57
fazaviy detektor va qo‘shimcha generatordan, masalan, chastota bo‘yicha
yuqori
stabil generatordan olinadigan tayanch signali manbai ishlatiladi. Radioqabul
qilishda tayanch signali manbai sifatida maxsus
sxema ajratadigan qabul
qilinadigan signalning tashuvchi chastotasi ishlatiladi.
Deyarli har doim fazaviy detektorga generatorlar signallarining o‘zini emas,
balki generatorlar chastotalarini chastotalar bo‘lgichlari yoki ko‘paytirgichlari
orqali bo‘lish yoki ko‘paytirish natijasida olinadigan chastotali signallar beriladi.
Bu usul kerakli koeffitsientlarga ko‘paytirilgan chastotalarni qo‘shish va ayirishga
imkon beradi va masalan, chastotalar sintezatorlarida qo‘llanadi.
Fazaviy detektor kirishiga KBG signallari va tayanch chastotasi signali
beriladi. Fazaviy detektor kirishida signallar chastotalari og‘ganida
fazaviy
detektor past chastotalar filtri orqali KBGga beriladigan signallar fazalari farqiga
proporsional bo‘lgan kuchlanishni ishlab chiqaradi. Bu
bilan teskari aloqa zanjiri
tutashadi va KBG chastotasi tayanch chastotasi bo‘yicha sozlanadi.
ChAQS zamonaviy elektronikada keng qo‘llanadi, jumladan:
−
AM va ChM signallarni demodulyatsiyalash;
−
tonal signallarni dekodlash;
−
turli elektr dvigatellarning, masalan, diskli to‘plagichlar yuritmalaridagi
dvigatellarning aylanish chastotasini stabillash va boshqarish;
−
o‘lchash
asboblarida, masalan, chastota o‘lchagichlarda;
−
chastota
sintezatorlarida va h.k..
Chastotani avtomatik qayta sozlash maishiy
radioqabul qilgichlarning, shu
jumladan televizion qabul qilgichlarning kirish kaskadlarida keng qo‘llanadi va
odatda uncha katta bo‘lmagan diapazonda geterodin chastotasini avtomatik
o‘zgartirishdan (GChAO‘) iborat. Geterodin chastotasi signalni sifatli qabul qilish
uchun zarur qiymatdan o‘zgarganida (masalan, haroratning o‘zgarishi
keltirib
58
chiqaradigan) GChAO‘ geterodinga beriladigan boshqarish signalini geterodinning
chastotasi eng yaxshi qabul qilishga mos keladigan tarzda o‘zgartiradi.
Televizion qabul qilgichlarda ham satr bo‘yicha yoyish chastotasi va fazasini
videosignalning sinxronlashtiruvchi impulslari bilan avtomatik qayta sozlash
ishlatiladi.
ChAQS tizimlari ikkita turlarga ajratiladi:
−
chastotani chastota bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimlari –
ChChAQS;
−
chastotani faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimlari – ChFAQS.
ChAQS tizimining funksional va umumlashtirilgan sxemasi 4.2-
rasmda
keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
4.3- rasm ChAQS tizimini umumlashtirilgan boshqarish sxemasi
ko‘rinishida tasvirlanishiga mos keladi. Bu yerda boshqarish ob’ekti
boshqariladigan generator (BG) hisoblanadi. O‘lchash elementining tarkibiga Ar,
OChK, ChD kiradi. OChK funksiyasini elektr
signallarni boshqariladigan
generator chastotasining o‘zgarishiga o‘zgartiradigan kuchaytiruvchi element
(KE) bajaradi.
Ar - aralashtirgich; OChK – oraliq chastota kuchaytirgichi; ChD - chastotaviy diskriminator
(istalgan chastotaviy detektor sxemasi bo‘yicha yig‘ilishi mumkin); PChF – past chastotalar
filtri; UE – boshqaruvchi element; BG - boshqariladigan generator
4.2- rasm. ChAQS tizimining funksional sxemasi