48
o‗zgartirishni taqazo etadi. YOrug‗lik nurlanishning bir yoki bir necha
parametrlarini elektr (tok yoki kuchlanish), tovush, mexanik yoki optik
signal ta‘sirida vaqt yoki fazo bo‗yicha berilgan qonuniyatga ko‗ra
o‗zgartirishdan
iborat,
mazkur
jarayonni
optik
nurlanishni
modulyasiyalash jarayoni deb ataladi.
Yorug‗lik nurlanishini soddalik uchun yassi monoxramatik to‗lqin
deb faraz qilinsa, uning vaqt va fazo bo‗yicha tarqalishi fizik optikadan
yaxshi malum bo‗lgan quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
E(x,t)=Emcos[2π(
t-
n/Sox+υo)], ( 5.1 )
bu yyerda E - yorug‗lik to‗lqini elektr maydonining kuchlanganligi; Em -
mazkur elektr maydon kuchlanganligining amplitudasi,
- tebranishlar
chastotasi, t - vaqt, n - muhitning sindirish ko‗rsatgichi, So - yorug‗likning
vakuumdagi tezligi, x - nurlanishnig tarqalish yo‗nalishi bo‗yicha
koordinata, υo - tebranishlarning boshlang‗ich fazasi.
Bu tenglamadan ko‗rinadiki, optik eltuvchini axborot signaliga mos
ravishda modulyasiyalash jarayonini yorug‗lik to‗lqinining amplitudasi,
chastotasi, fazasi va qutblanish vektorining yo‗nalishini o‗zgartirish orqali
amalga oshirish mumkin. Optik signal tola bo‗ylab tarqalib, so‗ngra
fotoqabulqilgichga tushadi. Zamonaviy fotoqabulqilgichlar yorug‗lik
nurlanishini faqat intensivlik bo‗yicha qayd etadi. Shu sababdan
intensivlik bo‗yicha modulyasiyalash jarayonidan eng keng foydalaniladi.
Boshqa turdagi modulyasiyalash jarayonlaridan foydanalanilganida,
dastlab u yoki bu usulda modulyasiyalangan nurlanishni intensivlik
bo‗yicha modulyasiyalangan signalga o‗zgartirish talab etiladi.
Modulyasiyalangan yorug‗lik nurlanishini olishning turli xil usullari
mavjud. Ulardan birinchisi
to‘g‘ri modulyasiya usuli bo‗lib, unda
yorug‗lik manbai – yorug‗lik diodi yoki lazer diodi nurlanishining
modulyasiyasiga ulardan oqib o‗tadigan injeksiya tokini o‗zgartirish yo‗li
bilan erishiladi (5.1,a- rasm).