Wi-MAX ning ishlash rejimlari




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177
Wi-MAX ning ishlash rejimlari: Fixed Wi-MAX — fiksirlashgan 
kirish. Nomadic Wi-MAX — seansli kirish. Portable Wi-MAX — 
qaytadan joylashtirish rejimi bo‗yicha kirish. Mobile Wi-MAX — 
mobillashgan kirish. Fixed Wi-MAX. Fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz 
chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so‗nish 
tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to‗g‗ridan to‗g‗ri bir biriga 
ko‗rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu 
chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo‗lmish 
signalning ko‗pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 
Mbit/s gacha ko‗tarilishiga olib keladi. 
6.1-rasm. Wi-MAX stansiyalararo aloqa tarmog‗i 
Nomadic Wi-MAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol 
joydan joyga ko‗chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, 
foydalanishda davom etishi mumkin. Portable Wi-MAX. Portable rejimida 


171 
foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik 
ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining 
joydan-joyga ko‗chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To‗g‗ri, 
ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda 
foydalanish biroz muammoni tug‗diradi. Mobile Wi-MAX. 802.16e-2005 
standartida ishlab chiqilgan bo‗lib, foydalanuvchining joydan-joyga 
ko‗chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo‗lganda sifatli 
aloqani ta‘minlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi 
keltirilganlar orqali sanab o‗tishimiz mumkin.
Hozirgi paytda simsiz aloqaning qurilish texnologiyasi soddaligi va 
tizimlararo ma‘lumot almashish qulayligi, har qanday ob-havo sharoitida 
aloqani uzatish bir xilligi va simli aloqa liniyalari texnologiyalari orqali 
(bog‗langan holda) qulay aloqa qilishi orqali samaraliligi oshishi kabilar 
qulaylik yaratmoqda. Wi-MAX texnologiyasi orqali qo‗shimcha xizmatlar 
yaratish (Internet tizimga ulanish qulayligi va yuqori tezlikda ma‘lumot 
almashishi) va ularni ishonchli ishlatilishi texnologiyaning ustuvorligini 
ko‗rsatmoqda. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish