|
Темир йўллар қурилиши технологияси ва ташкили фанидан
|
bet | 2/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #229348 |
Bog'liq Ma\'ruza 15 Zamonaviy ZYB da zvenolarni yig’ish ishlari bir qator mexanizatsiyalashtirilgan usulda yoki qo’lda bajariladigan ishchi operatsiyalardan iborat, lekin bunda qo’l bilan bajariladigan ishlarning bir qismi o’ta mehnattalab bo’ladi. Zamonaviy zveno yiish bazasi stendi 2. Zveno yig’ish, saqlash, transport vositalariga ortish, quriladigan uchastkaga jo’natish ishlarini tashkil etish. - Zveno yig’ish bazalari. Zveno yig’ish bazalari yo’l yuqori qurilmasi materiallarini qabul qilish, omborlarga joylash va saqlash uchun, rels-shpala panjarasi va strelkali o’tkazgichlar zvenolarini yig’ish, yig’ilgan zvenolar va strelkali o’tkazgichlar taxlamlarini saqlash va ularni harakat tarkiblariga ortish, yo’l yotqizish poezdlarini tuzish va izlarni yotqizish joyiga jo’natish uchun mo’ljallangan.
Bazada ish ikki smenada tashkil etilgan. Birinchi smenada rels-shpala panjarasi yig’iladi, ikkinchisida esa tayyor zvenolar harakat tarkibiga yuklanadi; bazaga kelayotgan zvenolarni yig’ish uchun kerakli materiallar vagonlardan tushiriladi va omborlarga taxlanadi. Bazaning unumdorligini oshirish uchun, ish ikki sektsiyada tashkil etilishi mumkin. Bunda zveno yig’ish liniyasi (temir yo’lda harakatlanuvchi liniya) ikkinchi sektsiyaga olib boriladi. Shu bilan birga, birinchi sektsiya materiallar bilan ta’minlanadi, zvenolar esa ikkinchi sektsiyada yig’iladi. Ikkinchi smena tugaganidan so’ng zveno yig’ish liniyasi yana birinchi sektsiyaga qaytarib olib kelinadi va yig’ish-to’ldirish sikli qaytariladi. Bazada ish ikki smenada tashkil etilgan. Birinchi smenada rels-shpala panjarasi yig’iladi, ikkinchisida esa tayyor zvenolar harakat tarkibiga yuklanadi; bazaga kelayotgan zvenolarni yig’ish uchun kerakli materiallar vagonlardan tushiriladi va omborlarga taxlanadi. Bazaning unumdorligini oshirish uchun, ish ikki sektsiyada tashkil etilishi mumkin. Bunda zveno yig’ish liniyasi (temir yo’lda harakatlanuvchi liniya) ikkinchi sektsiyaga olib boriladi. Shu bilan birga, birinchi sektsiya materiallar bilan ta’minlanadi, zvenolar esa ikkinchi sektsiyada yig’iladi. Ikkinchi smena tugaganidan so’ng zveno yig’ish liniyasi yana birinchi sektsiyaga qaytarib olib kelinadi va yig’ish-to’ldirish sikli qaytariladi.
|
| |