• Optik ulagich
  • Ajralmaydigan optik ulagichlar
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari




    Download 0.62 Mb.
    bet10/11
    Sana23.12.2022
    Hajmi0.62 Mb.
    #36822
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    mustaqil ishi Oromov Siroj
    1 TOPSHIRIQ, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA\'SIRI, ТАШКЕНТ - СТОЛИЦА УЗБЕКИСТАНА, Internet 60 uz 18 11 2022, ISTISNOLARNI BOSHQARISH, qurilish mashinalari, 4dqeEKFa0jTzGOE0-G6Tjo8TlsvX5qup, boshlang-ich-ta-limda-sinfdan-tashqari-darslarni-tashkil-etish-metodikasi-va-ularning-ahamiyati, Ms excel’da makrobuyruqlar [makroslar]-fayllar.org, ABDURASHIDOVA MAFTUNA ERKIN QIZI, BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI, IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILANISH YURITISH, 9 imtihon, 109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org
    Optik sikulatorlar Faradey hodisasidan yana bir turdagi tolali optik qurilmalar — optik sirkulatorlarni tayyorlashda ham foydalaniladi. Optik sirkulatorlar bitta kirish va bitta chiqishga ega bo'lgan ikki portli optik izolatorlardan farqli ravishda 3 yoki 4 portli qurilma bo‘lib, ular bitta kirish va ikkita chiqish yoki ikkita kirish va ikkita chiqishga ega bo‘lishi mumkin. Optik tola bo'ylab tarqalayotgan nurlanishning bu portlar orasidagi taqsimoti uning tarqalish yo'nalishi bilan aniqlanadi. 5- rasmda 3-portli va 4portli sirkulatorlarning sxemasi keltirilgan. Sxemasi 5-a rasmda keltirilgan T-tusdagi sirkulator quyidagi xususiyatlarga ega. Unda 1-portga kiritilgan nurlanish, 2-portga boradi. Biroq 2-portga kiritilgan nurlanish 1-portga qaytmaydi, balki 3-portga boradi, 3-portga kiritilgan nurlanish 2- portga bormaydi. 5- b rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha tayyorlangan sirkulator quyidagi xossalarga ega: 1-portga kiritilgan nurlanish 2-portga horadi, 2-portga kiritilgan nurlanish 3-portdan chiqadi, 3-portga kiritilgan nurlanish 4-portga boradi. 4- portga kiritilgan nurlanish l-portga bormaydi. Boshqacha aytganda, bu turdagi sirkulator ikkiga parallel ulangan F-tusdagi sirkulator vazifasini o‘taydi.

    5-rasm. Optik sirkulatorning sxemasi


    Optik sirkulatorning ish prinsipi optik izolatorning ish prinsipiga o‘xshaydi. Faqat uning tarkibiga izolatordagi elementlardan tashqari uch qirrali prizma kiritiladi.
    Optik ulagich optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini ulash uchun mo'ljallangan qurilma bo‘lib, undan uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarni optik kabel tolalari bilan, shuningdek, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri ulash uchun foydalaniladi. Optik ulagichlarning ikki — ajralmaydigan va ajraladigan turlari mavjud.
    Ajralmaydigan optik ulagichlar kabel tizimlarini doimiy montaj qilish joylarida qo'llaniladi va bu turdagi ulash optik tolalarni o‘Zaro payvandlash usuli bilan amalga oshiriladi.
    Ajraladigan optik ulagichlar (ularni ko'pincha konnektor deb ham ataladi) optik aloqa liniyalari komponentalarini ko‘p martalab ulash/ajratish uchun ishlatiladi. Amaliyotda ajraladigan optik ulagichlar optik kabelning ikki uchini uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarning asosiy elem entlari — yorug‘lik manbayi va fotoqabulqilgichlar bilan ulashda, ajralmaydigan optik ulagichlar esa optik tolaning oraliq bo'laklarini ulashda qo'llaniladi.

    Download 0.62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya texnologiyalari

    Download 0.62 Mb.