|
Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti
|
bet | 2/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 380,05 Kb. | | #230478 |
Bog'liq 402-guruh (1) ___________________________________________
MUNDARIJA
Mundarija ................................................................................................................3
Kirish ...................................................................................................................4
I BOB Figma — interfeys dizaynida ishlovchi veb-ilova...................................8
1.1 Figma dasturi haqida ......................................................................................8
1.2 Figma dasturini kompyuterga o‘rnatish bosqichlari ......................................22
II BOB Figma dasturining imkoniyatlaridan foydalanib turli web-saytlar,
Ilovalar va turli dizayn mahsulotlarini online rejimda tayyorlash…………..23
2.1 Figma dasturining menyular bo’limi imkoniyatlari .....................................23
2.2 Figma dasturida niqoblashni amalga oshirish ketma-ketligi........................ 29
Xulosa .....................................................................................................................31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….32
Kirish “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatini safarbar etamiz”. SH.M.Mirziyoyev.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya ahamiyatining yildan-yilga o’sib borishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo intellektual maydonida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda,demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasidagi maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bilimli va intellektual avlodni tarbiyalash muhim omil bo’lmoqda.Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bо‘lgan davrda har bir mamlakatbarcha sohada raqobatbardosh bо‘lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta’sir kо‘rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bо‘lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va boshqa kо‘p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol о‘ynaydi. Demak, О‘zbekistonning kelajakda buyuk davlat bо‘lishida ham inson omilining о‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham
bugungi kunda ta’lim tizimi oldiga katta vazifalar qо‘yilmoqda. Kompyuter grafikasi yangi informatsion texnologiyalar orasida tuxtovsiz rivojlanib bora etgan yunalishlardan biri xisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika soxasida xam (grafika stantsiyalari), programmaviy vositalar soxasida xam (SUPER ANIMATOR yoki 3-D STUDIO ) kuzga tashlanmokda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo’yicha
takkoslashga loyik xakikiy, xajmli xarakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu programmaviy maxsulotlar reklamalar ishlab chikaruvchi vositalar xisoblanib, san`at va multimediya texnologiyasi soxalarida kullaniladi. Bundan tashkari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyixalashga, animatsiya (xayvonlar tasviri bilan ishlash)ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizualniy) xarakatni ko’rishga katta e`tibor berilmoqda. Kompyuter grafikasi iqtisodiyot soxasida, ayniqsa iqtisodiy ko’rsatgichlarni tahlil qilishda muvoffaqiyatli qo’llanilishi mumkin. Kompyuter grafikasi jaxonda yangi fundamental fan xisoblanib, iktisodiyot soxasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustakil axamiyatga egadir. Maxsus kompyuter programmalari xuddi bir varaq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan xar xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya`ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni xarakatlantirish imkonini yaratdi. Bu programmalar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar xisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va programmaviy vositalarining yangilanib turilishi kursni xamisha takomillashtirishga, bu soxadagi yangi yunalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu soxada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln. dan ortik rang va rang turlarini (ottenok) uzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama- skanerlar, grafik ish stantsiyalari; programmaviy vositalar soxasida esa xakikiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan programmalar dunyoga keldi. Bundan tashqari jamiyat ongida xam o’zgarishlar sodir bo’ldi, endi kompyuter grafikasi kirib bormagan soha qolmaydi. XX asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish uchun amaliy dasturlar yaratishda yangicha texnologiyalarni qo’llash imkoniyatlarini ochib berdi. Kompyuter algebrasi tizimlari hisoblash tizimlari uchun qo‘llaniladigan ‘kompyuter intellekti’ tushunchasini mazmun va mohiyatini amalda namoyish qilish imkoniyatini yaratdi.
Bu tizimlar amaliy dasturlar ta’minotini yaratuvchi mutaxassislar uchun quyidagi vositalarni yaratadi:
- yuqori saviyadagi dasturlashtirish tizimi;
- hujjatlar va dasturlarni yaratish hamda tahrirlash imkoniyatini beruvchi redaktorlar;
- foydalanuvchilar uchun bevosita muloqot asosida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy ko‘p oynali interfeys; - yuqori saviyadagi ma’lumotnoma tizimi;
- matematik ifodalarni qayta ishlovchi algoritm va qoidalar majmuasi;
- analitik va sonli amallarni bajaruvchi dasturiy protsessor;
- muloqot jarayonida sodir bo’ladigan xatoliklarni ko’rsatuvchi diagnostika tizimi;
- tizimning bevosita yadrosiga biriktirilgan funksiyalar kutubxonasi;
- tizimni qo’llash va matematik usullarni tatbiq qilish uchun kerak bo’ladigan paketlar majmuasi.
Bu vositalar amaliy dasturiy ta’minot yaratishdagi masalaning matematik modelini keltirib chiqarish, hisoblash usullarini tanlash, hisoblash eksperimentlarini o’tkazish va natijalarni tahlil qilish jarayonini to’liq avtomatizatsiyalash imkonini beradi. Bu esa, amaliy dasturlar ta’minotni tashkil qilishning tamoyillarini va masalalarni kompyuterda yеchishning an’anaviy texnologiya doirasida qo’llanilib kelgan usullarini tubdan o’zgartiradi.
|
| |