Transport texnologiyalari bilan WDM modelining o‘zaro bog‘lanishi




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177
Transport texnologiyalari bilan WDM modelining o‘zaro bog‘lanishi 
Kuyidagi 3.4-rasmda WDM texnologiyasi yaratilgunga qadar va 
WDM texnologiyasi yaratilgandan keyingi transport texnologiyalirining 
o‗zaro bog‗lovchi modellari ko‗rsatilgan. 
3.4-rasm. Asosiy transport texnologiyalarining modelini o‗zaro 
bog‗lanishi 
A) WDM texnologiyasi yaratilgunga qadar;
B) WDM texnologiyasi yaratilgandan keyin. 
WDM texnologiyasigacha bo‗lgan model uch satxdan va uzatish 
muhitidan iborat edi va yuqori satxning (ATM, IP) trafiklarini optik 
uzatuvchi 
muhit 
orqali 
transportlashtirish 
uchun 
SDH/SONET 
interfeyslarini qo‗llagan holda transport modullariga ikkapsulyatsiya 
qilinishi lozim edi. WDM tizimlari yaratilgandan keyin esa uzatish 
muhitini hisobga olmaganda uch yoki to‗rt satxdan iborat bo‗ldi. Natijada 
xuddi SDH/SONET kabi WDM ning oraliq satxi paydo bo‗ldi. Bunday 
satxni fizik interfeys ta‘minlaydi va u fizik satx orqali nafaqat 
SDH/SONET texnologiyalariga balkim ATM va IP texnologiyalariga ham 
optik uzatuvchi muhit orqali o‗tishni ta‘minlaydi. Bunday WDM 
texnologiyasi ATM yacheykalarini va IP paketlarini inkapsulyatsiyalashni 
talab qiladi. Bu esa o‗z navbatida qayta ishlash protsedurasini va 
trafiklarni transportlashtirishni shuningdek sarlavxa uzunligini etarli 
darajada kamaytirishni va trafiklarni uzatish sifatini oshiradi.
 
 


136 
WDM da multipleksorlash sxemasi 
Multipleksorlar va demultipleksorlar umuman olganda passiv 
kurilmalar xisoblanadi. Uning ishi to‗lqin uzunligini sezuvchanligiga 
boglik bo‗lgan uchta omil bilan xarakterlanadi: 

burchakli dispersiya; 

interferensiya; 

selektiv yutilish. 
Quyidagi 3.5-rasmda multipleksor/demultipleksorlarning tuzilishi 
ko‗rsatilgan.
3.5-rasm. WDM da multipleksorlash jarayoni 
Ular bir-biridan to‗lqin o‗tkazuvchi plastinalar soni bilan farq qiladi. 
3.5 a-rasmda nur tushayotgan kanal (signal)larning yigindisi kirishdagi 
to‗lqin o‗tkazgich orqali to‗lqin o‗tkazuvchi plastinaga tushadi. Undan 
keyin esa difraksion panjara ko‗rinishidagi juda ko‗p yoruglik 
o‗tkazgichlarga bo‗linadi. Bunda xar bir optik kanal yorug‗lik o‗tkazgich 
ko‗rinishida tasvirlanadi, keyin esa bu signallar oyna yuzasida aks qaytadi 
va ularni interferensiyasi to‗g‗rilanuvchi to‗lqin o‗tkazuvchi plastinkaga 
tushadi. Bu yyerda turli to‗lqin uzunliklariga mos keluvchi muxitda 
maksimumlar xosil bo‗ladi.
Multipleksorlash jarayonida to‗lqin o‗tkazgichlar aloxida optik 
kanallarni kiritish uchun xizmat qiladi. 3.5 b-rasmda juft to‗lqin 
o‗tkazuvchi plastinalarni ko‗llanilishi, ular bajaradigan funksiya bilan 
farqlanadi. Bu Yyerda fokuslash, kanallarni ajratish aloxida plastinalarda 
amalga oshadi. Multipleksorlar va demultipleksorlar passiv kurilmalar 
bo‗lganligi sababli ma‘lum bir mikdorda signalni zaiflashtiradi. Bu 
kurilmalardagi yo‗qotish 10-12 dbga yetadi, shuning uchun bunday 


137 
yo‗qotishlarni to‗g‗rilash maqsadida ularni optik kvant kuchaytirgichlar 
bilan ta‘minlash lozim. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport texnologiyalari bilan WDM modelining o‘zaro bog‘lanishi

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish