|
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”)
|
bet | 4/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #236171 |
Bog'liq Akademik yozuv 1.2.32-Mustaqil ta’lim: Taqriz yozish.
Jong'a zulmingni nechakim ko'ngil istar, oncha qil, Men cheka olg'oncha demon, sen qila olg'oncha qil.
(Hazrat Mir Alisher Navoiy)
Hikoyani o'qib chuqur o'yga toldim. Bir qancha savollar, hozir ham hayolimda gir aylanib yuribdi. Bugungi kunimizda "Janob"dek "navoiyshunos"lar bormi? Hazrat Alisher Navoiy zamonida yashayotgan, uning mazmun mohiyatini anglab yetayotgan va boshqalar uchun ham anglashga yordam berayotgan "Janob"lar atrofimizda yetarlimi? Yoyinki, bu avlod Hazrat Alisher Navoiyni faqatgina "Navoiy" sifatidagina taniyabdimi?
Bu avlod faqatgina, "qo'shiqnavis ulug'ining muxlisi, muxlisi ne, sadoqatli quli"mi?
Yoki...? Shu va shunga o'xshash savollarni mulohaza qilar ekanman, xotirimdan "Janob"dek bir qancha to'qima va hayotiy qaxramonlar gavdalandi. Ularning barchasining taqdiri bir bo'lmasada, ayrimlariniki o'xshash bo'lgan. "Yana o'sha mirg'azablar, yana o'sha oq xalatli norpolvonlar, yana em... Keyin..."
Hikoyadan anglashilishicha, "Navoiyni o'qigan bolalar" o'sha davrdayoq barmoq bilan sanarli bo'lgan. Bunga yozuvchining o'zi ham ishora qilib o'tgan. Bugungi kunimizdagi holat esa, deyarli barchamizga ayon. Mir Alisher Navoiyning asarlarini mohiyatini anglab yetish tugul, uni ochib ham qo'ymaymiz. Harzat Alisher asarlari kutubxonalarda, uylarimiz javonlarida va afsuski xontaxta "oyoqlari" ostida chang bosib yotganligi bor gap. Hikoya tafsilotlariga to'xtab o'tirmadim. Voqealar va qaxramonlarni bugungi kunimizga mengzash foydaliroq deb bildim.
Lekin bir holatni ta'kidlab o'tish o'rinli: -"Janobning taqdiri ayanchli bo'lsada, u o'zining tengdoshlari, kursdoshlari, keyinchalik hamkasblari va hattoki siz-u, biz tuya olmayotgan hislarni tuydi. Haqiqiy Navoiyshunos bo'la oldi." "Janob"dek Navoiyshunos bo'ling, aqalli shunga intiling!
Otavaliyev Islomjon
3-Mustaqil ta’lim. Ilmiy maqola tayyorlash.
O‘ZBEK MADANIYATI VA SAN’ATIDA KINO HAMDA KINO
|
| |