|
Engilligi, xajmi va o‘lchamlarining kichikligiEngilligi, xajmi va o‘lchamlarining kichikligi. Optik kabellar mis
kabellar bilan solishtirilganda ancha engil va xajmi kichik. Masalan, 900
juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta optik tola
bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya
qobiqlaridan iborat va bron po‗lat lenta bilan qoplangan bo‗lsa, bunday
tola diametri 1,5 sm ga teng bo‗ladi, bu esa ko‗rilayotgan mis kabel
diametridan bir necha marta kichik.
Optik tolaning bu afzalligi optik kabelli liniya traktlarini qurishda
ancha engilliklar yaratadi. Engilligi va o‗lchamining kichikligi tufayli
optik tolaning samolyot, vertolyot va boshqa transport vositalarida
ishlatilishi tolali optik aloqaning juda muhim yutug‗idir. Masalan,
axborotlarni yig‗ish va boshqarish vazifalarini bajarish uchun maxsus
jihozlangan samolyotlarda bog‗lovchi kabellar og‗irligini 1 tonnadan
oshiqqa kamaytiradi [2].
Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radio to‗lqin
diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan
axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda
eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz
nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qo‗llab, darxol ruhsatsiz
tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini o‗chirishi va xavf (trevoga)
signalini uzatishi mumkin.
Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qo‗llovchi
tizimlar tebranishlarga, bosimni ozgina og‗ishlariga sezuvchanligi juda
yuqori. Xukumat, bank va ma‘lumotlar himoyasiga yuqori talablar
qo‗yiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil
etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir [1].
Yong‘indan
himoyalanganligi. Optik tolada
uchqun hosil
bo‗lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va
yong‗in xavfi mavjud bo‗lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.
|
| |