|
Termin O’zbek til
|
bet | 9/44 | Sana | 17.04.2021 | Hajmi | 198,78 Kb. | | #14238 |
Idrok
|
O’quvchi va talabaning bilish, tushunish qobiliyati, zehni, fahm-farosati
|
Ijod
|
O’quvchi va talabaning yaratuvchiligi, kashfiyoti
|
Ijodiy izlanish
metodi
|
Pedagog boshchiligida qo’yilgan muammo va masalalarni yechish yo’llarini faol izlashni tashkil etishga xizmat qiladigan metodlar
|
Izlanishli metod
(evristika)
|
O’quvchilarni asta-sekin muammolarni hal etishga yaqinlashtirish uchun, tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga o’rgatish,ko’nikma hosil qilish metodi
|
Imitatsiya
|
Biror narsaga taqlid qilish,o’xshatma
|
Individual o’qitish
|
O’quvchi shaxsiga alohida yondoshgan holda ta’lim-tarbiya berish
|
Induksiya
|
(lot.inductio to’g’rilash,tartibga keltirish) oddiydan murakkabga qarab fikrlash
|
Innovatsion vaziyat
|
Pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va tatbiq etishga karatilishi shart.
|
Innovatsion muhit
|
Pedagogik yangiliklarning vujudga kelishi, ularning jadal o’zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi
|
Innovatsion pedagogik loyiha
|
Qabul qilingan va qismlarga ajratilgan innovatsion pedagogik g’oya,fikr
|
Innovatsion ta’lim
|
ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar;
|
2) yangilangan, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilganta’lim jarayoni
|
Innovatsion texnologiya
|
Pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni
|
Innovatsiya
|
Yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib qoidalar, texnologiyalar va yangiliklar
|
Insert usuli
|
O’quv matni ustida ishlash jarayonida o’quvchining faollik ko’rsatishi, o’z bilimlarini baholash uchun qo’llanadigan usul
|
Intensiv ta’lim
|
Jadal, tezkor amalga oshiriladigan o’quv jarayoni
|
Interfaol usul
|
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi faol hamkorlik muloqoti
|
Isbot metodi
|
Mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini pedagogik jihatdan aniqlash usuli
|
Isbot metodi komponentlari
|
Tezisni aniqlash; isbotlash usuli, yetarli dalillarni saralash; xulosalarni tavsiflash, fikr, algoritm, modellar, zarur sxema
|
Ishlanma
|
Muayyan maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayoni yoki o’quv materialining loyihasi
|
Kasbiy tayyorgarlik
|
Ta’lim oluvchilarning muayyan ish yoki ishlar majmuini bajarish uchun zarur malakalarni jadal egallash maqsadini nazarda tutadigan pedagogik jarayon
|
Kasbiy ta’lim
|
Muayyan sohaga oid ish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim
|
Keys
|
(ingl.Case–hodisa,shart-sharoit)–amaliy muammolar ifodalangan o’quv materiallari yig’indisi
|
Keys usuli
|
O’quvchilarda ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan usul
|
Keys texnologiyasi
|
O’quvchilarning mustaqil qarorlar qabul qilishlari, muammoli savollarga to’g’ri va haqqoniy javoblar topishlariga qaratilgan, o’qituvchi kuzatuvchi(eshituvchi) vazifasini bajaradigan ta’lim texnologiyasi
|
|
|
| |