173
inson salomatligiga zarari ancha kamdir. Wi-Bro tizimida ham aloqani
taxminlovchi radio kanallar mavjud. Ular uplink (UL – BSdan SSga
signallarni uzatuvchi radiokanal) va downlink (DL – SSdan BSga
signallarni uzatuvchi radiokanal) deb nomlanuvchi fiksirlangan vaqt
oralig‗lariga bo‗linadi va ular ―freym‖ deb ataladi. 802.16 standartiga
asosan freymlarni vaqt bo‗yicha taqsimlash orqali dupleks TDD (Time
Division Duplex) kanallar hosil qilinadi. Wi-Bro tizimida radiokanallarni
ortogonal chastota bo‗yicha taqsimlashli ko‗p kirishli OFDMA
(Orthogonal Frequency Division Multiple Access) TDD ishlatiladi.
OFDMA TDD asosida hosil qilingan freymning 5 msek teng bo‗lib, ular
―simvol‖ deb nomlanuvchi aniq vaqt oralig‗idagi mantiqiy birliklar ketma-
ketligidan iborat. Freymning strukturasiga e‘tibor beradigan bo‗lsak, 27 ta
simvol DL, 15 ta simvol UL uchun ajratilgan. Uning tuzulishi quyidagi
rasmda keltirilgan: 4-rasm. Wi-Bro OFDMA TDD freym strukturasi Bu
yyerda MAP – freymning boshqaruvchi qismi bo‗lib, u o‗z navbatida DL
va UL pulsatsiya oqimlarini boshqaruvchilaridan iborat. Freym 16 ta
radiokanallardan iborat bo‗lib, bu kanallarda uzatiluvchi va qabul
qilinuvchi axborot oqimlari joylashtiriladi. SS dan BS orqali ma‘lumotlar
kontenti manbaiga DTG (Dinamic Traffic Generator) so‗rov paketlari
jo‗natiladi. O‗z navbatida DTG ham SS ga tasdiq paketini yuboradi va
ma‘lumotlar almashunivi amalga oshiriladi. O‗rganilayotgan loyihada
foydalanuvchilar quyidagi tur ilovalardan foydalanadi: VoIP (Voice over
IP) – tovush ma‘lumotlari Video streaming – video ma‘lumotlar HTTP
(Hyper Text Transfer Protocol) – internet xizmati FTP (File Transfer
Protocol) – fayllar almashinuvi.