Chastotani avtomatik qayta sozlash




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/129
Sana15.06.2024
Hajmi4,63 Mb.
#264040
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   129
Bog'liq
radio

Chastotani avtomatik qayta sozlash
(
ChAQS
) bu generator elektr 
tebranishlarining zarur chastotasini avtomatik o‘zgartirish yoki saqlash qurilmasi 
yoki usuli hisoblanadi. Usul teskari aloqa zanjiridan chastotaning farqi haqidagi 
ma’lumotlar bo‘yicha generatorning chastotasini avtomatik qo‘shimcha 
rostlashdan iborat. Bu bilan chastota bo‘yicha manfiy teskari aloqa amalga 
oshiriladi. Chastota bo‘yicha farq signali radiotexnik qurilmada berilgan 


55
chastotadagi generatorning joriy chastotasi va uni tayanch chastotasi, masalan, 
signalning tashuvchi chastotasi bilan taqqoslashdan foydalanish bilan olinadigan 
signalning turli xarakteristikalari bo‘yicha diskriminator orqali ishlab chiqariladi 
(4.1- rasm). Generatorning chastotasi zarur chastotadan qurilma tarkibiga 
kiradigan elektron komponentlar nominallarining harorat bo‘yicha 
dreyfi,
generatorning chastotasini noaniq (masalan, diskret) o‘rnatilishi yoki dopler 
surilishi (sun’iy yo‘ldosh va kosmik apparatlardan signallarni qabul qilish 
tizimlarida) tufayli farqlanishi mumkin. 
K – kuchaytirgich, D – diskriminator 
4.1- rasm. Varikapdan foydalanish bilan qabul qilishda chastotani avtomatik qayta 
sozlash sxemasi
Chastotaviy diskriminator nosozlanish ishorasiga bog‘liq bo‘ladigan qutbli 
farq kuchlanishini olish uchun xizmat qiladi. Bu kuchlanishning qiymati 
nosozlanish qiymatiga proporsional bo‘ladi. Agar chastota bo‘yicha nosozlanish 
qiymati qamrab olish zonasidan katta bo‘lmasa, qabul qilgich geterodini 
chastotasini qayta sozlash amalga oshiriladi. Agar chastota bo‘yicha nosozlanish 
qiymati qamrab olish zonasidan katta bo‘lsa, u holda qabul qilgich geterodini 
chastotasini 
qayta 
sozlash 
amalga 
oshirilmaydi. 
Chastotaning istalgan 
nosozlanishlarida ChAQS tizimining ishlashi uchun geterodinning chastotasini 


56
boshqaradigan sxemaga zondlash impulslarining kelishi davrili signalni “qidirish” 
arrasimon kuchlanishi beriladi. Aralashtirgich chiqishidagi oraliq chastota qiymati 
ChAQS qamrab olish zonasiga tushadigan tarzda geterodin chastotasi o‘rnatilishi 
bilan boshqarish sxemasi kirishidagi kuchlanish xotirada saqlanadi va ChAQS 
tizimi ishlay boshlaydi. 
Mavjud ChAQS tizimlarini quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: 
a) diskriminatorning turi bo‘yicha: 
• chastota bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi; 
• faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi; 
b) parametr bo‘yicha: 
• farq chastotasini avtomatik qayta sozlash tizimi; 
• chatotaning absolyut qiymatini stabillash tizimi; 
c) boshqarish turi bo‘yicha: 
• elektron; 
• elektr; 
d) stabillanadigan parametrni sozlash usuli bo‘yicha: 
• kuzatib boruvchi; 
• qidiruvchi; 
e) chastota etaloni bo‘yicha: 
• aktiv etalonli (kvarsli); 
• passiv etalonli (rezonans tizimlar). 

Download 4,63 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   129




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish