Elektrooptik modulyatorlar




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177
Elektrooptik modulyatorlar 
Elektrooptik modulyatorning tuzilish sxemasi yukoridagi rasmda 
keltirilgan ko‗rinishga ega. Bu sxemani Pokkels yacheykasi deb 
nomlangan kristalni qutblanish tekisligi 90
0
ga farq qiladigan chiziqli 


54 
qutblagich va tahlillagich (analizator)lar orasiga joylashtirish orqali 
shakllan- tiriladi. Modulyatorning ish pritsipi quyidagicha: Pokkels 
yacheykasiga kuchlanish qo‗yilmagan holda u orqali o‗tgan nurning 
qutblanish tekisligi qo‗shimcha tarzda burilmaydi va kirishdagi chiziqli 
qutblagich yordamida tekislik bo‗yicha qutblangan yorug‗lik nuri 
tahlillagich, demak, modulyator chiqishiga o‗tmaydi. 
Agar Pokkels yacheykasiga qo‗yilgan kuchlanish uning eng katta 
qiymatigacha oshirilsa, yacheyka qutblanish tekisligini o‗ngga buradi. 
Natijada yacheyka chiqishida qutblagich va tahlillagichdagi yorug‗lik 
nurining qutblanish tekisliklari orasidagi burchak amalda nolgacha 
kamayib, kirish 
nurining 
modulyator chiqishidan 
to‗liq 
o‗tishi 
ta‘minlanadi. 
5.2 - rasmdan ko‗rinadiki, modulyator ko‗ndalang turdagi (z┴E) 
elektrooptik effekti – Pokkels effekti asosida ishlaydi. Boshqarish 
kuchlanishi U boshqa, ya‘ni elektr maydon kuchlanganligi E ni o‗zgartirib, 
chiqish optik signali fazasini kirish signali fazasiga nisbatan siljitishga 
erishish mumkin. Modulyatorning chiqishiga joylashtirilgan tahlillagich 
(analizator) faza o‗zgarishlarini nurlanish intensivligining o‗zgarishlariga 
aylantirib beradi.
 
5.2-rasmChiziqli elektrooptik hodisa asosida ishlaydigan elektrooptik 
modulyatorning tuzilishi. 
Modulyator chiqishidagi nurlanish intensivligi, kristaldagi yutilish 
jarayonini hisobga olmaganda, quyidagi munosabat bilan aniqlanadi: 


55 
I
chiq
.= I
kir
.sin2 (π/2)(U
boshq
./Uλ/2), ( 5.6) 
bu yyerda I 
chiq.
va I
kir
. – mos ravishda modulyatorning chiqish va 
kirishidagi nurlanish intensivligi, U
boshq
– boshqarish kuchlanishi, Uλ/2 – 
yarim to‗lqinli boshqarish kuchlanishi. 
Modulyator 
tuzilishini 
maqbullashtirish 
va 
integral 
optik 
texnologiyaning yutuqlari bu turdagi modulyatorning turli xil qurilmalarda 
va eng avvalo SDH vaWDM tizimlarida keng qo‗llash imkonini beradi.

Download 6,74 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish