Chastotani raqamli faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChRFAQS)




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/129
Sana15.06.2024
Hajmi4,63 Mb.
#264040
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   129
Bog'liq
radio

Chastotani raqamli faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChRFAQS). 
ChRFAQS analog ChFAQSga o‘xshash ishlaydi, lekin to‘liq raqamli sxemalar 
yordamida amalga oshiriladi. KBG o‘rniga tizim soatlari yoki raqamli 
boshqariladigan hisoblagich-bo‘lgich ishlatiladi. ChRFAQS ishlab chiqishda va 
yig‘ishda oddiyroq, kuchlanish shovqinlariga kam sezgir (analog ChFAQSga 
qaraganda), lekin odatda u raqamli generator ishlatilganida kvantlash shovqinining 
mavjudligi sababli fazaviy shovqinga ega. Buning natijasida ChRFAQS yuqori 
chastotada ishlash yoki yuqori chastotali tayanch signallarini boshqarish uchun 
yaramaydi. ChRFAQS ba’zan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun ishlatiladi.
 
 
4.3. Radioqabullash qurilmalarida chastotani sozlash usullari 
Chastotani avtomatik qayta sozlash nobarqarorlashtiruvchi omillar ta’sir 
qilganida qabul qilgichning sozlanishi aniqligini ta’minlashi kerak. Geterodin 
f
g
chastotasi yoki qabul qilinadigan signal 
f

chastotasining tasodifiy o‘zgarishlari 
f
or
 
= f
g
– f
s
oraliq chastotaning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun chastotani 
avtomatik qayta sozlash (ChAQS) masalasi 
f
or
oraliq chastotani OCh trakt 
sozlangan chastotaga aniq mos kelishi uchun geterodinning chastotasini sozlash 
bilan amalga oshiriladi. 


62
ChQAS uchun O‘E o‘lchovchi element, filtr va ChR chastota rostlagichidan 
tashkil topgan maxsus ChQAS zanjiri kiritiladi. O‘E o‘lchovchi element 
E
rost
 
rostlash kuchlanishini ishlab chiqaradi. O‘E o‘lchovchi elementning turiga bog‘liq 
ravishda ChQAS chastota bo‘yicha va faza bo‘yicha ChQASlarga ajratiladi. 
ChQAS tizimida o‘lchovchi element ChQAS zanjiri chiqishidagi kuchlanish 
chastotasini etalon qiymatdan og‘ishini baholaydi. O‘E sifatida chastotaviy 
detektor ishlatiladi (4.5- rasm). 
Chastotaviy detektor oraliq chastotaning f
or0 
nominal qiymatiga sozlanadi. f
or
= f
or0 
bo‘lganda uning chiqishidagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi. f
or 
chastota f
or0
chastotadan og‘ganida chastotaviy detektor (ChD) chiqishida nosozlanish 
qiymatiga proporsional kuchlanish hosil bo‘ladi, kuchlanishning qutbi nosozlanish 
yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. E
rost 
rostlash kuchlanishi past chastotalar filtridan 
o‘tish bilan chastotani rostlagich (ChR) vazifasini bajaradigan reaktiv elementga 
(RE) ta’sir etadi. RE sifatida odatda geterodin konturiga ulanadigan varikap 
ishlatiladi. Sozlash f
or 
chastota birmuncha ruxsat etiladigan xatolikli f
or0
chastotaga 
teng bo‘lmaguncha olib boriladi. 
4.5- rasm. Chastotaviy detektor 

Download 4,63 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   129




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chastotani raqamli faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash (ChRFAQS)

Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish