165
Oxirgi qurilmalar media oqimlarining
manbai yoki qabul
qiluvchisidir. MGCPda bo‗lgani kabi, ohirgi qurilma fizik yoki virtual
bo‗lishi mumkin.
Masalan, chaqiriqlarni boshqa raqamga yo‗naltirish terminal
qurilmani bir kontekstdan boshqasiga o‗tkazish orqali amalga oshiriladi va
videokonferentsiya bir nechta terminal qurilmalarini
umumiy kontekstda
joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
BICC (Bearer Independent Call Control) protokoli ITU
tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib NGN tarmog‗ida Softswitch larni o‗zaro
bog‗lanishlarida transport tarmoqlarida signalizatsiya axborotlarini
uzatilishini ta‘minlaydi. Ushbu protokol Q1901
tavsiyanomasi orqali
tavsiflanadi. Ammo bugungi kunda amaliy jixatidan softswitch larni
bog‗lashda BICC protokoli bilan birgalikda SIP protokolining variyanti
bo‗lgan SIP-T protokoli keng qo‗llanilishga ega.
BICC protoli faoliyat yurituvchi asosiy uzellar
(ISN) — interfeyga xizmat ko‗rsatish uzuli.
U kanallar
kommutsiyasiga asoslangan tarmoqga ulanish interfeysini ta‘miglaydi;
Tranzit uzeli (TSN) — Bitta softswitch tarmog‗i xududida BICC
protokoli asosida chaqiriq axborotlarnini tranzit va tranportirovkalash
fuksiyasini bajaradi.
Shlyuz uzeli (GSN) — ikki softswitch tarmog‗i
orasida BICC
protokoli asosida chaqiriq axborotlarnini va tranportirovka uchun
tarmoqlar aro shlyuz vazifasini bajaradi.
5.4-rasm. BICC protokolining ishlash tamoili
SIGTRAN. SIGTRAN - bu NGN tarmog‗i orqali UFTT ning
an'anaviy telefaniya xizmatniti ta‘minlanish uchun qo‗llaniladigan
protokollar tizimidir. Ya‘ni bu UFTT da qo‗llaniluvchi OKS 7
va ISDN
tarmog‗ida qo‗llaniluvchi ISUP signalizatsiya axborotlariga NGN
tarmog‗ida ishlov berilishini ta‘minlaydigan protokollar majmuidir
166
SIGTRAN atamasi signaling va transport so‗zlarini kombinatsiyasi
xisobiga xosil qilingan bo‗lib bu signalizatsiya
tizimi IETF ishchi guruxi
tomonidan yaratilgan. Bu signalizatsi tizimi ITU ning Q2719 tavsifnomasi
bilan tavsiflanadi.
SIGTRAN protokollar guruxi tarkibi bir necha qismlardan iborat.
Mazkur protokollar tizimi quyidagi protokollardan tashkil topgan bo‗lib
ularning har biri OKS7 signalizatsiya tizimining ma‘lum bir protokolini
NGN tarmog‗iga adaptatsiyasini ta‘minlaydi:
M2PA;
M2UA;
M3UA;
SCTP;
TALI;
IUA;
SUA.
5.5-rasm. OKS -7 signalizatsiya tizimi protokollarini SUGTRAN
protokollariga adaptatsiyasi