66
sinxronlash aniqligiga qaratilgan TDM tizimlaridan
farqli ravishda spektr
bo‗yicha
zichlashtirilgan
tolali
optik
aloqa
tizimlarida
alohida
signallarning parametrlari avvaldan aniq ma‘lum bo‗lgan spektral tashkil
etuvchilari bo‗yicha multiplekslanadi va demultiplekslanadi (7.1-rasm).
Interferension filtrlar asosidagi multipleksorlash texnologiyasi ancha
qadimiy va keng tarqalgan texnologiya xisoblanadi. U Fabri-Pero
rezonatori ish prinsipida ishlaydi.
Bitta
interferension filtr
1
l
.....
n
l
oqimni
1
l
va
2
l
.....
n
l
oqimga ajratadi.
Bunda ko‗p to‗lqinli oqimdan faqat bitta tashuvchini ajratib olishi
mumkin. n ta tashuvchini demultipleksorlash uchun esa n ta filtr o‗rnatish
kerak bo‗ladi.
Multipleksor Demultipleksor
7.1-rasm. To‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa
tizimlarida multiplekslash va demultiplekslash jarayonlari.
Optik multiplekslash va demultiplekslash
kombinatsiyalashgan yoki
o‗zaro ketma-ket joylashgan tor oraliqli (polosali) filtrlardan foydalanishga
asoslanadi. Optik signallarni filtrlash uchun, jumladan, yupqa pardali
filtrlar, tolali yoki
bregg difraksiya panjaralari, payvandlangan tolali
shahoblagichlar, suyuq kristallar asosidagi filtrlar, integral optik
qurilmalari (fazar deb ataladigan fazali to‗lqin
uzatgichli difraksiya
panjaralari) dan foydalaniladi.
λ
1
λ
n
λ
n
λ
1
λ
2
λ
3
λ
4
λ
5
λ
2
λ
3
λ
4
λ
5
67
Multipleksorlar tolali WDM optik aloqa tizimlaridan tashqari,
shuningdek, tolali optik kuchaytirgichlarda, mahalliy tarmoqlarda
signallarni to‗lqin uzunligi bo‗yicha marshrutlash chog‗ida
va boshqa
ayrim hollarda ham qo‗llaniladi.
Multipleksorlar yig‗iluvchi va ajratiluvchi optik signallar (kanallar)
soniga qarab ikki guruhga bo‗linadi [ 1 ] :
- to‗lqin uzunligi bo‗yicha kanallar orasidagi masofa 20 nm dan kam
bo‗lmagan bir necha (4 tagacha) spektral kanallarni birlashtiruvchi
multipleksorlar;
- spektral kanallar orasidagi masofa 0,4, . . . , 1,6 nm oraliqda yotgan
hamda 4 tadan ko‗p — 8 ta, 16 ta, 32 ta va undan ko‗p sondagi kanallarni
birlashtiruvchi multipleksorlar.
Hozirgi vaqtda qo‗llaniladigan spektr bo‗yicha zichlashtirilgan
(WDM) optik aloqa tizimlarida alohida kanallar
orasidagi chastotaviy
oraliq 100 GGs (0,8 nm) ni tashkil etadigan optik multiplekslovchi va
demultplekslovchi qurilmalar eng keng qo‗llaniladi. So‗nggi yillarda
yaratilgan multiplekslovchi qurilmalar 50 Ggs va undan kichik chastotaviy
oraliqda joylashgan kanallarni uzatishni ta‘minlash imkonini beradi.
Zamonaviy multipleksorlar asosan yupqa pardali filtrlar va biroz kamroq
darajada to‗lqin uzatgichli difraksiya panjaralari matritsalari
hamda bregg
panjaralari asosida tayyorlanadi. To‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirilgan
optik aloqa tizimlarida kanallar joylashuvi zichligini yanada oshirish,
multiplekslovchi
optik
quril-malarga
qo‗yiladigan
talablarning
qat‘iylashuvi jarayonida foydala-niladigan texnologiyalarning turi
o‗zgarishi mumkin.