 nm to‗lqin uzunligida Releevsk sochilishlari umumiy 
    yo‗qotishlarning asosiysi hisoblanadi. Releevsk sochilishi to‗lqin 
    uzunligiga teskari proporsional bo‗lib, to‗lqin uzunligi oshishi bilan 
    yo‗qotishlar kamayadi.

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish