Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177
 
Nazorat savollari 
1. YUqori tezlikli abonent tarmoqlarini hosil qilishdan maqsad nima?
2. Tolali optik kabellar bo‗yicha ishlovchi abonent tarmoqlarida qanday 
texnologiyalarni qo‗llash mumkin? Ularning afzalligi nimada? 
3. PON texnologiyasining afzalligi nimada? Uning qanday turlari 
mavjud, ular nima mavsadlarda qo‗llaniladi? 
 
1.9. Optik aloqa tizimlarining texnik ekspluatatsiyasi 
Texnik ekspluatatsiya jarayonini tashkil etish 
Zamonaviy TOAT (Tolali Optik Aloqa Tizimi) jihozlarining ko‗p 
funksionalligi (signallarni generatsiyalash va o‗zgartirish, ularni filtrlash 
va kuchaytirish, korreksiyalash va regeneratsiyalash va boshqalar), 
ko‗plab o‗zaro bog‗liq element va qurilmalarning mavjudligi, ularning ish 
sifati darajasining turliligi va murakkabligi bilan farq qiladi. Uzatish 
tizimlarining bir yoki boshqa tugunlarida bitta yoki xattoki, bir nechta 
elementlarning rad etishi tizimning ishga qobiliyatliligini butunlay 
yo‗qotishiga olib kelmaydi, faqatgina uning ish sifatini va samaradorligini 
kamaytiradi. 


86 
TOAT 
jihozlarning 
murakkablashuvi, 
ularning 
o‗tkazish 
qobiliyatining o‗sishi, kanal va traktlar sonining ko‗payishi, ularning ish 
mexanizmiga 
axborot 
texnologiyalarining 
kiritilishi, 
ularning 
ekspluatatsiyasini tashkil etishga bo‗lgan talablarni aniqlaydi. 
Ekspluatatsiya so‗zi nimadandir foyda olishni yoki ishlatishni 
anglatadi (keng ma‘noda inson tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
talab va ehtiyojlarni qondiruvchi biror bir amaliy maqsadlar uchun tizimli 
ishlatilishini anglatadi). Ekspluatatsiya - TOAT ish davrining xayotiy 
bosqichi bo‗lib, o‗zida TOAT qurilmalarini sozlash va montaj qilishni, uni 
vazifasi bo‗yicha ishlatishni, profilaktik texnik xizmat ko‗rsatishni, rad 
etishlardan keyin qayta tiklash va ta‘mirlashni mujassamlaydi. TOAT va 
uzatish liniyalari qurilmalari ishining maksimal samaradorligiga erishishga 
yo‗naltirigan tashkiliy-texnik tadbirlar va axborot–dasturiy vositalar 
majmuasi texnik ekspluatatsiya (TE) tizimini tashkil etadi. Ekspluatatsiya 
jarayoni inson tomonidan to‗g‗ridan to‗g‗ri yoki vositalarorqali texnik 
ekspluatatsiya obyekti (TEO)ga ta‘sir etish yo‗li bilanamalga oshiriladi.TE 
jarayonida amalga oshiriladigan ko‗plab ekspluatatsion operatsiyalar 
xizmat ko‗rsatuvchi yoki texnik xodim tomonidan bajariladi. 
TE jarayoni, uning qonuniyatlari, xarakteristikalari, tashkil etish va 
amalga oshirish usullarini o‗rgatuvchi fan texnik ekspluatatsiya nazariyasi 
hisoblanadi. 
TE nazariyasining asosiy tushunchalari: 
- ekspluatatsiya sharoiti – TOAT jihozlariga ta‘sir etuvchi omillar 
majmuasi. Ekspluatatsiya sharoitlariga iqlim sharoitlari, mexanik va 
elektrik yuklamalar, xizmat ko‗rsatuvchi xodimning malakasi, metrologik 
ta‘minoti, zahira qism va asboblarning xolati va boshqalar kiradi; 
- ish rejimi – TOAT vazifasi bo‗yicha qo‗llanilganda, ularning 
ekspluatatsion parametrlari qiymatlarining majmuasi. Ish rejimlariga 
quyidagilar kiradi: gurux va liniya traktlarini turli axborot signallari bilan 
yuklash; turli ierarxiyalarning raqamli oqimlarini ajratish, uzatish, qabul 
qilish va tranziti, regeneratsiyalash punktlarining ish sharoiti, trakt va 
seksiyalarni zahiralash tizimi va boshqalar;
- ekspluatatsiya vositalari – TOAT va uning elementlarining 
ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‗lgan ekspluatatsiya materiallari va 
asboblari, zahira blok va texnik qurilmalar majmuasi; 


87 
- texnik xizmat ko‗rsatish (TXK) – vazifasi bo‗yicha xizmat muddati 
davomida TEOning ishga qobiliyatliligini va sozligini ta‘minlash bo‗yicha 
bajariladigan ishlar kompleksi. 
Texnik ekspluatatsiya – aloqa korxonalarining ishlab chiqarish 
faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Tarmoqning texnik ekspluatatsiyasi 
texnik xizmat ko‗rsatish usullari va algoritmlari majmuasini namoyon etib, 
istalgan texnik ekspluatatsiya obyektining o‗rnatilgan normalarini talab 
darajasida saqlaydi va tashkil etadi. 
Texnik ekspluatatsiyaning asosiy maqsadi – rad etish holatlarining
hosil bo‗lishini va ularning ta‘sirini kamaytirish hisoblanadi. 
TE quyidagi xollarda amalga oshiriladi: 
- obyektni ekspluatatsiyaga kiritishda (pasport tayyorlashda); 
- ekspluatatsiya jarayonida sozlik holatini saqlash (texnik xizmat 
ko‗rsatish); 
- obyektni ishga qobiliyatliligini qayta tiklash (ta‘mirlash-sozlash va 
ta‘mirlash-qayta tiklash ishlari). 
TE jaryoniga quyidagilar kiradi: 
- ishchi xarakteristikalarni o‗lchash; 
- rad etishlarni topish; 
- ishchi xarakteristikalar va rad etishlarda signalizatsiya; 
- zahiralash; 
- ishga qobiliyatliligini qayta tiklash; 
- nazorat qilish (qayta tiklashdan so‗ng). 
TEOga uzatish kanallari va traktlarida ulashlarning tarkibiy qismi 
hisoblangan, nazorat va boshqaruv signallari bilan almashinish uchun
ulanish joylariga ega bo‗lgan TOAT ning texnik vositalari kiradi. Texnik 
ekspluatatsiya obyekti ulanish joylari orasida ma‘lum funksiyalarni 
bajarish uchun mo‗ljallangan (10.1-rasm). 
Ekspluatatsion nazorat qurilmalari tomonidan nazorat qilinuvchi, 
TEOni ishchi xarakteristikalarining taxlil natijalari ba‘zan rad etish yuzaga 
kelgandan so‗ng yoki ish sifati yomonlashgandan so‗ng avtomatik, ba‘zan 
texnik ekspluatatsiya axboroti haqidagi so‗rov bo‗yicha TE ulanish joylari 
bo‗ylab ma‘lum qilinadi. 
Texnik xizmat ko‗rsatish (TXK)ning quyidagi usullari tavsiya etiladi: 


88 
- profilaktik texnik xizmat ko‗rsatish (PTXK), ma‘lum vaqt 
oralig‗idan keyin yoki oldindan belgilangan mezonlarga mos ravishda 
bajariladi va rad etish yuzaga kelishi yoki TEO funksiyalarning 
yomonlashuvi 
mumkinligi 
xaqida 
o‗z 
vaqtida 
ogohlantirishga 
yo‗naltirilgan;
- to‗g‗rilovchi texnik xizmat ko‗rsatish (TTXK), TEOning ishga 
noqobiliyatlilik holati aniqlangandan keyin bajariladi va TEOning sifat 
parametrlarini o‗rnatilgan doirada bo‗lishiga yo‗naltirilgan; 
- boshqariladigan texnik xizmat ko‗rsatish (BTXK), TEO ishchi 
xarakteristikalarini nazorat qiluvchi, uzatish sifatini boshqarish va 
nosozliklarni bartaraf etish vositalarini qo‗llab, TEO holatini taxlil qiluvchi 
usullarni tizimli ishlatish yo‗li bilan bajariladi va profilaktik xizmat 
ko‗rsatishni minimumga etkazishga va to‗g‗rilovchi texnik xizmat 
ko‗rsatishni qisqartirishga yo‗naltirilgan. 
9.1-rasm. Uzatishning birikish joylarida ma‘lum funksiyalarni 
bajarishga mo‗ljallangan texnik ekspluatatsiya obyekti 
Profilaktik texnik xizmat ko‗rsatish quyidagilarni o‗zida namoyon 
etadi: 
- davriy ekspluatatsion nazorat; 
- ishchi xarakteristikalarni rejali o‗lchash; 
- apparatura komponentlarini rejali almashtirish. 
Qabul qilishning 
ulanish joyi 
Texnik eksplutatsiyaning
biriktirish joyi
Texnik eksplutatsiya 
obekti 
Uzatishning 
ulanish joyi 
Texnik 
eksplutatsiya 
axborotlari 
Texnik 
eksplutatsiya 
so‘rovi 


89 
To‗g‗rilovchi texnik xizmat ko‗rsatish quyidagilarni o‗zida namoyon 
etadi: 
- uzluksiz ekspluatatsion nazorat; 
- epizodik ekspluatatsion nazorat; 
- operativ – texnik nazorat; 
- ishchi xarakteristikalarni o‗lchash. 
Boshqariladigan texnik xizmat ko‗rsatish o‗zida quyidagilarni 
namoyon etadi: 
- uzluksiz ekspluatatsion nazorat; 
- operativ – texnik nazorat; 
- ishchi xarakteristikalarni o‗lchash. 
Raqamli TOAT uchun TTXK afzalroq hisoblanadi, chunki ularga 
aloqani uzmaganholda xatolik koeffitsient (yoki xatolik ko‗rsatkich)lari 
bo‗yicha rad etishlarni aniqlash mumkin. TTXKda texnik xizmat 
ko‗rsatishga ketadigan vaqt, ya‘ni rad etish joyini aniqlash va qayta tiklash 
bo‗yicha ishlarni boshlashgaketadigan vaqt kamaytiriladi. Bunga, ayniqsa, 
optik kabelli raqamliuzatishtizimlari uchun samarali bo‗lgan, optimal qayta 
tiklash strategiyasini qo‗llash bilan erishiladi. Rad etishlarni bartaraf etish 
(qayta tiklash) bilan bog‗liq ishlar, TTXK uchun xos bo‗lgan, aloqani 
uzgan holda amalga oshiriladi. 
TOA vositalari va ularni boshqarish tarmog‗i rivojlanishining 
zamonaviy bosqichida BTXK birinchi ahamiyatga ega, chunki PTXK va 
TTXK ga nisbatan, yuzagakelishi mumkin bo‗lgan rad etishlarni topish va 
bartaraf etish, shuningdek TXKni aloqani uzmasdan amalga oshirish va 
ishga qobiliyatliligini qayta tiklash imkonini beradi. Shuning uchun 
zamonaviy TOAT da yuqori sifatli TEni ta‘minlovchi BTXK qo‗llaniladi. 
TEO bilan birgalikda yordamchi TEO (YOTEO) ham mavjud, ular 
bevosita ma‘lumotlarni uzatish funksiyasini bajarmaydi (rad etishlarni 
aniqlash, xizmat signallarini uzatish, avariya signalizatsiyalari, tashqi 
nazorat va boshqaruv tizimlari bilan muvofiqlashtiruvchi qurilmalar). 
Bir yoki bir necha YOTEOga ega, bir yoki bir necha TEO tarmoq 
elementini tashkil etadi. BTXKdan foydalanishga asoslangan, zamonaviy 
TOA vositalari uchun tarmoq elementi tarkibiga kiruvchi TEOlari 
boshqariluvchi obyektlar hisoblanadi.


90 
Ekspluatatsion nazorat TE jarayonida TEOlarini o‗rnatilgan 
talablarga mosligini aniqlashni namoyon etadi. 
Ekspluatatsion nazoratda amalga oshiriladigan, TEOning ish sifatini 
baholash, TEO ishchi xarakteristikalarining normaga mosligini aniqlashni 
va ish sifati buzilganligini yoki ishchi xarakteristikalarni normadan 
og‗ganligini aniqlashni ta‘minlaydi. 
Rad etishlarni sinflash uchun anomaliya va defekt tushunchalari 
ishlatiladi. 
Anomaliya – bu obyekt parametrining joriy qiymati va talab 
etiladigan qiymati orasidagi farq. Anomaliya obyektning talab etiladigan 
funksiyalarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir etishi yoki ta‘sir etmasligi 
mumkin. 
Obyektning talab etiladigan funksiyasini bajarish qobiliyatini 
ТEО 
funksiyasi 
Anomaliyalarni topish uchun 
nazorat jarayoni 
YoТEО 
funksiyas
i
Qisqa muddatli 
jarayon 
Defektlarni topish uchun 
nazorat jarayoni 
Anomaliyalar haqida to‘plangan ma‘lumotlar
Defektlar haqida to‘plangan ma‘lumotlar 
Ishchi parametrlarni baholash 
Noto‘g‘ri ishlashni va noto‘g‘ri ishlash 
mumkinligini topish 
Norma darajasidan
chiqib ketgan sifat 
Yomonlash
gan sifat 
Normal 
sifat 
Uzoq muddatli 
jarayon 
Noto‘g‘ri 
ishlashni 
topish 
uchun 
nazorat 
jarayoni 
O‘rta muddatli 
jarayon 
9.2 – rasm. Texnik eksplutatsiya obektining noto‘g‘ri ishlashini topish 
jarayoni 


91 
chegaralanishi defekt hisoblanadi. U qo‗shimcha taxlil natijalarini
baholashga bog‗liq holda TE bo‗yicha faoliyatni talab etishi yoki talab 
etmasligi mumkin. 
TEOning talab etiladigan vazifasini bajarish qobiliyatini kamayishiga 
olib keluvchi anomaliyalar ketma-ketligi defekt sifatida ko‗riladi. 
Ekspluatatsion nazorat TEO tarkibiga kiruvchi dasturiy-texnik 
vositalar va nazorat qurilmalari, yoki avtonom o‗lchov vositalari, 
shuningdek o‗lchashlarni avtomatlashtirish va ularning natijalarini qayd 
etishni ta‘minlovchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. 
Nazorat uzluksiz va birgalikda olib boriladigan uch jarayondan 
iborat: 
1) anomaliyalarni aniqlash uchun nazorat jarayoni (qisqa muddatli 
davr); 
2) defektlarni aniqlash uchun nazorat jarayoni (o‗rta muddatli davr); 
3) sifat yomonlashuvlarini aniqlash uchun nazorat jarayoni (uzoq 
muddatli davr). 
Har bir jarayon anomaliya va defektlar haqidagi ma‘lumotlarni 
to‗plash bilan olib boriladi. Anomaliya va defektlarning nazorat jarayonlari 
mos ravishda anomaliya va defektlarni yuzaga kelishini ko‗rsatadi. Sifat 
yomonlashuvini nazorat jarayoni TEOning sifat darajasini aniqlaydi va 
sifat norma darajasidami, yomonlashganmi yoki norma darajasidan chiqib 
ketganligini aniqlaydi. Bu sifat sathlari berilgan vaqt oralig‗ida olingan va 
taxlil qilingan anomaliya va defekt haqidagi ma‘lumotlar asosida 
aniqlanadi. Yomonlashuv va norma darajasidan chiqib ketgan sifat 
ko‗rsatkichlarini ajratuvchi chegaralar va kuzatish davri har bir defekt 
uchun tasdiqlangan ishga noqobiliyatlilik holati, anomaliya yoki defekt 
paketlari har bir TEO uchun aniqlanadi. Ishchi parametrlarning 
yomonlashgan va normadan chiqib ketgan qiymatlarining indikatsiyasi, har 
bir chegaradan oshish aniqlanganda beriladi. Bu jarayon 10.2 – rasmda
ko‗rsatilgan. 
Turli datchiklardan birlamchi axborat signallari har bir TEO dan 
qayta ishlash blokiga beriladi yoki joyida qayta ishlanadi. Ishchi 
xarakteristika ko‗rsatkichlari shu axborot asosida aniqlanadi. ES va SES 
xatolik ko‗rsatkichlari deb ataladigan har bir ishchi xarakteristika
ko‗rsatkichlari, TEOning ish sifati ko‗rsatkichini hisoblash uchun alohida 
qayta ishlanadi. 


92 
Nazorat qilinuvchi obyektlar (NQO) sifatida uzatish tizimlari, tipli 
kanal va traktlar murakkab tizimni namoyon etib, ko‗plab parametr va 
xarakteristikalarga ega. 
Ahamiyatliligi bo‗yicha parametrlarning quyidagi turlari mavjud: 
- aniqlovchi uning nazorati TEOumumiy ish qobiliyatini baholash 
imkonini beradi; 
- bashoratlovchi TEOning texnik holatini bashorat qilish uchun zarur 
bo‗lsa axborotni saqlaydi; 
- avariya TEO ishida avariya rejimi yaqinlashishini aniqlovchi 
parametr. 
Nazorat qilinuvchi parametrlarni tanlashda quyidagilarni hisobga 
olish kerak: 
- TEO ish samaradorligiga parametrlarning ta‘sir darajasi; 
- parametrlarning nominal qiymatlardan og‗ish kattaligi; 
- nazorat qilinuvchi parametrlarning taqsimot qonuni; 
- bog‗liq 
emaslik 
(korrelyasiyaning 
mavjud 
emasligi) 
yoki 
parametrlarning sozlik darajasi; 
- nazorat narxi, ya‘ni ushbu turdagi nazorat yoki o‗lchashlarni 
o‗tkazishni ta‘minlash uchun sarf etiladigan xarajatlar. 
Aloqa operatorining birlamchi tarmog‗ida operativ – texnik nazorat - 
bu nazorat obyektlari (NO) deb ataluvchi, quyidagi TEOlarning holatlarini 
umumiy baholanishlarga mosligini aniqlash jarayoni demakdir: 
- tarmoq (stansiya) tugunlari – NO – TT (ST); 
- uzatish liniyalari – NO – UL; 
- plezioxron raqamli ierarxiya (PRI) raqamli uzatish tizimlari 
(RUT)ning liniya traktlari va sinxron raqamli ierarxiya (SRI) RUTning 
multipleksorlash va regeneratsiyalash seksiyalari – NO –LT; 
- SRI RUT virtual konteyner traktlari va ularning uchastkalari, PRI 
RUTning tarmoq traktlari – NO – TT
R

- uzatish kanallari – NO –UK. 
Zamonaviy raqamli TOAT uchun holatlarning umumiy baholanishini 
aniqlash, barcha TEO uchun amalga oshirilishi kerak. 


93 
NO (zamonaviy RUT TEO) lari holatlarning quyidagi baholanishlari 
bilan xarakterlanadi: 
NORMA – sifat parametrlari va NO elementlari o‗rnatilgan doirada 
bo‗ladi; 
OGOHLANTIRISH – sifat parametrlari o‗rnatilgan doirada bo‗ladi, 
NO elementlarining parametrlari, rejim va ish sharoiti NO rad etishi 
mumkin bo‗lgan qiymatlardan oshishidan dalolat beradi (ma‘qul sifat). 
BUZILISH – NO rejimining buzilishi natijasida sifat parametrlari 
o‗rnatilgan doiradan chiqadi yoki ularda nosozliklar vujudga keladi, biroq 
NO ishga qobiliyatlilik holatini saqlaydi (yomonlashgan sifat);
AVARIYA – NO rejimining buzilishi natijasida sifat parametrlari 
o‗rnatilgan doiradan chiqadi yoki ularda nosozliklar vujudga keladi, buning 
oqibatida NOning rad etishi kuzatiladi (norma darajasidan chiqib ketgan 
sifat). 
Operativ – texnik nazorat bevosita NO (zamonaviy RUT TEO) ni 
ekspluatatsiyadan chiqarmasdan amalga oshiriladi. NOning NORMA, 
BUZILISH va AVARIYA turdagi holatlari haqidagi ma‘lumotlar 
boshqarish tizimiga uzatiladi. 
NO–UL, NO–LT, NO–TT

(UL, LT, TT
R
)ning nosoz uchastkalari 
TE markazida NO xolatining o‗zgarganligi haqidagi axborotni taxlil qilish 
yo‗li bilan aniqlanadi. 
18.3–rasmda TEO haqida TE axborotini qayta ishlash jarayoni 
ko‗rsatilgan, bunda noto‗g‗ri ishlashni topish nazorat jarayonidan 
boshlangan. 
TEOda OGOHLANTIRISH axborot signali yoki BUZILISH va 
AVARIYA kabi axborot signallari berilishi yoki berilmasligi mumkin. 
Qachon signal TEOdan tashqarida berilsa, avariya axborotlarini qayta 
ishlash jarayoni, avariya holati indikatsiyasi signali (AHIS) yoki oldingi 
uchastkadagi rad etishni ko‗rsatuvchi signal (ORKS) larni, shuningdek 
boshqa manbalardan (masalan, boshqa TEOdan, sutka vaqti haqida, 
yuklama 
intensivligi 
haqida 
va 
b.q.) 
beriladigan 
ma‘lumotlar 
birlashtirilishi mumkin. Bu TE axborot signallarini yoki avariya 
signallarini berish kerakligini hal qilish uchun amalga oshiriladi.


94 
AHIS – TEOning ishga noqobiliyatliligini bildiruvchi signal bo‗lib, 
ishchi signallarni almashtirish maqsadida shikastlangan yo‗nalishda 
uzatadi va rad etish oqibati hisoblangan, TEning boshqa avariya 
signallarini blokirovkalash kerakligini boshqa ishga qobiliyatli bo‗lgan 
TEO ko‗rsatadi. 
AHIS qabul qilinganda, TEOdan xizmatning avariya signali (XAS)ni 
berish talab etilishi mumkin. 
Xizmatning avariya signali – TEOdan berilib, xizmatni taqdim etish
boshlanishi yoki tugatilishini anglatadi. Xizmatning ishchi parametri 
kattaligi talab qiymatlaridan pastga tushib ketganda XAS berilishi kerak. 
Bu qiymat AVARIYA signali berilgandagi qiymatga mos kelishi mumkin.
Rad etish haqidagi ma‘lumot (10.2–rasmga qarang), rad etgan TEOni 
aniqlashda ishlatiladi. TEaxborotlari joyida, yoki avariya signallarini 
yig‗ish tizimi orqali distansion tarzda uzatilishi mumkin. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish