19
tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar TOA tizimlari shahar
telefon tarmog‗ining bog‗lovchi liniyalarini
zichlashtirish uchun xizmat
qiladi.
1.5. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini
zichlashtirish usullari
TOAT liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt,
chastota va to‗lqin uzunligi bo‗yicha.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion
oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik
signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Elektrik
signallar darajasida vaqt bo‗yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining
tuzilish sxemasi 2.1-rasmda ko‗rsatilgan .
2.1-rasm. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‗yichazichlashtirilgan
TOA tizimining liniya trakti.
A va V kirishdan tushayotgan elektrik signallarning ikki qism
impulslari (N manba bo‗lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ)
yordamida vaqt bo‗yicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga
birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatgich
OUzda optik tashuvchini
modulyasiyalaydi. Optik nurlanish OT bo‗ylab tarqaladi va optik qabul
qilgich OQq da qaytadan elektr signaliga o‗zgartiriladi. So‗ng bu signal
ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A
1
va V
1
chiqishlariga
beriladigan
impulslarga ajratiladi.
Optik va raqamli oqimlarni birlashtirish sxemasi 2.2–rasmda
ko‗rsatilgan.
BQ
OUz
OQq
AQ
А'
В'
А
В
OT
20
2.2-rasm. Optik signallar darajasida vaqt bo‗yicha zichlashtirilgan
TOA tizimining liniya trakti.
N manbadan elektrik raqamli oqimlar N optik uzatgich OUzga
tushadi. OUz da elektr signallar optik signallarga o‗zgartiriladi. Optik
signallarni birlashtirishdan oldin ularni Δt;2Δt;3Δt;...( N -1) Δt ga
kechikishi ro‗y beradi. Bunday kechikishdan keyin optik siljitgich (OS)
chiqishida optik impulslar ketma-ketligiga ega bo‗lamiz.
Qabyl qilishda
bunga teskari jarayon amalga oshiriladi.
Vaqt bo‗yicha zichlashtirishda qisqa (10
-9
S va undan kichik)
yorug‗lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli
impulslarni uzatish TOAT uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining
optoelektron
qurilmalarining
oxirgi
imkoniyatiga
yaqin
bo‗lgan
tezkorligiga juda yuqori talablar qo‗yadi. Bundan tashqari optik tolaning
dispersiya xususiyatlari
tufayli uzatish tezligi, o‗tkazish oralig‗i ham
chegaralangan. Vaqt bo‗yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT
o‗tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsientining ortishi va
to‗liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi
hisoblanadi.