Simsiz keng polasali kirish tarmoqlari va ularni qurish usullari
Keng polosali simsiz tarmoqlar (Broadband Wireless Network-
BWN) turli radioaloqa tarmoqlarini o‗zida mujassam qiladi va
abonentlarni o‗zaro axborot almashinishlari yoki abonentlarni boshqa
telekommunikatsiya tarmog‗ining axborot resurslariga yuqori tezlikda
(odamda B≥1 M bit/s) ulanish imkonini beradi. Bunday tarmoqlarning
formal ta‘rifi quyidagicha:
Keng polosali simsiz tarmoqlar bu – teхnik tavfsiflari quyidagi
talablarga javob beruvchi radiokanallar bilan o‗zaro bog‗langan uzellar
majmuidir:
Radio kanal resursi umum foydalanishdagi bo‗lishi lozim;
Bandwidth- chastota polosasi kengligi bir necha MHz va
shuncha ma‘lumot uzatish tezligi sekundiga bir necha Mbitni tashkil
qilishi lozim;
124
Tarmoq
uzellari
tarkibidagi
jihozlar
arxitekturasi
va
joylashuviga bog‗liq ravishda bir- biriga nisbatan to‗g‗ridan- to‗g‗ri
ko‗rishga ega holatda (line of sight) yoki bir- biriga nisbatan ixtiyoriy
holda, ya‘ni, to‗g‗ridan- to‗g‗ri ko‗rish nazarda tutilmagan holda
joylashishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflar va belgilanishlar asosida ta‘kidlash
mumkinki, BWN ning asosiy vazifasi kichiq o‗lchamli hududlarda simsiz
ulanishlarni ta‘minlash bilan bir qatorda, ushbu simsiz keng polosali
tarmoq abonentlarini transport tarmog‗i orqali boshqa telekommunikatsiya
tarmog‗i resurslariga ulanishlarini ta‘minlashdir (4.8-rasm). Turli BWN da
yuqoridagi vazifalarning biri prioritetga ega bo‗lishi mumkun va bunga
bog‗liq ravishda simsiz keng polosali tarmoqlarni ikki kotigoriyaga
ajratish mumkun:
Ikki va undan ortiq local kirish tarmoqlarini o‗zaro bog‗lash
vazifasini bajaruvchi simsiz keng polosali kirish tarmoqlari (Broadband
Wireless Access Network).
2.8-rasm. Local kirish tarmoqlarini o‗zaro simsiz bog‗lanishini
ta‘minlovchi keng polosali simsiz tarmoq
Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari. Bunday tarmoqalarda
foydalanuvchilar o‗rtasida ma‘lumot almashinishni ta‘minlash asosiy
vazifadir.
125
2.9-rasm. Keng polosali mobil aloqa tarmoqalari
Simsiz keng polosali tarmoqlarining paydo bo`lishi va dunyo bo`ylab
juda
keng
miqyosda
qo`llanilishi
telekomunikatsiya
tarmog`i
abonentlarining axborot uzatish tezligiga va uzatiladigan axborotning
xajmiga bo`lgan talablarini keskin ortib ketishiga olib keldi. Bu asosan XX
asrning to`rtinchi choragida yaqqol namoyon bo`ldi. Aynan o`sha
davrlardan boshlab axborot va axborot almashishning jamiyatning ishlab
chiqarish faoliyatining muhim jihatiga aylandi. Shu tariqa bugungi kunga
kelib jamiyat azolarining individual bevosita muloqoti shakli sezilarli
darajada telekomunikatsiya vositalari orqali muloqot shakliga o`ta
boshladi. Masalan sotsial tarmoqlar (network socicty).
Yangi davrning talablarini qondirishga simsiz aloqadan foydalanish
eng samarali yechim bo`la oladi. Bunga sabab simsiz aloqa tizimlari
uzatish qurilmalarining joylashishi o`rniga bog`liq bo`lmagan holda, xar
qanday
vaqtda
aloqa
jarayonini
tashkil
qilish
imkoniga
ega.
Radioto`lqinlarning tarqalish xususiyati va radio vositalar orasidagi o`zaro
halaqitlarning mavjud bo`lmasligiga qo`yiladigan talablarni hisobga olgan
holda, radioaloqaning hamma joyda va ommaviy ravishda qo`llanilishiga
to`sqinlik
qiluchi
omil
sifatida
radiochastota
resurs
(DUP)ni
cheklanganligini keltirish mumkin. Simsiz tarmoqlarning o`tkazgichli
tarmoqlar bilan hamkorlikda, vazifalarni quyidagi tartibda bo`lib olinishi
asosida faoliyat ko`rsatishi natijasida bu radio chastota resursi
cheklanganligi muammosini hal qilish mumkin:
126
o`tkazgichli ( elektir yoki optik ) yoki sun‘iy yo`ldoshli (radio releyli
aloqa tarmog`I orqali kichiq o`lchamli simsiz kirish tarmoqlarini o`zaro
ulanishlarini ta‘minlaydi;
simsiz kirish tarmoqlari esa yuqorida sanab chiqilgan barcha
afzalliklarga ega bo`lgan holda abonentlarni simsiz o`zaro ulanishlarni va
ularni transport.
Kichiq o`lchamdagi simsiz tarmoqlarni tashkil etishda kam quvvatli,
o`rta yuqori (UHF) va o`ta yuqori (SHF – Super High Frequency )
chastotalar diapazonidagi radio signallardan foydalaniladi va bunda signal
manbadan uzoqlashgan sari jadal ravishda so`nib boradi. Bu ikki omil
o`zaro yaqin joylashgan ikki simsiz kirish tarmog`ida bir xil chastotadan
foydalanishga imkon beradi va xar ikki hududda keng polosali simsiz
kirish tarmog`i tashkil etiladi.
BWN lar ulardagi tarmoq uzellarini hududiy joylashuvi va ularning
qamrov hududining o`lchashga bog`liq ravishda quyidagi to`rtta asosiy
turga bo`linadi:
1)
Shaxsiy simsiz tarmoq ( WPAN-Wireless Personal Area
Network ). Bunday tarmoq abonentning xonasi yoki ishchi stoli hududida
o`tkazgichli ulanishlardan voz kechish maqsadida qo`llanilib aloqa
masofasi shartli ravishda 10m gacha belgilangan. WPAN tarmog`iga misol
qilib shaxsiy kompyuter va uning periferiya qurilmalarini simsiz ulanish
tarmog`ini yoki xo`jalik multimedia qurilmalarini bog`lanish tarmog`ini
keltirish mumkin.
2.10-rasm. WPAN - simsiz shahsiy tarmoq
127
2)
Lokal simsiz tarmoqlar ( WLAN- Wireless Local Area
Network). Bunday turdagi simsiz tarmoqlar R=100m ga teng radiusli
hududlarda simsiz keng polosali kirish tarmog`ini tashkil qilish uchun
qo`llaniladi. Bunday WLAN tarmoqlariga ofislardagi, mexmonxonalar,
aeroportlardagi, shuningdek xususiy xonadonlardagi simsiz kirish
tarmoqlarini (masalan Wi-Fi yasashda) misol keltirish mumkin.
2.11-rasm. WLAN- simsiz lokal tarmoq
3)
Shahar simsiz tarmog‗i (WMAN-wireless Metropolitan Area
Network ) katta bo‗lmagan aholi yashash punktlari hududida yoki katta
shaharlarning administrativ hududlarida (kvartal yoki boshqa.) simsiz
tarmoqlarni tashkil etishga mo‗ljallangan. WMAN tarmog‗i uzellari
orasidagi masofa 100 m dan bir necha o‗nlab kilometrlargacha bo‗lishi
mumkin. WMAN ga misol sifatida kichiq shaharlardagi Wi-MAX
tehnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlarini obektlari tarqoq
joylashgan katta hududga ega tashkilot yoki zavodlar hududidagi simsiz
tarmoqlarni keltirish mumkin.
Shuningdek chet el davlatlarida ko‗lami katta hududga yoyilgan
universitet simsiz tarmoqlarini kompus tarmoqlari (CAN-Campus Area
Network ) deyiladi.
128
2.12-rasm. WMAN- Shahar simsiz tarmog‗i
Uyali mobil aloqa tarmoqlari regional yoki milliy masshtabdagi
hududlarda
120
km/soat
gacha
tezlikda
harakatlanayotgan
foydalanuvchilarni mobil (harakatdagi) aloqa bilan ta‘minlashni ko‗zda
tutadi. Uyali mobil aloqa tarmoqlarining strukturasi uzatish va qabul
qilishni amalga oshiruvchi uzellar (bazaviy stansiya - BTS) dan va bir uzel
xizmat ko‗rsatish hududidan boshqa bir uzel hududiga ko‗chib o‗tganda
abonentlarning ayni paytdagi joylashgan uzel hududini (joylashgan o‗rnini
shuningdek) aniqlash va bu abonentni uzliksiz aloqa bilan ta‘minlash
vazifasini
bajaruvchi
kommutatsiya
jihozlaridan
tashkil
topadi.
Tarmoqning qamrov hududi yacheykalarga (uyalarga) bo‗linadi.
Transport tarmog‗i sifatida elektr o‗tkazgichli, radioreleyli va optik
kabelli tizimlardan foydalanilishi mumkin.
Ta‘kidlanganidek simsiz keng polosali tarmoqlar simsiz ulanishi
mobil stansiyalar (MS-abonentlar) ni o‗zaro ulanishiga yoki bu MS larni
boshqa telekommunikatsiya tarmog‗iga ulanishlarini ta‘minlash mumkun.
Aynan qay bir vazifasi birlamchi hisoblanishiga bog‗liq ravishda BWN
larni ikki xil kategoriyaga mumkin. BWAN (Broad wireless access
network) keng polosali simsiz kirish tarmoqlari. Bunday BWAN
tarmog‗ining asosiy vazifasi MS larni boshqa telekommunikatsiya
tarmog‗I resurslariga simsiz ulanishlarini ta‘minlashdir. Masalan Wi-Fi va
Wi-MAX texnologiyasi asosidagi simsiz kirish tarmoqlari.
129
Uyali aloqani keng polosali tarmoqlari. Bunday simsiz keng
polosaning asosiy birlamchi vazifasi MS larni o‗zaro bog‗lanishlarini
ta‘minlashdir.
|