Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   177
 
Akustooptik xodisalar. 
Tovush to‗lqinlari va optik nurlanishning o‗zaro ta‘sirlashuviga 
asoslangan akustooptik hodisalarning mohiyati shundaki, tovush 
to‗lqinioptik muhit sirtida sindirish ko‗rsatgichini davriy qonuniyat bilan 
o‗zgartiruvchi va difraksiya panjarasi vazifasini o‗tovchi tuzilma hosil 
qiladi. 


52 
Bu hodisaga asoslangan modulyasiyalash jarayonida Breg yoki 
Raman – Natt difraksiyalarining hosil bo‗lish shartlaridan foydalaniladi: 
CHunonchi, birinchi holda bu shart quyidagi munosabat bilan aniqlanadi: 
2λav sinθ = mλ, (5.4) 
bu yerda λav- tovush tщlыining uzunligi - panjara doimiysi vazifasini 
o‗tovchi kattalik, m – difraksiya tartibi, λ- yorug‗lik nulanishining to‗lqin 
uzunligi, θ – yorug‗lik nurining akustooptik modda sirtiga tushish 
burchagi. 
Axborot eltuvchisini modulyasiyalash jarayoni bu holda amplituda 
bo‗yicha modulyasiyalangan tovush to‗lqini vositasida amalga oshiriladi. 
Bu to‗lqinning akustooptik modda bilan ta‘sirlashuvi chiqish to‗lqini - 
difraksiyalangan to‗lqin intensivligi (jadalligi)ni modulyasiyalaydi. 
Magnitooptik hodisalar. 
Magnitooptik (hodisa) effekt – magnit maydoni ta‘sirida optik modda 
parametlarining o‗zgarishi bilan bog‗liq hodisadir. Bu hodisani turli 
qutblanishga ega bo‗lgan yorug‗lik to‗lqinlari tarqalish tezligining farqi 
bilan 
tushuntiriladi. 
Faraz 
qilaylik, 
chiziqli 
tarzda 
qutblangan 
monoxromatik yorug‗lik to‗lqini induksiyasi V ga teng bo‗lgan magnit 
maydoniga joylashtirilgan optik moddaga tarqalish yo‗nalishi magnit 
maydoni yo‗nalishiga mos holda tushayotgan bo‗lsin. Ma‘lumki, chiziqli 
qutblangan yorug‗lik to‗lqinini turlicha qutblanishli ikkita to‗lqinning 
yig‗indisi deb qarash mumkin. Magnit maydoni ta‘sirida bu to‗lqinlar 
uchun sindirish ko‗rsatgichi o‗zaro farq qilib n1, n2 bo‗lib qoladi. Natijada 
modda bo‗ylab L masofaga tarqalgan bu to‗lqinlar orasida quyidagi faza 
farqi vujudga keladi: 
∆υ = ωL(n1- n2)/c, (5.5) 
bu yerda n1- n2 magnit induksiyasiga proporsional kattalik. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish