160
-
u katta yuklamalarda tarmoqqa rad etishlarni oldini oladigan va
99,999
foizdan
kam
bo‗lmagan
ishonchlilikni
ta‘minlaydigan
taqsimlangan va masshtablangan arxitekturaga ega bo‗lishi kerak;
-
u istalgan telekommuniksiya sessiya (qo‗ng‗iroq)ni qayta ishlash
ssenariyasini aniq nazorat qilish imkoniga ega modulni o‗z ichiga olishi
kerak;
-
u tarmoq infratuzilmasini boshqarishning
va sessiyalarini nazorat
qilishning yagona blokini o‗z ichiga oladi. Aloqa tarmoqlarining
intellektual pereferiyasini birlashtirish texnologiyalarda ularni qo‗llashdan
qat'i nazar, operatorlarning yuqorida ko‗rsatilgan takliflarga javob
beradigan qarorni amalga oshirishga yordam beradi. Shlyuzlarni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri emas, lekin oraliq qurilma billing tizimi ulangan dasturiy
kommutator (ingliz tilida Softswitch - dasturiy qayta ulagich, kommutator)
orqali
ulanganda, ishlab turgan tarmoqlar qurilish sxemasini kardinal
o‗zgarishsiz minimal xarajatlar bilan IP-telefoniyaning an'anaviy
sxemalaridagi tipik kamchiliklardan qutiladi.
NGN tarmog‗ida signalizatsiya protokollari o‗zlarining qo‗llanilish
xususyatlari bo‗yicha bir necha turlarga bo‗linadi, ya‘ni ular NGN
tarmog‗ining qanday tashkil etuvchilari o‗rtasida signalizatsiyani
ta‘minlashiga bog‗liq ravishda quyidagi turlarga bo‗linadi:
SIP va N.323;
MGCP;
N.248 MEGACO;
BICC;
SIGTRAN;
SCTP va x.z.
Keng polosali multiservis tarmoqlarda
turli tarmoq qurilmalari
o‗rtasida axborot almashinish tartibi ma‘lum bir standart protokollar
majmui yordamida amalga oshiriladi. Bu tarmoq protokollari vaqt o‗tishi
bilan tarmoqda yuzaga keluvchi muammolarga mos ravishda takomillashib
boradi.
Mazkur
protokollar
multiservis
tarmoqlarning
asosiy
protokollaridan biri xisoblanadi. Protokollarning o‗zaro xamkorlik sxemasi
quyidagi 5.1-rasmda tasvirlangan.
161
5.1-Rasm. Keng polosali xizmatlarni taqdim etuvchi multiservis
tarmog‗ida protokollar qo‗llanilishi