157
4.5-rasm. FG-GPON-OLT-SWITCH-CARD platasi
XDSL ga asoslangan keng polosali tarmoq xizmatlari
DSL texnologiyasi ham evolyutsion ravishda rivojlandi va bir nechta
modifikatsiyaga ega. Bugungi kunda DSL texnologiyalarining eng
istiqbolli va keng tarqalgan turlari haqida to‗xtalamiz.
Zamonaviy dunyoda keng polosali
xizmatlarning yaratilishiga
nafaqat operatorlar, balki foydalanuvchilarning katta qismi sababchi
bo‗ldilar. Ushbu xizmatlardan ba‘zilari juda yuqori ma‘lumotlar
uzatish
tezligi talab qiladi. Biroq, DSL texnologiyalaridan biriga ega bo‗lgan mis
liniyalar asosidagi tarmoqlar hali hamon aholining katta guruhining
ehtiyojlarini qondirish uchun etarli o‗tkazish polosasini ta‘minlay oladi.
DSL texnologiyasini eng asisiy ko‗rsatuvchi
xizmatlaridan biri bu
Internet xizmatidir. Bugungi kunda ADSL yuqori tezlikdagi Internetga
kirish xizmatlarida operatorning, ayniqsa mamlakatimiz shaharlarida,
asosiy standart taklifiga aylandi. Haqiqatan ham, ma‘lumotlar uzatish
tezligi uchun nisbatan oddiy foydalanuvchilar talablari hisobga olinsa,
telefon xizmatlari va Internetga kirishni bir fizik aloqa liniyasi orqali
taqdim qilish uchun qulay va arzon narxlardagi echim hisoblanadi.
Internetning asosiy maqsadi an'anaviy ravishda axborotni qidirish
hisoblanadi. Ammo hozirgi kunda internet yanada tijorat tuzilishiga
aylanmoqda.
Global tarmoq resurslaridan foydalanish
manbalaridan daromad
manbalari ikkita an'anaviy qismga bo‗linadi:
Internet-serfing;
elektron tijorat.
Birinchi holda, daromad reklama texnologiyasidan kelib tushadi.
Ba‘zi taniqli internet-portallariga internet serfing natijasida kuniga 4
158
milliondan ortiq tashrif buyurishadi. Bunday mashhurlik internet-
portallarni potentsial mijozlarni jalb qilish uchun qulay vosita aylantiradi
va reklama maqsadida foydalanishga imkon beradi.
Intellektual mulk qiymatining ortishi kuzatilmoqda. Bu Internetning
bugungi kunda nafaqat o‗yin-kulgi va yangiliklar manbasi bo‗lishidan
dalolat beradi balki u axborot bozorida bir supermarketka aylandi.
ADSL/ADSL2 + texnologiyalari zamonaviy Internet biznes tuzilmalari
uchun talablarga to‗la javob beradi.
IPTV-ning asosiy afzalliklari - video xizmatlarining
interaktivligi va
qo‗shimcha xizmatlarning mavjudligi. IP protokoli imkoniyatlarini nafaqat
video xizmatlarini, balki interaktiv va integratsiyalangan xizmatlarni
taqdim etishga imkon beradi. DSL tehnologiyasi IPTV xozmatlarini
taqdim etish uchun imkoniyatga ega. Chunki ADSL 2+ varianti IPTV
uchun etarli uzatish tezligini ta‘minlash imkonini beradi.
Keng tarmoqli tarmoqlarni rivojlantirish
yangi zamonaviy paketli
telefoniya xizmatlariga yo‗l ochib beradi. Tahlilchilarning fikriga ko‗ra,
klassik telefon tarmoqlarida mavjud bo‗lmagan xizmatlarning paydo
bo‗lishi "All Over IP" kontseptsiyasiga o‗tishning asosiy vositasi bo‗ladi.
Qisqa matnli xabarlarni uzatish uzoq vaqt mobaynida mobil aloqa
tarmoqlarida va Internet tarmog‗ida aloqaning ajralmas qismiga aylandi.
Ularning mashhurligi yaqin keluvchi NGN tarmog‗ida davom etishini
taxmin qilish mantiqan to‗g‗ridir. Bu ikkita xizmat:
Yagona xabarlashuv - universal xabarlarni uzatish. SMS, EMS,
MMS yoki videolar kabi xabarlarni yuborish qobiliyatini beradi;
Tezkor xat yozish - lahzali xabar almashish. Ikki yoki undan
ortiq abonentlar o‗rtasida (elektronik analogi)
matnli xabarlarni uzatish
imkonini beradi.
Bunday xizmatlarni faqat IP-tarmog‗iga ulanganda va ular yuqori
polosa kengligi talab qo‗ymaganligi uchun SHDSL texnologiyasi asosida
amalga oshirilishi mumkin.
Videokonferensaloqa va videotelefonlarni qo‗llab-quvvatlaydigan
mobil telefonlar ommaviy bozorida paydo bo‗lishi bilan korporativ
sektordan xususiy sektorga video-telefoniya va videokonferensaloqa
xizmatlarini ko‗rsatish imkoniyati paydo bo‗ldi.
DSL tehnologiyasi ham
statsionar holatda videokonferensiya‘ning yuqori sufatini ta‘minlash
imkoniga ega. Bunday hizmat uchun simmetrik ma‘lumot uzatish tezligini
ta‘minlay oluvchu DSL variant qo‗llanilishi lozim.