• 2.3. Keng polosali abonenet kirish tarmoqlari Raqamli abonent kirish tarmoqlari
  • Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177
    Nazorat savollari 
    1. 
    Tor polasali tarmoqlarga qanday tarmoqlar kiradi? 
    2. 
    Keng polosali tarmoqalrning tor polosali tarmoqalrdan farqi 
    nimadi? 
    3. 
    Keng polosali tarmoqalrning eng asosiy hususiyati nimada? 


    113 
    4. 
    Xizmatlari integrallashgan tarmoqning rivojlanish bosqichlari? 
    5. 
    Raqamli integral tarmoqning necha turi mavjud? 
    6. 
    Keng 
    polosali 
    tarmoqlarda 
    xizmatlarni 
    taqdim 
    etish 
    protokollari?
    2.3. Keng polosali abonenet kirish tarmoqlari 
    Raqamli abonent kirish tarmoqlari: Optik tolali aloqa 
    liniyalarining kirib kelishi, sinxron raqamli iyerarxiya (SDH) uzatish 
    tizimlarini keng tadbiq etilishi, yaqin kelajakda abonent liniyalarini shu 
    qurilmalar asosida tuzilishiga olib keladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti 
    sharoitida optik tolali tarmoqlarni qurish iqtisodiy qimmatga tushadi, 
    ayniqsa abonent liniyalarini. Oxirgi variant yuqori iqtisodiy samaradorlikni 
    beradi. Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini 
    qo‗llash maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko‗p yillar 
    foydalanish mumkin. Shu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori 
    tezlikli xDSL, texnologiyasining siflariga asoslangan raqamli uzatish 
    tizimlarini qo‗llash imkoniyatlari yaratildi.
    Hozirgi vaqtda nafaqat ovozli axborotlarga, balki Internet 
    xizmatlariga bo‗lgan talablar dolzarb xisoblanadi. Bunday tarmoqlarni 
    ikkita yo‗l: tolali-optik-tolali tarmoqlar va mavjud bo‗lgan kabellardan 
    foydalanish orqali kurish mumkin. Ko‗pgina xollarda oxirgi variant yuqori 
    iktisodiy samaradorlikni beradi. Lekin bunday tarmoqlarni yaratish uchun 
    bir necha savollarga javob topish lozim: 
     
    mavjud bo‗lgan kabelli tarmoq uchun kanday raqamli abonent 
    texnologiya ko‗proq mos keladi; 
     
    qanday qurilma ko‗proq samaradorlikka ega; 
     
    mavjud bo‗lgan kabelli tarmoqlarni, abonentlar ulanuvchi 
    raqamli abonent tarmoqlarining kanday yangi xizmatlari uchun qo‗llash 
    mumkin. 
    Oxirgi vaqtlarda abonent liniyalari qurilmalarining bozori jadallik 
    bilan rivojlanayotgani tufayli operatorlarning xolati murakkablashib 
    ketmoqda. Yuqoridagi aytib o‗tilgan kamchiliklarga, muammolarga va 
    savollarga javob sifatida xDSL (Digital Subscriber Line) - raqamli abonent 
    liniyalari texnologiyalari qo‗l keladi [1]. 
    xDSL ning variantlari sifatida yaratilgan keyingi texnologiya bu 
    yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi HDSL (High-bit-rate Digital 
    Subscriber Line) xisoblanadi. Bu texnologiya 2048 kbit/s tezlikda dupleks 
    axborot almashtirishni to‗liq ta‘minlaydi. Axborotni uzatish uchun 
    kabelning 
    ikki 
    yoki 
    uch 
    juftligidan 
    foydalanishadi. 
    HDSL 


    114 
    texnologiyalarining keyingi rivojlanishi simmetrik yuqori chastotali 
    raqamli abonent liniyalarining qurilmalarini yaratilishiga sababchi bo‗ldi. 
    Bunday SDSL qurilmalari (SDSL -Singil Pair Symmetrical Digital 
    Subscriber Line) kabelning bir juftligi orqali ishlashga mo‗ljallangan. 
    Shuningdek oxirgi yillarda xDSL ning assimmetrik raqamli abonent 
    liniyasini qurish texnogiyalari ishlab chiqildi, Masalan ADSL (assimetrik 
    raqamli abonent liniyasi) texnologiyasi tarmoqdan abonentgacha bo‗lgan 
    yo‗nalishda axborotni uzatganda 8 mbit/s gacha, abonentdan tarmoqgacha 
    bo‗lgan yo‗nalishda esa 1 mbit/s tezlikni ta‘minlaydi, shuningdek Internet 
    tarmog‗iga ulanish imkoniyatiga ega bo‗lishi ham mumkin. 
    2.1-rasm. Mis aloqa liniyalaridan tortib, xozirgi paytgacha raqamli 
    uzatish tizimlarining tezligini o‗sishi 
    VDSL texnologiyasi (Very High - bit rate Digital Subscriber Line) 
    yangi qurilmalar tarkibiga kiradi va kelgusidagi abonent tarmoqlarida 
    qo‗llashga mo‗ljallangan.
    xDSL texnologiyasi 70-yillardan boshlab rivojlana bordi, ya‘ni bu 
    yillarda VK (Basic Rate), 160 Kbit/s li ISDN qurilmalari ishlab chiqarila 
    boshlagan edi. xDSL texnologiyasining ishlab chiqaruvchilari o‗zlarining 
    texnologiyalarini tolali optik aloqa tizimida ilk bor sinab ko‗rildi va 
    natijalarga erishildi. Faqat tolali optik aloqa liniyasi orqali «xar bir uyga 
    raqamli telefon» olib kirish mumkin, degan fikr xam bor edi. 


    115 
    xDSL texnologiyasi mavjud mis simli liniyalardan yuqori tezlikli 
    aloqani xosil qilish imkonini beradi. 1.1-rasmda mis kabel liniyasidan 
    axborot uzatish tezligining, ya‘ni morze alifbosi (10 bit/s) dan VDSL (52 
    Mbit/s)gacha 
    o‗ta 
    yuqori 
    tezlikli 
    raqamli 
    abonent 
    liniyasi 
    texnologiyasigacha rivojlanish tarixi ko‗rsatilgan[1]. 
    xDSL texnologiyasi quyidagi turlarga bo‗linadi: 
     
    HDSL (High-bit-roto Digital Subscriber Line) tezligi 2048 
    kbit/s bo‗lgan dupleks aloqani ta‘minlaydi. 
     
    SDSL (Singl Pair Symmetrical Digital Subscriber Line) yuqori 
    chatsotali raqamli abonent liniyalari qurilmasi bo‗lib, signallarni simmetrik 
    xolda uzatishga mo‗ljallangan. 
     
    ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line) bu texnologiya 
    tarmoqdan abonentga signalni uzatishda 8 Mbit/s gacha bo‗lgan tezlikni, 
    abonentdan tarmoqga signalni uzatishda esa 1 Mbit/s tezlikni ta‘minlaydi, 
    ya‘ni signallarni uzatish assimetrik xolda amalga oshadi. 
     
    VDSL (Very High lit rate Digital Subscriber Line) bu yangi 
    qurilma xisoblanib, kelgusida yuqori tezlikli aloqa tarmoqlarida qo‗llashga 
    mo‗ljallangan. 

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish