PON texnologiyasidagi asosiy terminlar




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   177
PON texnologiyasidagi asosiy terminlar: Markaziy tugun OLT 
(Optical Line Terminal) – markaziy ofisda o‗rnatiladigan qurilma. Bu 
qurilma SNI (Service Node Interfaces) orqali magistral tarmoqlardan 
ma‘lumotlarini qabul qiladi va abonent tugunlariga kiruvchi oqimga 
shakllantiradi. 
Abonent tuguni ONT (Optical Network Terminal) bir tomondan 
abonent interfeysiga, boshqa tomondan uzatishda 1310 nm to‗lqin 
uzunligida, qabul qilishda esa 1550 nm to‗lqin uzunligida PON daraxtiga 
ulanuvchi interfeysga ega. Nazariy bir xil to‗lqin uzunligidan foydalansa 
ham bo‗ladi, lekin ikki xil to‗lqin uzunligi uzatgich va qabul qilgich 
orasida yaxshiroq izolyasiyani ta‘minlaydi, shuningdek ikki to‗lqin 


75 
uzunliklarining ta‘sirlashuvida qimmat bo‗lmagan planar lazer diodlar 
(PLC) ni ishlatish mumkin, bu tizim narxini sezilarli darajada kamaytiradi. 
ONT OLT ma‘lumotlarini qabul qilib, ularni konvertlaydi va UNI (User 
Network Interfaces) abonent interfeyslari orqali uzatadi. 
Optik tarmoqlagich – bu optik nurlanish oqimini bir yo‗nalishda 
taqsimlaydigan va teskari yo‗nalishda bir necha oqimlarni birlashtiradigan 
passiv optik ko‗p qutblikdir. Umuman olganda tarmoqlagichda M kirish va 
N chiqish portlari bo‗lishi mumkin. PON tarmog‗ida ko‗pincha bitta kirish 
portiga ega 1xN tarmoqlagichlar ishlatiladi. 
O‗tkazuvchanlik qobiliyatiga kelsak, uni ikki varianti mavjud: 
- birinchisi, ikkala yo‗nalishda ham ma‘lumotlarni uzatish tezligi
155 Mbit/s bo‗lgan simmetrik trafiklarga mo‗ljallangan; 
- ikkinchisi, assimetrik bo‗lib, abonentdan tarmoqqa ma‘lumotlarni 
uzatish 155 Mbit/s, tarmoqdan abonentga esa 622 Mbit/s tezlikda amalga 
oshadi.
Bunday 
texnologiyalarni 
qo‗llaganda 
tarmoqlagichlar 
(yoki 
splitterlar) soni va kanal uzunligi, qo‗llaniladigan lazerga va optik toladagi 
yo‗qotishga bog‗liq. 
Bunday PON tarmog‗ining bitta segmenti, 20 km gacha bo‗lgan 
radiusda 32 abonentni ta‘minlashi mumkin. Barcha abonent tugunlari 
terminaldir, ya‘ni birorta tugun ishdan chiqsa yoki o‗chirilsa boshqasini 
ishiga ta‘sir qilmaydi. 
Har bir abonent tuguni, oddiy xonadonga yoki bir necha yuz 
abonentlarga ega bo‗lgan ofis binosidan iborat. Markaziy tugun PON ning 
4 tagacha segmentini qo‗llashi mumkin. Axborotlarni uzatish va qabul 
qilish uchun bir tola etarlidir.
PON arixtekturasining asosiy g‗oyasi o‗zining markaziy tuguni OLT 
da bitta qabul qilib, uzatuvchi modulni qo‗llash va bu modul orqali 
ko‗pgina abonent qurilmalari ONT ga axboratni uzatish va ulardan qabul 
qilishdan iborat. OLT ning bitta qabul qilib uzatuvchisiga ulangan 
abonent (ONT) lar soni, juda ko‗p bo‗lishi mumkin. Bu asosan quvvat va 
qabul qilib uzatuvchi apparaturaning tezligi bilan bog‗liq. OLT dan ONT 
ga uzatiladigan ma‘lumotlar oqimi uchun, tarmokdan abonentga ya‘ni 
to‗g‗ri oqimlar uchun 1550 nm, turli abonent tugunlaridan markaziy 
tugunga ma‘lumotlar oqimini uzatish (teskari oqim) uchun 1310 nm 


76 
to‗lqin uzunligi qo‗llaniladi. OLT va ONT larda kirish va chiqish 
oqimlarini ajratish uchun multipleksorlar joylashgan. 
Endi bu texnologiyali passiv tarmoqlagichlar orqali oxirgi mijozlarga 
bog‗lanishini qarab chiqamiz.
PON tarmog‗i progmatik tarmoq modelini taklif qilgan holda 
o‗zining kuch nisbatini o‗zgartiradi. Bitta optik tolani,telefontugunidan 
potensial mijozlar guruxiga ega bo‗lgan rayon,korxona yoki shaxsiy 
foydalanuvchigacha etkazadi. Bunday operatorlar kabelni yotqizish uchun
ketgan xarajatni qoplashiga juda ishonadi Chunki operator shaharda 
xizmat qilishga mo‗ljallangan, lekin qaysi korxona uning xizmati bilan 
qiziqishi 
noma‘lum. 
Telefon 
tugunlarida 
lozim 
bo‗lgan 
optik 
chiqishlarning mavjud emasligi va har bir mijoz territoriyasida ajratgich 
(birlashtirgich)larni joylashtirish nazarda tutilsa, bunday operatorning 
boshlang‗ich xarajatlari zudlik bilan kamayadi. Agar shu territoriyada 
to‗satdan yangi buyurtmachi paydo bo‗lsa, qo‗shimcha optik ulovchi 
liniyalarni yotqizish talab qilinmaydi, operator, PON ni ulovchi liniyaga 
qisqa liniya yotqizadi va tarmoqlagich joylashtiradi (agar kengaytirish 
imkoni bo‗lsa).
PON texnologiyasi FSAN (Full Services Access Network)
standartiga asoslangan bo‗lib, bu texnologiya quyidagi standartlar bo‗yicha 
qurilishi mumkin: 
A-PON – ATM protokolini qo‗llashga asoslangan; 
E-PON – Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga 
asoslangan; 
B-PON - Broadband PON – keng polosali xizmatlar bilan birga 
Ethernet ulanishni, analog va raqamli videoni translyasiya qilishni amalga 
oshiradi; 
G-PON - Gigabit PON – yangi echim, juda yuqori unumdorlikka ega 
bo‗lib, multiservisli xizmatlarni amalga oshirishga mo‗ljallangan. 
Bunday tarmoqlar iqtisodiy tomonidan tejamli va keng polosali turli 
axborotlarni o‗tkazish qobiliyatiga ega. 


77 

Download 6,74 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish