Akustooptik modulyatorlar




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177
Akustooptik modulyatorlar 
Modulyatorning tezkorligi tovush signalining yorug‗lik tutami 
(puchok) ko‗ndalang kesimidan o‗tish vaqti bilan aniqlanadi va 10-7s 
tartibga ega.
Akustooptik modulyatorning ish prinsipi ba‘zi optik jihatdan shaffof 
materiallarda (masalan, litiy niobatida) sindirish ko‗rsatkichining bosimga 
bog‗liqligidan foydalanishga asoslangan. Bu bosim modulyatorning asosiy 
elementi vazifasini o‗tovchi, akustooptik yacheyka yaratish uchun 
ishlatiladigan akustooptik material sirtiga yopishtirilgan pezokritall 
tomonidan generatsiyalangan akustik to‗lqinlar tufayli vujudga keladi. 
5.3- rasm. Yorug‗lik nurining akustooptik modulyatordan o‗tish sxemasi


56 
Akustooptik modulyatorlar etarli darajada oddiy va ishonchli 
qurilmalardan 
hisoblanadi. 
Shunga 
qaramasdan 
ular 
muayyan 
kamchiliklarga ham egalar. Bu kamchiliklar quyidagilardan iborat: 
- uzatish funksiyasining nochiziqligi; 
- modulyasiya chuqurligining modulyasiya chastotasining 
ortishi bilan kamayishi. Bu hol ulardan yuqori tezlikli modulyasiyalash
sxemalarida foydalanishni chegaralaydi; 

modulyasiyalangan 
lazer 
nurlanishi 
chastotasining 
modulyasiyalovchi akustik chastota kattaligi qadar siljishi; 

difraksiyalangan 
va 
tushuvchi 
yorug‗lik 
tutamlari 
intensivliklarining 
nisbati 
bilan 
aniqlanadigan 
difraksiya 
samaradorligining unchalik katta emasligi (bu samaradorlikni akustik 
signal quvvatini oshirish hisobigi ta‘minlash mumkin). 
Magnitooptik modulyatorlar 
Modulyatorlarni tayyorlash uchun magnitooptik moddalardan, 
masalan, ferritgranat yoki uch bromli xromlardan ham foydalapnish 
mumkin.
Magnitooptik modulyatorlarning ish prinsipi Faradey effektidan 
foydalanishga asoslangan. Bu effektning mohiyati yorug‗lik nurlanishi 
magnit maydoniga joylashtirilgan aktiv muhit bo‗yicha tarqalishi 
jarayonida uning qutblanish tekisligi buriladi. Tahlillagich qutblanish 
yo‗nalishi 
o‗zgarishlarining amplituda o‗zgarishlariga aylanishini 
ta‘minlaydi. 
5.4-rasm. Magnitooptik modulyatorning tuzilish sxemasi: 1 –aktiv muhit 
(magnitooptik modda); 2 – induksiyalovchi g‗altak; 3 – qutblagich; 4 – 
tahlillagich (analizator). 


57 
Biroq magnitooptik modulyatorlarning tezkorligi elektrooptik 
modulyatorlarga nisbatan ancha past. Ularning chegaraviy chastotasi 104 
Gs dan oshmaydi. Bundan tashqari, magnitooptik modulyatorlarni 
boshqarish uchun katta kuchlanganlikka ega bo‗lgan magnit maydoni talab 
etiladi. Modulyasiya chuqurligining kamligi va optik nurlanishning 
magnitooptik 
moddalardagi 
kuchli 
yutilishi 
ham 
magnitooptik 
modulyatorlarning qo‗llanishini cheklovchi omillardan hisoblanadi. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish