• Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi
  • Telekommunikatsiya




    Download 0,5 Mb.
    bet92/103
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #126606
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya-fayllar.org

    Bilish jarayonlari – bu shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o’zini o’rab turgan atrof-muhitning ma’lum va muhim xususiyatlarini anglashga, tushunishga va ular ustida o’ziga zarur xulosalar chiqarib, o’z xulq-atvorini rejalashtirishga imkon beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o’ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo’lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo’qligini birovlardan so’ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o’zi o’qiyotganligini boshqalardan so’ramaydi. Bunday ishlar o’z-o’zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kechasi bilan mutoaala qilib, o’rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko’proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz.
    Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo’lib, agar siz o’z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo’lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.

    Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari

    Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat.


    Shuning uchun ham atrof-muhitni, o’zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o’rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo’lib o’rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar – sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog’liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o’zi qiyin. Masalan, ko’rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko’ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko’rgan yoki o’qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to’g’risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo’ladi. Hattoki, tasodifan qo’limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham oddiy oh-vohga o’xshash
    hissiyotlardan tashqari, o’sha narsaning bu yerda qanday paydo bo’lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
    Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o’z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o’xshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o’xshash) va uni saqlash (xotira) haqida ko’p gapiradigan bo’lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko’tardi.
    Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko’ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko’proq narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi.
    Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko’rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko’rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko’z o’ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o’ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o’rniga 25 ta kadr berib, o’sha 25-kadrda “Koka-kola iching” degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg’amaydi. Lekin tomoshadan keyin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro’y bermagan ekan.
    Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro’y beradi. Kimnidir uchratib qolamizda, o’ylanamiz: qayerda ko’rgan ekanman? hyech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko’zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko’rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo’lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o’y-fikrlar kelaveradi. O’shalar aslida bor narsalarning beixtiyor tiklanishi.
    Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi – odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o’zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham.
    U o’z ongida barcha mavjud ma’lumotni o’ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o’zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o’ziga xos va qaytarilmasdir – individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz. Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi
    Insonning sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, xayoli, his-tuyg’ulari va irodasi psixik jarayonlar deb ataladi
    Sezgi – odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan eng sodda psixik jarayondir.
    Sezgi, asosan, eksteroseptorlar, interioseptorlar hamda proprioseptorlardan tashkil topadi. O’z navbatida ularning har bir tarmoqlanish xususiyatiga ega hisoblanadi
    Fanda, asosan, eng ko’p o’rganilgan tarmoq – bu ekstroseptorlar sanalib, ularga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza bilish hamda teri-tuyish sezgilari kiradi.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




    Download 0,5 Mb.