Ekspluatatsion jarayonida tolani cho‘zilishi uchun faktor bo‗lib
hisoblanadi va u orqali ekspluatatsion mexanik ishonchlilik aniqlanadi.
kabel ichidagi optik tolaning kuchlanganlik holati o‗z navbatida mexanik
ishonchliligini kamayishiga olib keladi va turli sabablar hisobiga bo‗ladi,
bular: optik kabel tayyorlash texnologiyasi buzilish, ya‘ni lozim bo‗lgan
tola uzunligini to‗g‗ri tanlamaslik yoki kabel tayyorlovchi uskunani
ishlashidagi turli to‗xtashlar, kabel yotqizilish texnologiyasini buzilishi, er
ko‗chishlari kabi seysmik o‗zgarishlar, ekspluatatsiya jarayonida osilgan
kabellarni muzlashi va x.k.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotdan shuni xulosa qilish mumkinki,
kabel ichida va yotqizilgan liniyalarda optik tolalarni cho‗zilishi nazorati
asosiy parametr bo‗lib hisoblanadi. Kabel ichidagi tolalarni cho‗zilish
bo‗yicha xozirgi zamon diagnostikasi uchun tolalar ichida yorug‗lik nurini
spektrlarni brillyuen sochilishini analiziga asoslangandir. Bunday usul
yordamida tolalarni cho‗zilishini baholashda liniyalarni mustaxkam
bo‗lmagan uchastkalari aniqlandi va u yordamida ekspluatatsiya
jarayonida tolalarni mexanik mustaxkamligi baholanadi.
Liniyadagi optik tolalarni cho‗zilish chegaralarini baholashda 100
kmm liniya 25 yil mobaynida uzilish extimolligi 0.001 bo‗lgan qiymat
uchun liniyaning ekspluatatsion mustaxkamligini kafolatlash uchun uning
nisbiy cho‗zilishi yoki ruxsat etiladigan cho‗zilish qiymati 0.2...0.25% dan
oshmasligi kerak. bu qiymat tolani ruxsat etiladigan cho‗zilish kritariya
bo‗lib, u brillyuen reflektometri yordamida aloqa liniyalarining
mustaxkam bo‗lmagan uchastkalarini o‗lchov natijasida aniqlash imkonini
beradi.
Tola ustidagi muxofazalovchi qoplamini tozalash kuchi ham
tolaning mexanik tafsilot lariga taaluqli bo‗lib, aloqa liniyalarida
qo‗llanuvchi optik tolani aloqa liniyalarini qurilishi, ta‘mirlab qayta tiklash
ishlari hamda aloqa liniyalariga texnik xizmat ko‗rsatish jarayonida
bunday ishlarni bajarishni bir muncha engilroq va effektiv bo‗lishini
ko‗rsatuvchi bo‗lib hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarishda
optik tolalarni oson ravishda ochib tashlash, optik tolalarni payvandlab
ulashda hamda ulanuvchi tolalarni tekis ravishda kesish ishlaridan tashkil
topadi. Optik tolani muxofazalovchi qoplamini tozalash kuch qiymati
36
optik tolalarning pasportida ko‗rsatiladi. Bunday kuch qiymati quruq va
namgarchilik atmosferasi ostida bo‗lgan tolalar uchun bir xil qiymatga ega.