Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177
GPON texnologiyasi 
Takomillashish jarayoni har qanday texnologiyani yaratilish paytidan 
boshlab birga sodir bo‗ladi. Passiv optik tarmoqlar uchun u bir qancha 
variantlarni yaratilishini ko‗rsatadi, ulardan biri ―gigabitli‖ nomini olgan. 
GPON texnologiyasining afzalliklari nimadan iborat va u zamonaviy 
ulanish tarmog‗ini amalga oshirishga qay darajada mos keladi.
Aloqa operatorlari, kommunal va qurilish kompaniyalarining 
barchasi 
"triple 
play" 
terminidan 
foydalanib, 
aloqa 
xizmatlari 
integratsiyasini amalga oshirishni mo‗ljallashmoqda. U uch xil xizmatni 
ko‗rsatadi, ya‘ni bir vaqtning o‗zida abonentga ovoz, video va 
ma‘lumotlarni etkazib beradi. 
GPON (Gigabit PON) ulanish tarmog‗i 
arxitekturasini APON texnologiyasining uzviy davomi sifatida qarash 
mumkin. Bunda PON tarmog‗ining o‗tkazish polosasini ham, ilovalarni 
uzatish unumdorligini ham o‗sishi amalga oshadi. GPON XEI-T Rec. 
G.984.3 tavsiyasi 2003 yil oktyabrida qabul qilingan. 
GPON 622 Mbit/s dan 2,5 Gbit/s gacha uzatish tezligida kadrlarni 
masshtablashgan strukturasini namoyish etadi, kiruvchi va chiquvchi 
oqimlar uchun PON daraxitida simmetrik kabi assimetrik bitli tezliklarni 
qo‗llaydi, shuningdek sinxron transport ilovalarida turli xizmatlarni 
(jumladan TDM ni ham) inkapsulyasiyasini ta‘minlagan holda XEI-T 
G.704.1 GFP (generic framing protocol, kadrlarning umumiy ilovasi) 
tavsiyasi bazasiga tayanadi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, xatto eng 
yomon holatda ham trafiklarning tarqalishi va oqimlarning tebranish 
polosasi APON ga nisbatan 71 % ni tashkil etadi. 
Agar SDH da faqat polosani statik bo‗linishi amalga oshirilsa, GFP 
(generic framing protocol) ilovasi SDH kadrining strukturasini saqlagan 
holda, polosani dinamik taqsimlashga imkon beradi. 
GPON, to‗g‗ri oqimi (ulanish tugunidan abonentga) ning 1,244 
Gbit/s va 2,488 Gbit/s, teskari oqimining esa 155 Mbit/s, 622 Mbit/s va 
1,244 Gbit/s o‗tkazish qobiliyatini tashkil etadi. Ulanish tugunidan 
abonentgacha bo‗lgan oqimda kadr uzunligi 125 mks ni tashkil etadi. 


83 
Bunday qiymat tarmoqning teskari oqimdagi o‗tkazuvchanlik qobiliyatiga 
bog‗liq emas 
Arxitekturada BPON tizimining asosiy tuzilish sxemasi va aynan 
tolali optik tarmoqlarni amalga oshirishda WDM/TDMA birikmasi 
saqlanib qoladi. Bu dispersion kamchiliklarga qaramasdan, gigobit uzatish 
tezligida anchagina arzon Fabri-Pero lazerlarini qo‗llash imkonini beradi. 
GPON da ma‘lumotlarning asosiy formatlarini va tarmoqda 
foydalanuvchi interfeyslarning katta qiymatini qo‗llashni ta‘minlaydi. 
telefon tarmoqlaridan umumiy foydalanuvchmlarning ovozli xizmatlarini, 
T1/E1 va DS3 standartlaridan foydalanuvchi ajratilgan TDM liniya 
xizmatlarini, shu jumladan 10 Mbit/s, 100 Mbit/s va 1000 Mbit/s 
tezliklarda Ethernet kadrlarini uzatishni amalga oshiradi. Bundan tashqari, 
GPON tarmog‗i bo‗yicha VoIP xizmatini taqdim etishda, raqamli videoni 
va ma‘lumotlarni uzatishda xizmatlar sinfini ajratish va trafikni 
boshqarishni talab etadi.
G.984.1 ga shuningdek ba‘zi yangi foydali afzalliklar kiritilgan. 
Bular: ulanishni himoyalash, xizmatlarni kiritish va ma‘lumotlar 
havfsizligidir. Ulanishni himoyalash BPON bilan mos usulda amalga 
oshiriladi, lekin standartga bir nechta zahiralangan konfiguratsiyalarni 
qo‗shimcha turlari qo‗shilgan: to‗liq zahiralangan 1+1 (S sinfli himoya) 
himoyalanish, shuningdek qisman zahiralangan 1:1 (V sinfli himoya) 
himoyalanish. Xizmatlarni kiritish, G.983.3 kabi raqamli GPON tizimi 
foydalanmagan, kengaytirilgan o‗tkazish polosasini qoldirishni talab 
qiladi. Ma‘lumotlar xavfsizligi talabiga muvofiq, chiquvchi oqimdagi 
axborot himoyalangan bo‗lishi lozim va ONT identifikatsiyasini o‗tkazish 
mumkin bo‗lgan vositalar mavjud bo‗lishi lozim. 
GPON ning afzalliklari: 
- PON ga ulanuvchi har qanday mijoz uchun ―gigabit rejimida 
inkapsulyasiyalash‖ ni qo‗llash; 
- ma‘lumotlarni simmetrik kabi assimetrik uzatish tezligida ham 
qo‗llab quvvatlash (kirish va chiqish oqimlarida); 
- bir to‗lqin uzunligida 256 gacha mantiqiy ONT larni qo‗llab 
quvvatlash; 
- kirish va chiqish oqimlarida ko‗rsatkichlar yordamida o‗tkazish 
polosasining tarqalish mexanizmi;
- ONTdagi himoyalangan bitlarning konfiguratsiyalangan soni;


84 
- ONT ni avtomatik va davriy aniqlash usuli; 
- har bir ONT ni himoyalash- AES algoritmi yordamida ulanish; 
- (ONT) abonent tugunlaridan (OLT) markazga turli holatlar va 
hisobotlar soni; 
- OAM ajratilgan kanallar. 
Fizik sath. G.984.2 – bu GPON tarmog‗ining fizik sathi 
spetsifikatsiyasi bo‗lib, uzatish muhitiga bog‗liq (Physical Media 
Dependent, PMD). U GPON ga mos keluvchi optik komponentlarni to‗liq 
tavsiflaydi. Tavsiyanoma BPON bilan ishlashda o‗zlashtirilgan ko‗plab 
bilimlarni hisobga olgan holda tuzilgan va shu bilan birgalikda oshib 
boruvchi uzatish tezligiga e‘tibor bergan holda optik parametrlarni to‗liq 
aniqlanishini beradi. 
 
8.7-rasm. Gibrid mis-optik arxitekturali tarmoqlarda keng polosali 
ulanuvchi texnologiyalarni qo‗llash. 
GPON da PMD uchun SDH/SONET kabi ayni shu usullar va 
kelishuvlardan foydalaniladi. ―Uzatkichni chiqish quvvati‖, ―Qabul 
qilgichni sezgirligi‖ va ―liniyadagi optik byudjet‖ kabi terminlarni aniqlash 
ushbu tarzda tuzilgan, tarmoq qurilmasini va optik taqsimlanish tarmog‗ini 
funksional moslashuvchanligini ta‘minlash uchun o‗sha vaqtda ularni aniq 
chegarasini belgilaydi. 
GPON PMD tavsifnomasida asos sifatida SDH bazasi olingan va 
SDH ni odatdagi quvvat sathlari va taktli chastotalaridan foydalaniladi. 
G.983.3 kabi tavsiya to‗lqin uzunligini to‗sa olishi mumkin bo‗lgan 


85 
chatotalarni taqsimlashda qo‗llaniladi. Uning samarali va yaxshi 
ishlatilgan sxemasi tufayli tanlangan kodlashtirish formati sifatida 
shifrlangan NRZ kodi ishlatiladi. PMD – tavsiyasi shuningdek to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xatolarni tuzatish mexanizmi (Forward Error Correction, FEC) ni 
o‗z ichiga oladi. GPON PMD ga yana bir kiritilgan yangilik – bu ONT ni 
optik uzatkichini boshqara olishdir. U PON ning V yoki S sinfini tanlash 
holatida OLT markaziy tugunida ko‗chkili fotodiodlaridan foydalanish 
zaruratiga olib keladi ( PON ning V yoki S sinfi uchun quvvat byudjetini 
mos ravishda 25 va 30 dB tashkil etadi). 
Multiservisli 
xizmatlar 
– 
elektron 
tijorat, 
telemeditsina, 
videokonferensaloqa, masofaviy ta‘lim, yuqori tezlikli internet, raqamli 
televideniya, video va boshqa turli tuman xizmatlarni amalga oshirish 
imkonini beruvchi abonent kirish tarmoqlarida optik kabelli texnologiyalar 
FTTx va PON texnologiyalarining qo‗llanilishi yuqori o‗tkazish polosasini 
ta‘minlaydi. Bu texnologiyalarining har biri o‗ziga xos xususiyatga ega va 
ular alohida hamda birgalikda qo‗llanilishi mumkin.

Download 6,74 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish