141
3.6-rasm. DWDM texnologiyasining ishlash tamoilini tushuntiruvchi
sxemasi
Bitta tola bo‗ylab umumiy ma‘lumot
uzatish tezligini oshirish
maqsadida bir necha alohida to‗lqin uzunliklarni zichlashtirish va ularni
bitta tola bo‗ylab uzatishga erishish uchun 18 yil oldin harakat boshlangan.
Dastlab 850 nm va 1310 nm to‗lqin uzunliklardan, keyinchalik 1310 nm va
1550 nm dagi to‗lqin uzunliklardan foydalanila boshlandi. Ammo lazer
diodlarni ishlab chiqish texnologiyasining rivojlanishi va lazer diodlarning
spektral harakteristikalari mukammallashgach 1550 nm diapazonida bitta
tola bo‗ylab bir necha o‗nlab kanallarni zichlashtirish imkoni hosil bo‗ldi.
Bunday texnologiya asosida ishlovchi turli
hil ishlab chiqaruvchilar
tomonida ishlab chiqilgan qurilmalarni o‗zaro hamkorlikda ishlay
olishlarini ta‘minlash maqsadida bu texnologiyada optik tashuvchilarni
standartlashtirish, kanal va chastota rejasii standartlashtirish masalasi
yuzaga keldi.
Bu masalani Xalqaro elektr aloqa birlashmasi (ITU) hal etdi. DWDM
twxnologiyasining kanallari va chastotalari rejasi ITU ning G.692
standartida tartibga solingan va belgilab qo‗yilgan. Unga ko‗ra DWDM
texnologiyasida 1528,77 nm dan 1569,69 nm gacha spektrdan (umumiy
5,1 TGs li diapazon)
foydalanish, kanallar orasidagi filtr polosasini 100
GGs erib tayinlash tavsiya etiladi. Bu diapazonda maksimal 51 ta optik
kanal hosil qilish mumkin. Demak bu holatda kanallar orasidagi qadam 0,8
nm ni tashkil qiladi.
Ammo keyinchalik
ma‘lum
bo‗ldiki,
juda ko‗plab
ishlab
shiqaruvchilari tomonida kanallar orasidagi filtr polosa farqi 50 GGs (0,4
nm) bo‗lgan qurilmalar ishlab chiqarilgan Bundan tashqari shunday
holatlar bo‗ladiki bu darajadagi zichlashtirishga zarurat bo‗lmaydi va
kanalla orasidagi filtr polosa farqini 200 GGs, hattoki 400
GGs gacha
oshirish mumkin. Shunday qilib ITU G.692 standartining ohirgi versiyasi
142
bunday texnologiyalarda kanalla orasidagi filtr polosasini 50,100, 200,
400 GGs (0,4; 0,8; 1,6; 3,2 nm) ga teng qilib olish tavsiya etiladi. Kanallar
orasidagi filtr polosa farqi 0,4 nm bo‗lganda 1529-1565 nm diapazonda
jami 102 ta optik kanal hosil qilsa bo‗ladi. Hizirgi kunda kelib ITU
kanallar orasidagi filtr polosa kengligini 25, 12,5
GGs qilib belgilanishini
tavsiya etmoqda.
DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega:
uzatish tezligining yuqoriligi;
xalqa tapologiyasi asosida 100 % li zaxirani ta‘minlash
imkoniyati;
optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida har
qanday texnologiyani ko‗llash imkoni;
optik magistraldagi kanallar sonini soddagina oshirish imkoni.