53
o‗tkazuvchanligi o‗zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Bu o‗zgarish
moddaning optik parametrlariga, jumladan, uning sindirish ko‗rsatgichiga
ta‘sir ko‗rsatadi. Bu hol ushbu hodisadan yorug‗lik nurlanishini
modulyasiyalash maqsadida foydalanish imkonini beradi.
Fotoxrom effekti maxsus aralashmali noorganik shisha, organik
polimerlar kabi moddalar rangining qisqa to‗lqinlar diapazonidagi
ultrabinafsha yoki ko‗zga ko‗rinuvchi qisqa to‗lqinli nurlanish oqimi
ta‘sirida o‗zgarishi bilan sodir bo‗ladi. Bu holda moddani dastlabki
holatiga qaytarish uchun unga infraqizil diapazonli yorug‗lik bilan ta‘sir
etish yoki uni isitish talab etiladi.
Amorf tuzilishli yarim o‗tkazgichlarda kuzatiladigan fotokristalik
effekt shunday hodisaki, unda yuqori intensivlikka ega bo‗lgan yorug‗lik
oqimi ta‘sirida moddaning kristallanish tarzida va shu tariqa sindirish
ko‗rsatgichining o‗zgarishi yuz beradi.
Optik modulyatorlarning turlari: Elektrooptik, akustooptik,
magnitooptik.
YOrug‗lik nurlanishini tashqi va ichki modulyasiyalash jarayonini
amalga oshiruvchi qurilmalarni – optik modulyatorlar deb ataladi.
Ularning ish mexanizmi optik eltuvchiga ta‘sirning yuqorida ko‗rib
o‗tilgan turlaridan biridan foydalanishga asoslangan bo‗lishi mumkin.
Shunga ko‗ra modulyatorlarning quyidagi turlari mavjud:
- optik muhitda sodir bo‗ladigan elektrooptik jarayonlardan foydalanishga
asoslangan elektrooptik modulyatorlar;
- optik muhitda sodir bo‗ladigan akustooptik jarayonlardan foydalanishga
asoslangan akustooptik modulyatorlar;
-
optik
muhitda
sodir
bo‗ladigan
magnitooptik
jarayonlardan
foydalanishga asoslangan magnitooptik modulyatorlar;
- yarim o‗tkazgichli tuzilmalarda sodir bo‗ladigan elektrooptik
jarayonlardan foydalanishga asoslangan yarim o‗tkazgichli modulyatorlar.