• Telekommunikatsiya aloqa tarmog‘ining tuzilishi
  • Abonent kirish optik tarmoqlari




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177
    Abonent kirish optik tarmoqlari 
    Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini ikkita tarmoq sifatida 
    ta‘riflash mumkin: transport va abonent ulanish(kommutatsiyalanuvchi) 
    tarmoqlari. Transport va abonent ulanish (kommutatsiyalanuvchi) 
    tarmoqlarini 
    ierarxik 
    sathlar 
    bo‗yicha 
    tasvirlash 
    mumkin. 
    Telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarida ierarxiyaning to‗rtta sathini 
    ajratish mumkin (9.1-rasm) 
    Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq 
    (Customer Ppemises Equimpment -CPE). Ikkinchi element – abonent 
    kirish tarmog‗i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni 


    68 
    ta‘minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – maxalliy (Local) va 
    shaharlararo (Long-distance). 
    8.1-rasm. Telekommunikatsiya aloqa tarmoqlarida ierarxik sathlar. 
    Telekommunikatsiya aloqa tarmog‘ining tuzilishi 
    Abonent liniyasining xamma uchastkalarining, stansion uchastkasini 
    istisno qilganda, uzunliklari istiqbolli abonent kirish tarmoqlarini 
    rejalashtirishda amaliy qiziqish uyg‗otadi. Abonent liniyasini boshqacha 
    talqin etish mumkin: 
    - oxirgi milya (krossdan uygacha masofa);
    - oxirgi yard (uy chegarasidagi ajratish); 
    - oxirgi fut (xonadondagi ajratish). 
    8.2-rasm. Kommutatsiyalanadigan stansiyalar abonent tarmog‗ining 
    strukturasi. 


    69 
    Mis simli abonent kirish tarmoqlarining quyidagi kamchiliklarini 
    ko‗rsatish mumkin: 
    - abonent kirish tarmoqlarida axborot almashinish ishonchliligi va 
    sifati ko‗rsatgichlarining pastligi o‗ziga xosdir;
    - abonent kirish tarmoqlarining foydali ish koeffitsienti juda kamligi 
    (o‗tkazilayotgan trafik intensivligi) texnik vositalardan foydalanish 
    samarasining pastligiga olib keladi. 
    Mis simli abonent kirish tarmoqlarining yuqorida ko‗rilgan 
    kamchiliklari, ulardan foydalanishdagi muammolarni xal etish uchun 
    abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalash zaruratini tug‗dirdi. 
    Keyingi yillarda infokommunikatsion tizimning xech bir elementi 
    abonent kirish tarmog‗i kabi sezilarli o‗zgarishlarga duchor bo‗lmadi. 
    Abonent 
    liniyalarini 
    modernizatsiyalash, 
    o‗tkazish 
    polosasini 
    kengaytirishning eng optimal usuli – xamma fizik zanjirlarni optik tolali 
    kabellarga almashtirishdir. Bu abonent kirish tarmog‗idagi muammolarni 
    hal etish imkonini beradi hamda abonent liniyalarining uzoq muddatli 
    evolyusiyasini ta‘minlaydi.
    Keng polosali optik kirish tarmoqlarini tuzishda FTTx va PON optik 
    texnologiyalari qo‗llanilmoqda. 
    FTTx texnologiyasining asosiy prinsiplari 
    8.3-rasm. FTTx texnologiyasining umumiy arxitekturasi 


    70 
    Abonent liniyalarini optiklashtirish juda katta o‗tkazish oralig‗ini 
    ta‘minlaydi va nafaqat barcha telekommunikatsiya xizmatlarini, balki 
    televidenie, ma‘lumotlar uzatish, multimedia dasturlarini uzatish 
    imkoniyatini beradi. Narx ko‗rsatkichlari ham anchagina yaxshi – optik 
    kabellar narxi kundan-kunga pasayib bormoqda. Optik abonent liniyalari 
    amaliy jihatdan xizmat ko‗rsatishga muhtoj emas va etarli darajada ko‗p 
    ishlaydi. 
    Abonent optik kirish tarmoqlari FTTx (Fiber Transport To…, ya‘ni 
    optik transport tarmog‗i... gacha) degan nom olib yangi avlod tarmoqlarini 
    qurishda keng qo‗llanilmoqda. FTTx ning umumiy arxitekturasi 9.3-
    rasmda keltirilgan. 
    FTTx tuzilishiga ko‗ra quyidagi turlardan iborat: 
    FTTSab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash jovonigacha optik 
    kabel yotqizish;
    FTTS (Fiber To The Curb) – taqsimlash qutisigacha optik kabel 
    yotqizish; 
    FTTN (Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish; 
    FTTV (Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish; 
    FTTP (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel 
    yotqizish; 
    FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish;
    FTTU (Fiber To The User) – foydalanuvchi terminaligacha (OK) 
    yotqizish [3]. 
    9.4-rasmda FTTx konsepsiyasini amalga oshiruvchi asosiy variantlar 
    keltirilgan. 
    FTTx texnologiyalarini xususiyatlari:
    9.4-rasmda ko‗rsatilgandek, abonent kirish istalgan usulining asosini 
    OLT (Optical Line Terminal) tarmoq optik tugallanish va ONT (Optical 
    Network 
    Terminal) 
    abonent 
    tuguni 
    terminal 
    optik 
    tugallanish 
    elementlarining o‗zaro ulanishi yotadi. Abonent liniyasi uchastkasida ONT 
    ni joylashuviga bog‗liq holda FTTx texnologiyalari farqlanadi. 


    71 
    FTTN: 
    - optik kabelning ko‗p sarflanishi qimmat va optik tolani 
    abonentgacha (yangi) tortish kerak;
    - oraliqlarda 
    aktiv 
    qurilma 
    ishlatilmasligi 
    sarf 
    xarajatlarni 
    kamaytiradi; 
    - yuqori o‗tkazish polosasi ega; 
    - turli multiservisli xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi; 
    - yuqori uzatish sifatini, to‗liq optik tarmoqlarga o‗tish imkonini 
    yaratadi.
    8.4-rasm. FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari. 
    FTTB: 
    - optik tola / kabel ko‗p sarflanmaydi; 
    - mavjud bo‗lgan abonent o‗tkazgichidan foydalanish mumkin; 


    72 
    - o‗tkazish polosasi bo‗yicha chegaralangan; 
    - oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilishiqo‗shimcha sarf xarajatlarga 
    olib keladi.
    FTTS: 
    - nisbatan arzon; 
    - o‗tkazish qobiliyati chegaralangan. 

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish