• 2.6. Keng polosali abonent kirish tarmoqlarining qurilish usullari Simsiz keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurish usullari
  • Ethernet texnologiyasi.
  • Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/177
    Sana19.12.2023
    Hajmi6,74 Mb.
    #123225
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177
     
    Nazorat savollari 
    1. 
    Protokol tushunchasi qanday tushuncha? 
    2. 
    Keng polosali multiservis xizmatlarni taqdim etishda qanday turdagi 
    protokollardan foydalanadi. 
    3. 
    NGN tarmog‗i arxitekturasi qanday tashkil etilgan? 
    4. 
    NGN tarmog‗ida signalizatsiya protokollari qanday? 
    5. 
    Signalizatsiya protokollari qanday tasniflanadi? 
    6. 
    BICC protokoli NGN tarmog‗ida qanday maqsadda qo‗llaniladi? 
    7. 
    BICC protokoli NGN tarmoqlarida qo‗llanilishi qanday transport 
    tarmoqlarida qo‗llanilishi amalga oshadi? 
    8. 
    NGN tarmog‗ida BICC protokoliga alternativ sifatida qanday 
    signalizatsiya protokoli qo‗llaniladi? 
    9. 
    SIGTRAN protokoli NGN tarmog‗ida qaynday maqsadda 
    qo‗llaniladi? 


    167 
    10. 
    SIGTRAN va BICC protokollarining umumiy va farqli tomonlari 
    qanday? 
    2.6. Keng polosali abonent kirish tarmoqlarining qurilish usullari 
    Simsiz keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurish usullari: 
    So‗nggi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal 
    kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash hamda umumjahon Internet 
    tarmog‗iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi. Hozirgi kunda 
    deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud internetga 
    chiqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha 
    foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo‗lgan tarmoqqa ulanish 
    usullarini biroz ko‗rib chiqamiz.
    1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. 
    Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon 
    ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan 
    holda aloqa o‗rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga oshiriladi 
    hamda ma‘lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni 
    chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko‗pgina 
    kamchiliklari mavjud. Masalan: ma‘lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi 
    ta‘sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo‗qolish extimoli, 
    ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon 
    liniyasining butunlay band bo‗lishi. 
    2. xDSL. Ushbu texnologiya statsionar obyektlar uchun juda ham 
    maqbuldir. Mavjud telefon tarmog‗idan foydalangan holda bemalol ushbu 
    texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo‗lish mumkin, lekin liniyalar 
    mavjud bo‗lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi manziligacha olib 
    borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu 
    texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o‗rnatish uchun ham 
    foydalanuvchi ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma‘lum o‗rnatish va 
    tuzatishlar amalga oshirilishi lozim. 
    3. Ethernet texnologiyasi. Lokal tarmoq texnologiyasining eng 
    keng tarqalgan turi bo‗lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s 
    hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet 
    ning yutug‗i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu 
    texnologiya kamchiligi, bu uning ma‘lum masofadagina ishlay olishidir. 
    Agarda vitaya para kabelini oladigan bo‗lsak, u holda tarmoq masofasi 100 
    metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma 
    qo‗yishga to‗g‗ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin 


    168 
    qo‗shni binolarni bir tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda 
    qimmatga tushishi mumkin. 
    4. Wi-Fi texnologiyasi orqali ma‘lumot uzatish. Ushbu texnologiya 
    Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 
    100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish 
    imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta‘minlash uchun esa 
    juda ham ko‗p Wi-Fi nuqtalari o‗rnatilishi lozim bo‗ladi. Bu esa 
    texnologiyaga bo‗lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan 
    yana biri shuki, abonent, ya‘ni foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi 
    nuqtaga ko‗chganida, ma‘lumot almashinish hamda ulanishda to‗xtovlar 
    vujudga kelishidir. Yuqorida ko‗rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari 
    bugungi kunda qo‗yilayotgan yuqori o‗tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda 
    mobillik darajalarini o‗zida qizman yohud to‗liq aks ettira olgani bilan, 
    narx bo‗yicha bugungi operatorlarga to‗g‗ri kelmaydi. Aynan ushbu 
    muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo‗lmish IEEE 802.16 
    standartli Wi-MAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) 
    texnologiyasi hal qilishi mumkin. Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish 
    va rivojlantirish maqsadida 1999-yilda WiMAX-forumi ochildi va Wi-
    MAX texnologiyasiga quyidagi talablar qo‗yildi:
    1. Katta bo‗lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, chetki 
    (chetlashtirilgan) 
    obyektlar 
    Wi-MAX 
    texnologiyasi 
    asosida 
    kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo‗lishi, 
    rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5 million aholini shu hisob ichidan 100 ta 
    odam ATs larga ulanmagan va yirik shaharlar bilan simli aloqa orqali 
    axborot, ma‘lumot almashish sharoitiga ega bo‗lmagan aholini 
    kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini 
    yaratish. 
    2. Wi-MAX texnologiyasi orqali Yer kurrasidagi aholining teng 
    yarmini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga erishish.
    Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal 
    simsiz aloqa orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya va 
    axborot xizmatlaridan foydalanish sharoitini yaratish bo‗ldi. Bu orqali Wi-
    MAX texnologiyasi quyidagi farqlarga ega bo‗ldi: 

    Simli aloqa va yo‗ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga 
    iqtisodiy tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial 
    abonentlarga erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, 
    (statsionar) abonentlar sonini oshirish bilan birga ularga kommunikatsiya 
    va axborot xizmatlaridan foydalanishni sifatli yo‗lga qo‗yish; 


    169 

    Simsiz 
    aloqa 
    tizimlari 
    boshqa 
    simli 
    texnologiyalar 
    bilan 
    moslashuvchanligi. Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish 
    (masshtablashtirish) imkoniyati paydo bo‗ladi; 

    O‗rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan 
    xarajatlarni kamaytirilishiga olib keladi; 

    Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim 
    hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo‗ljallangan ko‗p 
    simsiz aloqa tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig‗ida to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
    ko‗rinishga ega bo‗lishi kerak; 

    Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo‗lganligi sababli 
    lokal va korporativ tarmoqlarda qo‗llanilishi mumkin.
    Wi-MAX texnologiyasi imkoniyatlari: Wi-MAX texnologiyasi har 
    qanday, shu jumladan zich shahar imoratlari sharoitlarida ishlashga, aloqa 
    yuqori sifati va malumotlar uzatish katta tezligini ta‘minlashga imkon 
    beradi. Wi-MAX texnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilib, 
    kompaniyalar bo‗limlari o‗rtasida tarmoqni tashkil qilib va ilgari an‘anaviy 
    texnologiyalar sababli imkoni bo‗lmagan boshqa masalalarni hal etib 
    ―oxirgi nuqta‖ keng polosali ulanishlarni yaratish uchun foydalanish 
    mumkin. Wi-MAX texnologiyasi yuqori tezliklarda Internetga ulanishni, 
    Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda keng zonalarni qoplash va ishonchlilikni 
    ta‘minlashga imkon beradi. Wi-MAX texnologiyasi - bu butun shahar 
    hududida tashkil qilinadigan keng polosali simsiz ulanish tarmog‗i, 
    resivyerdan baza stantsiyasigacha masofa esa kilometrlar bilan o‗lchanadi. 
    Wi-MAX qayd etilgan, mobil va harakatdagi ulanish senariylarini 
    ta‘minlaydi. Aloqa bilan ta‘minlash masofasi-60 km, ulanish tezligi — 60 
    Mbit/s gacha. Wi-MAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: Wi-MAX 
    sistemasi ikki asosiy qismdan iborat: 
    1. 
    Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus 
    ustinga o‗rnatilishi mumkin).
    2. 
    Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki 
    tashqi kartalar form faktori asosida).
    Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog‗lanishi 
    uchun o‗ta yuqori chastota diapazonidan (O‗YuCh) foydalaniladi. 2-11 
    GHz. Bu bog‗lanish agar ideal darajada bo‗lsa, unda ma‘lumot uzatish 
    tezligi 20 Mbit/s gacha bo‗ladi. Bu bog‗lanish abonent va server orasida 
    to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗rinish talab etmaydi. Shuni yodda tutish lozimki, Wi-
    MAX texnologiyasi nafaqat «oxirgi nuqta» («so‗nggi mil»), balki regional 
    tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog‗lashda bemalol 


    170 
    qo‗llash mumkin. Qo‗shni baza stansiyalari bilan O‗YCh (o‗ta yuqori 
    chastota 10-66 GHz) to‗g‗ridan-to‗g‗ri radioaloqa rejimida doimiy 
    bog‗lanish o‗rnatiladi. Bunday bog‗lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma‘lumot 
    almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to‗g‗ridan to‗g‗ri 
    ko‗rish orqaligina bir biri bilan ma‘lumot almashinishi bu Wi-MAX ning 
    minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga 
    nima ham yuqorida bir-biri bilan bog‗lanishga orada to‗siq bo‗la olardi.

    Download 6,74 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   177




    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

    Download 6,74 Mb.
    Pdf ko'rish