Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177
 
 
 
 
 
 
 
Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish 
Texnik ekspluatatsiya tizimi (TET), dasturiy – texnik vositalar, 
texnik xodimlar va TEOga texnik xizmat ko‗rsatish usullari va algoritmlari 
majmuasi sifatida, TEOni talab darajasida sifatli va samarador ishlashini 
ta‘minlashi kerak. 
TETda texnik xodimning vazifasi quyidagilardan iborat: 
TEOning noto‘g‘ri 
ishlashini topishni nazorat 
qilish jarayoni 
АhIS yoki 
ORKS 
Boshqa manbalar 
Avariya axborotlarini qayta 
ishlash jarayoni 
TE axboroti 
XAS AVARIYA BUZILISH OGOHLANTIRISH 
9.3-rasm. ТEО haqidagi TE axborotini qayta ishlash 
jarayoni 


95 
- TOA uzatish tizimi qurilmalarining uzluksiz va yuqori sifat bilan 
ishlashini ta‘minlash; 
- barcha turdagi ma‘lumotlarni o‗rnatilgan sifat bilan uzatish; 
- TOAT apparaturalarini, uzatish liniyasini, kanal va traktlarini va 
ularga mos keluvchi servis qurilmalarini soz holatda, parametr va 
xarakteristikalarni normativ - texnik xujjatlar (NTX)da belgilangan talab 
va normalar doirasida ushlash; 
- ekspluatatsiya jarayonining metrologik ta‘minotini mukammallash-
tirish; 
- uzatish liniyasi va traktlarni tashqi va o‗zaro ta‘sirlardan 
himoyalash bo‗yicha tadbirlarni o‗tkazish; 
- TOAT va uzatish liniyasi qurilmalarida yuzaga keladigan buzilish, 
rad etish va avariyalarni aniqlash va operativ bartaraf etish; 
- belgilangan nizom, norma va instruksiyalarga mos holda TOA 
qurilmalari, kanal va traktlari pasportini tayyorlash bo‗yicha ishlarni 
tashkil etish va o‗tkazish; 
- TEOning sifatini sonli baholash imkonini beruvchi ekspluatatsion 
xarakteristika va ko‗rsatkichlarni aniqlash; 
- TEning turli bosqichlarida o‗tkaziladigan tadbirlarning mazmunini 
va hajmini asoslangan holda aniqlash; 
- TEOga texnik va profilaktik xizmat ko‗rsatishning yangi texnologik 
usullarini kiritish; 
- TE sifati va samaradorligini pasaytiruvchi omillarni aniqlash, aloqa 
sifatini boshqarishning kompleks dasturini ishlab chiqish va tadbiq etish, 
mavjud va yaratilayotgan TEOning iqtisodiy ko‗rsatkichlarini oshirish; 
- TEOni ta‘mirlash, profilaktik, texnik xizmat ko‗rsatish bo‗yicha 
ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat‘iy rioya qilish, 
TEning iqtisodiy, ergonomik va ekologik masalalarini birgalikda tadqiq 
etish va uning natijalarini amaliyotga kiritish; 
- TEning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari va 
usullarini ishlab chiqish; 


96 
- qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilishni ta‘minlovchi uskuna-
larga, o‗lchov asboblariga, materiallarga, asboblarga, inventarlarga 
buyurtmalarni o‗z vaqtida taqdim etish; 
- texnik ekspluatatsiya tarmog‗ini ishlab chiqish va ko‗rish; 
- texnik xujjatlarni yuritish, kanal, trakt va qurilmalarning ish sifatini 
tahlil qilish va hisob - kitobini olib borish; 
- kanal va trakt qurilmalariga operativ xizmat ko‗rsatishni qabul 
qilish va usullarini texnik xodimlarga o‗rgatishning ilmiy asoslangan 
metodlarini ishlab chiqish. 
Operativ - texnik hujjatlarda ko‗zda tutilgan, boshqarish bo‗yicha 
ishlar majmuasi operativ – texnik boshqarish tizimi (OTBT)ni tashkil 
etadi. 
OTBTning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: TOAT ning 
kanal va traktlari bo‗ylab ma‘lumotlarni sifatli va uzluksiz uzatishni 
ta‘minlash, birlamchi tarmoqning mos keluvchi uchastkasining holatini 
nazorat qilish va uzatish liniyalarining avariyasida topologiyani 
o‗zgartirish bo‗yicha qaror qabul qilish. 
OTBT birlamchi tarmoqning tashkil etuvchisi sifatida, TOAT va 
uzatish liniyasi, tipli kanal va traktlar ishini ta‘minlovchi, dasturiy – texnik 
vositalar va texnik xodimlar mujassamligi ko‗rinishida tashkil etiladi. 
OTBT ikkilamchi tarmoq va turli foydalanuvchilarning keng doirasi 
(kanal va trakt arendachilari) bilan samarali o‗zaro faoliyatni ta‘minlaydi. 
Operativ texnik xizmat ko‗rsatish TEning ikkilamchi tashkil 
etuvchisi hisoblanadi va o‗zida TEOning ishga qobiliyatliligini va 
sozligini, ishonchlilik ko‗rsatkichlarini, kanal va trakt parametrlarini 
normativ texnik hujjatlarda belgilangan oraliqlarda ushlab turish va qayta 
tiklash bo‗yicha ishlarni namoyon etadi. 
TEning bu tashkil etuvchisining integralli ishlashi texnik xizmat 
ko‗rsatish (TXK) ko‗rinishida tashkil etiladi. Operativ – texnik hujjatlarda 
ko‗zda tutilgan, kanal va traktlar ishining sifat ko‗rsatkichlarini ta‘minlash 
maqsadida, berilgan ekspluatatsiya sharoitlari uchun TXK bo‗yicha 
ishlarni tashkil etish va o‗tkazishni aniqlovchi nizom, me‘yor, 
boshqaruvchi texnik materiallar va ko‗rsatmalarning o‗zaro bog‗liq 
majmuasi operativ – texnik xizmat ko‗rsatish (OTXK) tizimini tashkil 


97 
etadi. Bu tizim turli ishlar va jarayonlarni o‗tkazishni nazarda tutadi, 
ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
- yordamchi jarayonlar – TXK bo‗yicha ishlarni olib borish uchun ish 
joyini, asboblarni va nazorat – o‗lchov asboblarini tayyorlash bo‗yicha 
ishlar yig‗indisi; 
- texnik tekshirish – TEO parametr va xarakteristikalarini normativ 
texnik hujjatlarga mosligini tekshirishga yo‗naltirilgan ishlar yig‗indisi. 
Holat bo‗yicha TXK strategiyasi (XTXK), TXK bo‗yicha ishlarning 
tartibi va davriyligi, shuningdek TEO va uning elementlarini almashtirish, 
TEOni har bir elementining texnik holatini nazorat natijalari bo‗yicha 
belgilanishi bilan xarakterlanadi. 
XTXK strategiyasi faqatgina rad etishning yuqori darajasida va TEO 
ning ishga yaroqliligini nazorat qilishda (rad etgunga qadar ishlashi) 
maqsadga muvofiq. Rad etish yuzaga kelgandan so‗ng, uning keyingi 
ta‘sirlari bo‗lmasligi, XTXK strategiyasini qo‗llashning eng zarur sharti 
hisoblanadi. Agar rad etish jiddiy oqibatli avariyaga olib kelsa, XTXK 
stratagiyasini qo‗llash mumkin emas. Sinxron raqamli ierarxiya asosidagi 
TOA uzatish tizimlari bu shartlarning barchasiga to‗liq holda javob beradi. 
XTXK strategiyasi jarayonlari quyidagilar hisoblanadi: 
- TEO texnik holatini uni funksional ishlatish joyida nazorat qilish; 
- TXK bo‗yicha ishlarning mazmunini va xajmini aniqlash (sozlash, 
ishlatish joyida sozlash; rad etish yoki rad etgunga qadar bo‗lgan holat 
aniqlanganda TXK rejimiga o‗tkazish; buzilgan joyni o‗chirish va uni 
bartaraf etish maqsadida diagnostika qilish); 
- qayta tiklanishdan so‗ng TEO holatini NTXga mosligini nazorat 
qilish; 
- ishlatishdan oldin montaj qilish va tekshirish. 
Ikkala TXK strategiyalarini taqqosiy tahlil qilish, texnik ishlatish 
koeffitsientlarining qiymatlarini hisoblash va taqqoslash yo‗li orqali 
amalga oshirilishi mumkin. 
TEO ning quyidagi ko‗rsatkichlari ma‘lum: 
T
0
– rad etgunga qadar ishlash;
T
txk 
– TXK davri; 


98 
txk
– TXK vaqti;
t
– rad etish yuzaga kelganda qayta tiklash vaqti. 
TEO ning rad etmasdan ishlash ehtimolligi eksponensial qonunga 
bo‗ysunadi 
)
/
exp(
)
(
0
T
t
t
p


.
(10.1) 
U holda XTXK strategiyasida texnik ishlatish koeffitsienti 












.
/
/
exp
1
/
exp
1
0
0
0
0
0
1
Т
T
Т
T
Т
Т
T
Т
K
тхк
тхк
тхк
т
тхк
ти










(10.2) 
XTXK strategiyasi uchun

n

txk 
nazorat vaqti davomida T
txk
davriylikka 
ega 
parametrlarni 
nazorat 
qilishda 
texnik 
ishlatish
koeffitsienti: 
(10.3) 

n


txk
shart bajarilganda (TOA tizimlari uchun odatda bajariladi)
T
txk
0
,
2
ти
K
>
1
ти
K

Turli strategiyalar bo‗yicha TXKni tashkil etish masalasi 
ko‗rsatadiki, XTXK strategiyasi boshqalariga nisbatan bir qator 
afzalliklarga ega: ish xajmining kamayishi, rad etishlar sonini kamayishi, 
asoslanmagan almashtirishlar sonini kamayishi hisobiga zahira ehtiyot 
qismlari bilan ratsional ta‘minlash va tejash. 
SRI yoki PRI uzatish tizimlarining oxirgi avlodlari asosidagi TOAT 
va uzatish liniyalarining ekspluatatsiya amaliyotida XTXK strategiyasi 
asosiy hisoblanadi. 
TEO qurilmalariga TXK bo‗yicha tadbirlar davriyligi uning 
murakkabligi, TXK usullari va strategiyalarining turi bo‗yicha aniqlanadi 
va quyidagi uch prinsipda belgilanadi: 
1. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish