178
Keyin esa Ethernet kabel yordamida ADSL-modemni kompyuterga
ulash lozim. Bunda Ethernet kabelning bir uchi ADSL-modemning
«Ethernet» qismiga, boshqa uchi kompyuterning tarmoq kartasiga ulanadi.
Bir necha telefon apparatidan foydalanilganda ulanish sxemasi
quyidagicha bo‗ladi:
6.7-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog‗iga ikki telefon
apparatining ulanish sxemasi
Ya‘ni, ofis yoki uyda mavjud bo‗lgan barcha telefonlar splitterning
«Phone» qismiga ulangan bo‗lishi shart. Qolgan ulanishlar esa yuqori
bayon etilganidek bajariladi. Agar siz ofis yoki uyda mini ATS dan
foydalansangiz, u holda telefon liniyasi avval splitterga, splittyerdan esa
kabel o‗z navbatida mini ATSga ulanishi kerak.
Agar ulanishning ushbu sxemasi noto‗g‗ri amalga oshirilsa, telefonda
gaplashilayotgan payt ATSdagi qurilmadan modem ―uzilib‖ qolishi
mumkin.
Kompyuterni sozlash Ethernet tarmoq kartasining TCP/IP protokol
parametrlarini sozlashdan iborat bo‗lib, ushbu tarmoq kartaga ADSL-
modem ulangan bo‗ladi. Kompyuterga o‗rnatilgan operatsion tizim turi va
kirish texnologiyasidan kelib chiqib sozlash o‗ziga xos yo‗l bilan
bajariladi.