Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   177
Nazorat savollari 
1. Ekspluatatsiya so‗zining ma‘nosini tushintiring. 
2. Texnik ekspluatatsiya (TE) tizimini ta‘riflang. 
3. «Ekspluatatsiya nazariyasi» nimani o‗rgatadi? 
4. TE o‗zida nimani namoyon etadi va TEdan maqsad nima? 
5. Texnik xizmat ko‗rsatish deganda nimani tushinasiz? 
6. TE jarayoni qanday tashkil etiladi? 
7. TE jarayoni qanday tadbirlarni o‗zida namoyon etadi? 


103 
8. TEO deganda nimani tushinasiz? 
9. Texnik xizmat ko‗rsatish deganda nimani tushinasiz? 
10. Texnik xizmat ko‗rsatish qanday tadbirlarni o‗ziga birlashtiradi? 
11. Texnik xizmat ko‗rsatishning qanday usullarini bilasiz? 
12. Texnik xizmat ko‗rsatishni qanday optimallashtirish mumkin? 
13. Tizim yoki elementlarni rad etish deganda nimani tushunsiz? 
14. Nazorat qilish deganda nimani tushinasiz? 
15. Ekspluatatsion nazorat tushinchasini ta‘riflang. 
16. Nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz? 
17. Nazorat qilinuvchi obyektlar qaysi holatlar orqali baholanadi? 
18. Norma, buzilish, avariya tushinchalarini ta‘riflang. 
19. TE tizimi qanday tashkil etiladi? 
20. TEOning qanday ishonchlilik ko‗rsatkichlarini bilasiz? 
21. TEOning rad etmasdan ishlash ehtimolligi qaysi miqdoriy 
munosabatdan aniqlanadi? 
22. Telekommuniksiyalarni boshqarish tarmog‗i (TBT)ning vazifasi 
nimadan iborat? 
23. TBT qanday boshqarish sathlaridan tuzilgan? 
 
 


104 
II – BOB. KENG POLOSALI TARMOQLARGA TEXNIK XIZMAT 
KO`RSATISH. 
2.1. Keng polosali tarmoq tushunchasi 
Yaxshi bilamizki, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining 
rivojlanishi, ma`lumotlarni ortib borishi, borgan sayin, ulardan 
foydalanish, ularni tartiblash, mukammalligini ta‘minlash maqsadida, 
axborot texnologiyasi yangi bir tarmog‗ini yaratilishiga zarurat tug‗dirdi. 
Insoniyatning axborotlashtirishga bo‗lgan extiyoji nuqtai nazaridan tobora 
qimmati ortib borayotgan tarmoq tushunchasining yaratilishiga ham aynan 
shu omillar asosiy sababchi bo‗ldi desak aslo mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Bugungi kunda jamiyatning qay bir qatlamini olmaylik uning vakillarini 
axborotlashtirishga bo‗lgan talabini ortib borishini ko‗rish mumkin. 
Axborot iste‘molchilarining talabi nafaqat axbortning hajmiga, balki, 
uning sifatiga ham bevosita ta‘sir etmoqda. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, katta 
xajmdagi axborotni iste‘molchilarga qisqa vaqt ichida sifatli yetkazib 
berish xizmatlarni ta‘minlovchi tizimlarga yuqori talablarni qo‗yadi. 
Aytish 
joizki, 
telekommunikatsiya 
xizmatlarini 
tashkil 
etuvchi 
telekommunikatsiya tarmog‗i operatorlari o‗z tarmoqlarini mijozlarning 
talablariga mos ravishda rivojlantirib borishlari zarur. Shuni unutmaslik 
kerakki, bunday usulda aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish aloqa 
operatoridan qo‗shimcha sarf xarajatni talab etadi. Shuning uchun ham 
bunday aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda eski texnologiyalardan 
yangisiga o‗tishni ta‘minlovchi, yangi xizmat turlariga ega bo‗lgan, 
iqtisodiy tomondan tejamkorlikka sabab bo‗ladigan texnologiyalarni 
qo‗llash maqsadga muvofiqdir. 
Telekommunikatsiya tarmog‗ida keyingi avlod taromoqlari (NGN) 
yagona keng polosali aloqa kanali orqali tarmoq abonentlariga bir vaqtda 
matn, audio va video singari ko‗plab kommunikatsiya xizmatlarini taqdim 
etishi mumkin. Demak, NGN texnologiyasining respublikamiz aloqa 
tarmoqlarida qo‗llanilishi, aloqa sifati ko‗rsatkichlarini jahon standarti 
talabiga javob beradigan pog‗onaga olib chiqishga imkon beradi. NGN 
texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya‘ni NGN tarmoq) universal 
tarmoq xisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi 
ma‘lumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, 
yo‗qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN 
tarmog‗i turli xil ma‘lumotlar trakti uchun kerak bo‗ladigan barcha 
xizmatlarni ta‘minlash imkoniyatiga egadir, ya‘ni (QoS - Quality of 


105 
Service) xizmat ko‗rsatish sifati yuqori ko‗rsatkichga egadir. Nazariy 
jixatdan o‗ylab qaralsa, NGN tarmog‗i ayni paytda foydalanib 
kelinayotgan umumfoydalanuvchi telefon tarmog‗i (UFTT-PSTN), 
ma‘lumotlar uzatish tarmog‗i (MUT), elektr aloqa tarmoq (EAT)larining 
mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‗idir deb 
aytishimiz mumkin bo‗ladi. 
NGN tarmog‗ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar 
turini joriy qilish va jahon standartlariga mos keng ko‗lamli, sifatli, tezkor 
xizmatlar ko‗rsatishdan iborat. Bunda ularga quyidagilarni misol qilish 
mumkin: 
• 
telefon aloqasi xizmati (mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon 
aloqasi); 
• 
ma‘lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma‘lumot uzatish kanali, 
ma‘lumotlarni uzatuvchi virtual hususiy tarmoqlar); 
• 
telematika xizmati («elektron pochta», «ovozli pochta», «IP-
telefoniya», «audiokonferensiya», «videokonferensiya»); 
• 
harakatdagi elektr aloqa xizmati; 
• 
provayder xizmati («elektron supermarket», «masofadan o‗qitish»). 
• 
videokonferensiya xizmati. 
• 
internet xizmati va hokozo.
Bu xolda NGN tarmog‗i har hil turdagi aloqa vositalari, ya‘ni analog 
telefon apparati, faksimil apparati, IR-telefoniya terminali, mobil aloqa 
vositalari, raqamli tarmoq qurilmalari va boshqa tur aloqa komponentlarini 
qo‗llab-quvvatlaydi.
NGN tarmog‗ining 
arxitekturasini 
yaratishda 
bitta 
yagona 
infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‗i, Internet tarmog‗i resurslari, 
IP-telefoniya tizimini jamlash ko‗zda tutiladi. Hozirgi kunda bizga 
ma‘lum NGN tarmog‗ining to‗rt satxli arxitekturasi mavjud.
Ma‘lumki, bugungi kunda mavjud telekommunikatsiya tarmoqlaning 
eng muammoli qismi bu abonent kirish tarmoqlaridir. Chunki, o‗rama juft 
o‗tkazgichli kabellar (TPP 600x2, 100x2, 50x2) asosida qurilgan analogli 
abonent liniyalari o‗tkazish qobiliyatining pastligi va sifatining yomonligi 
bugungi 
kunda 
ishlab 
chiqilayotgan 
yangi 
telekommunikatsiya 
xizmatlarini abonentlarga taqdim qilishga to‗sqinlik qiluvchi asosiy 
faktorlardan hisoblanadi. 
«Oxirgi milya» va tarmoqni qayta qurish muammolari asosan 
quydagilar bilan bog‗liq: 


106 

uncha katta bo‗lmagan analog ATS larning sonini ko‗pligi, 
liniyalarning yetmasligi, yangi liniya yotqazish uchun kanalizatsiyaning 
yetishmasligi, eski liniyalar bo‗yicha xizmat sifatining pastligi, qurilishga 
va tarmoqdan foydalanishga ketadigan sarf xarajatning ko‗pligi; 
 
tarmoqdan tushadigan mablag‗ning kamligi. Bu asosan ATS 
xizmatlarining kamligi, narxi yuqoriligi va yangi xizmatlarni kiritishni 
texnik murakkabligi, qarzdorlik muammolari bilan bog‗liq; 
 
texnikadan 
foydalanishning 
murakkabligi 
va 
ekpluatatsiya 
xarajatlarining yuqoriligi. Bu asosan qurilmalarning tez-tez buzilishi va 
liniyalardagi avariyalar, qurilmalarning va liniya vositalarini ta‘mirlash 
kabi muammolar bilan bog‗liq; 
 
tarmoqda qo‗llaniladigan operatorlarning infratsrukturasini optimal 
emasligi; 
Yuqoridagi kamchilik va muammolarning asosiy sababi tarmoqning 
o‗tkazish qobiliyatining pastligi, ya‘ni, o‗tkazish polosasining pastligidir. 
Tarmoqning ma‘lumot uzatish tezligi birinchi o‗rinda unda tashkil 
qilinayotgan aloqa kanallarining chastota polosasiga bog‗liq. Ya‘ni, 
tarmoqda tashkil qilingan aloqa kanallarining chastota palasasi kengligi 
qanchalik yaxshi ta‘minlangan bo‗lsa uning ma‘lumot uzatish tezligi 
shunchalik katta bo‗ladi. Shunday ekan respublikamiz axolisiga sifatli 
telekommunikatsiya 
xizmatlarini 
taqdim 
etish 
uchun 
nafaqat 
telekommunikatsiya tarmoqlarimizni transport qismlarini, balki shu 
qatorda abonent kirish tarmoqlarini xam modernizatsiya qilish, ularni 
zamonaviy texnologiyalar asosida qurish orqali o‗tkazish qobiliyatlarini 
oshirishni ta‘minlash lozim. Tarmoqning aloqa kanallarining keng 
polosaga ega bo‗lishi nafaqat bu tarmoq tarkibidagi kanal hosil qiluvchi 
qurilmalarga, balki, o‗tkazish muxitining (simsiz, elektr aloqa kabellari, 
optik aloqa kabellarining) texnik imkoniyatlariga ham bog‗liq hisoblanadi. 
Demak, mavjud abonent liniyayalaridagi aloqa kabellarining aksariyati 
past chastotali (0.3-3.4 kGs) PCh telefon so‗zlashuv signallarini uzatishga 
mo‗ljallangan. Bunday aloqa kabellarida yuqori sifatli telekommunikatsiya 
xizmatlarini tashkil qilishda foydalanish muammolarni keltirib chiqaradi. 
Biroq, hozirda shunday texnologiyalar mavjudki, ularning yordamida past 
chastotali signallarni uzatishga mo‗ljallangan mis o‗tkazgichli kabellardan 
foydalanib yuqori chastotali kanallarni uzatish tarmoqlarini qurish 
mumkin. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday texnologiyalardan 
foydalanish orqali muammoni yechish ma‘lum bir vaqtgagina amalga 
oshadi xolos. Telekommunikatsiya xizmatlarining sifatiga bevosita 


107 
telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarning soni, shuningdek, 
ushbu sonning ortib borishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Ya‘ni, mis 
o‗tkazgichli kabellardan foydalanish uzoq muddatli yechimni bermaydi. 
Shuning uchun ham aloqa tarmoqlarini o‗tkazish qobiliyatini oshirish, 
ya‘ni ularni keng polosali tarmoqga o‗zgartirish uchun quyida 
texnologiyalarni qo‗llash lozim: 
 
optik tolali tarmoqlarni qurish va undan foydalanish; 
 
abonent kirish tarmoqlarini qurishda simsiz texnologiyalardan 
foydalanish; 
 
mavjud bo‗lgan mis sim juftliklaridan foydalanish. 
Abonent kirish tarmoqlarida optik texnologiyalarning keng tadbiq 
etilishi, 
abonentlarga 
yuqori 
sifatli 
ko‗plab 
telekommunikatsiya 
xizmatlarini taqdim qilishga imkon beradi. Ammo, iqtisodiy nuqtayi 
nazardan optik tolali tarmoqlarni qurish qimmatga tushishini ham 
anglashimiz kerak. Bunda ayniqsa abonent liniyalarini tashkillash masalasi 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud mis kabellardan foydalangan xolda yangi texnologiyalardan 
foydalanish sarf xarajatlarni qisqarishiga olib keladi. Bunday liniyalardan 
foydalanganda xDSL texnoloniyalarini qo‗llash maqsadga muvofiqdir va 
bunday liniyalardan yana ko‗p yillar foydalanish mumkin. Shu sababli 
mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori tezlikli xDSL texnologiyasiga 
asoslangan raqamli uzatish tizimlarini qurish ham keng polosali abonent 
kirish 
tarmoqlarini 
qurishda 
qo‗llanidi. 
Lekin 
yuqorida 
ta‘kidlaganimizdek, 
xDSL 
texnologiyasi 
vaqtinchalik 
o‗tish 
texnologiyasidir va tarmoqning ma‘lumot uzatish tezligiga bo‗lgan 
talablarni vaqtinchalik davrga qondirishi mumkun. Chunki, abonentlar 
sonining ortishi tarmoqdagi bir kabel tarkibidagi yonma-yon mis 
o‗tkazgichlar juftliklaridan yuqori chastotali signallarni uzatish 
zaruriyatinin keltirib chiqaradi. Bu esa bir kabel tarkibidagi mis 
o‗tkazgichlar juftliklari o‗rtasida o‗zaro o‗tishlar, ya‘ni o‗zaro xalaqitlarni 
hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Demak, xDSL texnologisidan foydalanish 
cheklangan sondagi abonentlarga yuqori tezlikli bog‗lanishlarga imkon 
berar ekan. 
Tarmoqning keng polosaliligi xususida tushunchalari vaqt o‗tgan 
sayin o‗zgarib boradi. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki, bundan 
sanoqli yillar oldin keng polosali tarmoq sifatida ma‘lumot uzatish tezligi 
512 kBit/s bo‗lgan tarmoqlar e'tirof etilar edi. Bugungi kunga kelib 
tezlikka bo‗lgan talab keskin ortganligi sababli keng polosali tarmoq 


108 
sifatida ma‘lumot uzatish tezligi 2 Mbit/s dan yuqori tezlikli tarmoqlar 
tushuniladi. 
Keng polosali tarmoq deyilganda 2 Mbit/s dan yuqori tezlikli va har 
xil turdagi ma‘lumotlarni yuboradigan tarmoq tushunilanadi. Keng 
polosali tarmoqning tor polosali tarmoqdan farqi, unda tor polosali 
tarmoqalardan farqli ravishda kanallar soni ko‗p va ma‘lumot uzatish 
tezligi yuqoridir. Keng polosali tarmoqlarga misol sifatida raqamli integral 
xizmat 
ko‗rsatuvchi 
tarmoqlar 
(ISDN-Integrated 
Servies 
Digital 
Network)ni keltirish mumkin. ISDN ning bir qator ketma-ket rivojlanish 
bosqichlari mavjud bo‗lib, ular: 
0 – bosqich. Turli ko‗rinishdagi xabarlar, shuningdek xar xil 
xizmatlar uchun aloxida tarmoqlar mavjudligi. 
1 – bosqich. Uzatish va kommutatsiyalashning raqamli usullariga 
o‗tish, xizmatlarni va nutq va ma‘lumotlarni yagona raqamli shaklda 
uzatish imkonini beradigan integral raqamli tarmoqqa IDN (Integrated 

Download 6,74 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish