101
Ekspluatatsion normalar nazorat qilinuvchi parametrlarning oxirgi
chegaraviy qiymatlari (limitlar va chegaralar)ni beradi, ular obyektni ishga
tushirishda yaroqlilik/yaroqsizligini yoki texnik
xodimni ekspluatatsiya
jarayoniga
aralashuvini
aniqlaydi.
Ular
asoslanadigan
maqsadli
normalardan farqli ravishda, ekspluatatsion normalar berilgan traktni
amalga oshirishda qo‗llaniladigan, uzatish muhitiga bog‗liq bo‗lishi
mumkin.
Ekspluatatsiya jarayonida ekspluatatsion normalar uzluksiz (aloqani
uzmasdan) nazorat olib borishni ko‗zda tutadi. Shuningdek, aloqani
uzgan holdagi o‗lchashlar ekspluatatsiyaga tushirishda va ta‘mirlashdan
so‗ng ishga tushirishda o‗tkaziladi.Aniq o‗lchanadigan
parametrlar,
o‗lchash davomiyligi va ekspluatatsiya jarayonida qo‗llaniladigan limitlar
maqsadli norma talablariga javob bera oladigan darajada sifatli natijani
ta‘minlaydigan bo‗lishi kerak. Lekin xatoliklar bo‗yicha sifatga maqsadli
normalar uzoq muddatli (bir oydan kam bo‗lmagan) o‗lchashlarga ta‘lluqli,
biroq foydalanishga kiritish va xizmat ko‗rsatish uchun amaliyotda
qo‗llaniladigan limitlar va chegaralar qisqa muddatliga asoslanadi.
Ekspluatatsion nazorat yordamida maqsadli normalarni ta‘minlovchi,
sifat ko‗rsatkichlarini normada saqlash uchun uch prinsip ishlatiladi:
- ekspluatatsiyaga tushirishda chegaralarni
hisoblash uchun
ishlatiladigan, gipotetik etalon trakt uchun boshlang‗ich ekspluatatsion
normalar;
- ekspluatatsion chegaralarni hisoblashda, uzatish muhiti va appara-
turaning eskirishini hisobga oluvchi koeffitsient qo‗llaniladi;
- ekspluatatsion chegarani hisoblash uchun formulalarga chegaraviy
kattaliklarni o‗lchash davomiyligiga bog‗liqligi kiritiladi.
Sifatni kamayishi DPL (Degraded Rerfomance Limit)
va ruxsat
etilmaydigan sifat UPL (Unacceptable Perfomance Limit) ekspluatatsion
chegaralar, uzluksiz nazorat natijalari bo‗yicha xizmat ko‗rsatuvchi xodim
aralashuvi zarurligini aniqlaydi. Buning uchun 24 soat davomiyli vaqt
oraliqlarini o‗lchashda xatoliklarni uzluksiz nazorat natijalari DPL bilan,
15 minut davomiyli vaqt oraliqlarini o‗lchashda xatoliklarni uzluksiz
nazorat natijalari UPL bilan taqqoslanadi.
Raqamli traktda xatolik parametrlariga qo‗yiladigan
normalarni
aniqlash uchun real raqamli traktni bir turdagi uchastkalarga shunday
102
ajratishni amalga oshirish kerakki, bunda real trakt normalari bir turdagi
uchastkalar tashkil etuvchilarining yig‗indisiga teng bo‗lsin. Bir turdagi
uchastkalar doirasida bir operator javobgar bo‗ladi,
bir turdagi uzatish
muhiti mavjud bo‗ladi va raqamli trakt bir toifaga ta‘lluqli bo‗ladi (ya‘ni
transport tarmog‗ining tranzit uchatkasi yoki mahalliy uchastkasi yoki
ulanish uchastkasi hisoblanadi).
Sinxron raqamli TOATli traktning transport tarmog‗ining ma‘lum
(tranzit yoki mahalliy) uchastkasiga ta‘luqliligini aniqlash quyidagilarni
e‘tiborga olgan holda amalga oshiriladi:
- xatolik ko‗rsatkichlarini o‗lchash natijalari bo‗yicha;
- xorijiy davlatlarning xalqaro trafigining berilgan trakti orqali
tranzitni tashkil etish imkoniyati bo‗yicha;
- sinxron raqamli TOATning magistral trakti transport tarmog‗ining
ham tranzit, ham mahalliy uchastkasiga ta‘luqli bo‗lishi mumkin;
- mahalliy tarmoqning sinxron raqamli TOATtraktlari transport
tarmog‗ining mahalliy uchastkasiga ta‘luqli;
- sinxron raqamli TOATning xududiy trakti transport tarmog‗ining
mahalliy uchastkasiga ta‘luqli.
Barcha xolatlarda operator traktning
aniq vazifasi va xatolik
ko‗rsatkichlarining o‗lchov natijalariga bog‗liq ravishda traktning ma‘lum
toifaga ta‘luqliligini aniqlaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, juda yuqori
normalar bo‗yicha (masalan, transport tarmog‗ining tranzit uchastkalari
normalari bo‗yicha) mos keluvchi o‗lchovlardan keyin raqamli traktni
ekspluatatsiyaga
topshirish, ushbu traktni raqamli traktlar bozorida jalb
etilishini oshiradi.Bir turdagi uchastkalarning har biri uchun xatoliklarga
bo‗lgan normalar, ulushlarga mos holda aniqlanadi.