Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/177
Sana19.12.2023
Hajmi6,74 Mb.
#123225
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177
kirish uzellari bo‘yicha taqsimlash. 
Terminallarning kirish 
uzellari 
bo‗yicha xizmatlar turlarini 
ko‗rsatgan holda grafik yoki jadval ko‗rinishida aks ettirish. 
- Har bir xizmatga buyurtma berilganda terminal yuzaga 
keltiradigan solishtirma yuklama. 
Har bir terminal yuzaga keltirgan yuklama, statik yoki normativ 
asosida baholanishi mumkin. 

Har bir xizmatga mos yuklamani statik xususiyati. 
2.1-rasmda E1 interfeysning sutka soatlari va xafta kunlari bo‗yicha 
kompressorlangan nutq axboroti bo‗lgan paketlar oqimlari bilan yuklash 
grafiklari tasvirlangan. 
Rasmdan ko‗rinadiki uzatilayotgan axborotning cho‗qqi xajmlari va 
uzatilayotgan axborotning o‗rta hajmi orasidagi nisbat 2-3 diapazonida 
yotuvchi yetarlicha barqaror kattalik hisoblanadi. 
Hisoblashlarda bu nisbatni 2,5ga teng qilib olish mumkin. 
Ma‘lumotlarni uzatish xizmatlari uchun ham cho‗qqi va o‗rtacha 
yuklanishlar orasida xuddi shunday nisbatni kuzatish mumkin. 


395 
2.1- rasm. E1interfeysning sutka soatlari (yuqorida) va xafta kunlari 
(pastda) bo‗yicha kompressorlangan nutq axboroti bo‗lgan paketlar bilan 
yuklash grafiklari 
Interfeysda ma‘lumotlar oqimi bilan hosil bo‗ladigan yuklanishni, 
axborotlarni 
IP-tarmoqda 
yetkazib 
berish 
vositalarini 
qo‗llash 
samaradorligi koeffitsientini, pachkalilik koeffitsientini va uzatish tezligini 
bilgan holda hisoblash mumkin. 
Mavjud umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlaridan axborotlar 
oqimlarini paketli multiservisli tarmoqlarga ko‗chirish uchun UfAT 
(umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlari, UfAT)da mavjud qaror topgan 
trafikni taqsimlash modelidan foydalanish mumkin. 
Tarmoq serverlari xizmatlarini (web, E-mail, DNS, FTP, billing, SN 
va boshqalar) ta‘minlashni talab etadigan manbalar hosil qiladigan 
yuklamani hisoblashda, bu serverlarning tarmoq uzellari (CN)ga ulanish 
nuqtalari bo‗yicha joylashtirishni hisobga olish zarur. 
Barcha xizmatlar uchun axborotlarni yetkazib berishning talab 
etilgan sifatini ta‘minlash uchun, trafikning barcha turlari orasida ma‘lum 
nisbatga rioya qilish zarur. Kechikishlarga eng moyil bo‗lgan axborot 
turlari, bu haqiqiy vaqtda yetkazib berilishi kerak bo‗lgan axborotlar 
hisoblanadi. 
Agar haqiqiy vaqt trafigi uchun talab etilayotgan o‗tkazish qobiliyati 
30% ga yetsa, interfeysning umumiy o‗tkazish qobiliyatidan, u holda bu 
turdagi axborotni yetkazib berish sifati keskin pasayadi. Shuning uchun 
tarmoqni loyihalashtirish va tarmoqdan foydalanishning boshidagi 
bosqichda, barcha turdagi axborotlarni eltib berishning kafolatli sifati 
uchun haqiqiy vaqt trafigi/tranzaksiyalar / ma‘lumotlar orasida 30/30/40 
nisbatga amal qilish zarur. 


396 
Paketli tarmoq bo‗ylab (IP-telefoniya) so‗zlashuv axborotlarini 
uzatish uchun quyidagilarni baholash zarur: 
- foydalanuvchilar soni; 
- G.7xx/RTP/UDP/IP/MPLS (birlamchi tarmoq texnologiyalari) 
profili uchun ortiqcha trafik. 
So‗zlashuv terminallari yaratgan yuklamani quyidagi uch usuldan 
biri bilan hisoblash mumkin: 
- solishtirma yuklama qiymatlari bo‗yicha, erlang hisobida; 
- IP texnologiyaning protokolli ortiqchaligi (Ethernet+IP+UDP+RTP 
protokollar sarlavhalari) va o‗tkazish oralig‗ini zahiralashni hisobga olgan 
holda, kodeksning har bir turi uchun ma‘lumotlarni talab etilgan uzatish 
tezligi bo‗yicha, Kbit/s 
- T

so‗zlashuv seansining o‗rtacha statistik uzunligida, s va 
audiokodeksning V tezligida Kbit/s uzatiladigan ma‘lumotlarning hajmi 
bo‗yicha; (bir seans davomida Q=T
s
 V Kbit hajmni uzatishi zarur). 
Kechikishga sezgir bo‗lgan axborotni eltib berish sifatini oshirish 
uchun ustunliklar (Diff-Services) yordamida differensiallashgan 
mexanizmlardan hamda RSVP, RAS va boshqa protokollar yordamida 
interfeysda (Int-Services) kanalning zarur o‗tkazish oralig‗ini zahiralash 
mexanizmlaridan ham foydalanish mumkin. 
Paketli tarmoqda bu ikki mexanizmdan foydalanishda kanalning 
emulyatsiyasi uchun sharoitlar yaratiladi. Bunday emulyatsiyalangan 
kanalning TDM telefoniyadagi kanaldan farqi, uning o‗tkazish oralig‗ini 
qulay holda prinsipial o‗zgartirish hisoblanadi. 
ATM, 
MPLS 
yoki 
VLAN/Ethernet 
texnologiyali 
transport 
tarmoqlarida axborotlarni eltib berishning quyidagi sinflari nazarda 
tutilgan: 
- CBR (ATM) yoki EF(IP/MPLS); 
- RT – VBR (ATM) yoki AF1 (IP/MPLS). 
EF (IP/MPLS) deganda to‗siqsiz (tezkor) manzilli o‗zgartirish sinfi 
(Expedited Forwarding, EF), AF1 (IP/MPLS) deganda esa kafolatlangan 
manzilni o‗zgartirish sinfi (Assured Forwarding, AF) tushuniladi. 
Paketlitarmoqda CBR/EF sinfi uchun minimal zarur bo‗lgan 
o‗tkazish oralig‗i zahiraga olinadi. Yetkazib berishning aynan ana shu 
xizmatlar sinfi boshqa tarmoqlardan kelib tushadigan axborotni qayta 
jo‗natish uchun paketlar kommutatsiyali tarmoqda kanallarni emulyatsiya 
qilishga imkon beradi. 


397 
2.2-rasm. IP-tarmog‗ida so‗zlashuv axborotini yetkazib berishni 
ta‘minlovchi protokollar 
Bunda so‗zlashuv axborotni eltib berish uchun eng qulay sharoitlar 
yaratiladi. Biroq sifatning bu sinfi tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning 
eng ko‗p ortiqchaligiga mos keladi. Masalan, G.711 audio kodekdan 
foydalanilganda (kodlash tezligi 64 Kbit/c) 128 Kbit/c tezlikka mos 
keluvchi o‗tkazish oralig‗ini zahiralashi zarur, bu esa TDM telefoniyaga 
nisbatan ikki marta kattadir. Agar tezligi ancha past bo‗lgan audio 
kodeklardan foydalanilsa (masalan, G.729-8 Kbit/s) u holda ajratilayotgan 
kanalning o‗tkazish oralig‗ining kengligini ancha kamaytirish mumkin. 

Download 6,74 Mb.
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177




Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat

Download 6,74 Mb.
Pdf ko'rish